Ong - ijtimoiy me‘yorlar, man qilinishlar (tabu). Ong doimo ongsizlik bilan
kelishmovchilikda. Turli xildagi jinsiy va boshqa mayllarni yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladi.
K. Yung va uning psixologik qarashlari. Karl Gustav Yung (1875-1961) Shveytsariyalik
psixiatr, psixolog. Z.Freydning yakin safdoshlaridan biri. U.Z.Freydning izidan borib, inson
psixikasida «ong» va «ongsizlik» darajalarini ajratgan. Uning fikricha hatti-harakatni
boshqarishda ongsizlik hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ongsizlik ikki xil shaklda mavjud: a) individual,
b) kollektiv (jamoa) – uning asosini oldingi avlodlar tashqil qiladi. Bular asosan instinktlar,
mayllar, arxetiplardan iboratdirlar.
Instinktlar va mayllar K.Yung tomonidan tug’ma ehtiyojlar sifatida qaraladi. Arxetiplar
(kishilikning birlamchi obrazlari) talant, tush ko’rish, afsonalar, diniy qarashlar asosida yotadi.
K.Yung kishilarning psixik yo’nalaganligi asosida ularni ikki guruhga bo’ladi: introvertlar va
ekstrovertlar.
Introvertlar–xulq–atvor sabablarini o’zidan axtaradi. Ular ijtimoiy passiv, tortinchoq, o’z
harakatlarini chuqur tahlil qilishga moyil boshqalarga ko’p qo’shilishga intilmaydilar.
Ekstrovertlar tashqi olamga yo’nalgan. Ular impulsiv tashabbuskor, dilkash guruhga va jamoaga
tez moslashuvchan.
K.Yung fikricha shaxs xususiyatlari Shaxsning ehtiyojlari va motivlariga bog’liq ravishda
yuzaga chiqadi. Uning fikricha tashqi muhit va Shaxsning ichki dunyosi orasidagi muvozanat
buzilsa, Shaxs harakatlarida, xulq-atvorida zo’riqish paydo bo’ladi. K.Levin tomonidan Shaxsning
guruhdagi o’rni, mavqei, liderlik hodisalari, nizolar o’rganilgan.
Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalaр. Psixologiyada yangi nazariyalarning salmog’i juda
katta. Erik Bern (1902-1970) Shaxsni rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat
qilishga yo’naltirilgan «transakt tahlil» nazariyasini taklif qildi. Erik Fromm (1900-1980)
gumanistik
psixoanalizga
asos
soldi.
Djordj
Gerbert
Mid
(1863-1931)
simvolik
kommunikatsiyaning interaktsionistik nazariyasini ishlab chiqdi. Karl Leongard «Shaxs
aktsentuatsiyalari» nazariyasiga asos soldi.
Keyingi yillarda Aleksandr Kellining (1905-1966) «Shaxs konstruktlari» nazariyasi juda
keng tarqaldi va qo’llanilmoqda. Bu nazariyaga asosan Shaxsning bilish jarayonlarining kechishi
uning kelajakdagi hodisalarni qanday «ko’ra olishi» (oldindan modellashtirishi, tasavvur qilishi)
bilan aniqlanadi. A.Kellining fikricha xar bir odam tadqiqotchi. U doimo o’zidagi «Shaxs
konstruktlari», o’zining maxsus baholash shkalalari asosida reallikning obrazini tuzadi (hosil
qiladi). agar tuzilgan obraz haqiqatdan farq qilsa, to’g’ri kelmasa mavjud konstruktlar qayta
quriladi. Barcha bilish jarayonlarining samaradorligi, muvaffaqiyatli konstruktlar ko’rish
kishining psixologik bilim darajasiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |