2.3. Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog'langan.
Pedagogika o’z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va
jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Shu
ma‘noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot usullari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli
qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, blish
yo’llari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz. Boshqa fanlar qatorida pedagogika fani ham
o’z tadqiqot ob‘ektiga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa ta‘lim-tarbiya
mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib
boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mumkin emas.
Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, hal etilgan
emas.
Ilmiy tadqiqot pedagogika fanini ham takomillashtirib borishga, ayrim pedagogik
hodisalarni tekshirishga, ularni to’g’ri hal etish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgacha
mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy-tadqiqot usullariga tayanib fikr yuritish mumkin:
1) Kuzatish usuli; 2) suhbat usuli;
3) Adabiyotlar bilan ishlash usuli; 4) Test, so’rovnomalar usuli;
5) Maktab hujjatlarini o’rganish; 6) Eksperiment, sinov usuli;
7) Matematik metod; 8) Tadqiqot natijalari va ularni amalga tadbiq etish usullari;
Kuzatish - o’rganish lozim bo’lgan pedagogik hodisani ma‘lum maqsad nuqtai nazaridan
kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish ob‘ektiga oid
bo’lgan aniq faktik material tayyorlanadi. Kuzatish aniq belgilangan reja asosida olib boriladi.
Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash
uchungina emas, balki ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida
amalga oshiriladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatlarini, balki ularning ilmiy
dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini
aniqlaydi hamda ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar ta‘siri natijasida pedagogika fani
mazmunining boyishiga sabab bo’ladi.
Ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri
ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab
o’qituvchilari va o’quvchilari jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka hamda
guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja
tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga
kelinadi. Suhbat tadqiqotning mustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qullaniladi.
Suhbat olib borishda tadqiqotchi quyidagilarga e‘tibor berish kerak:
Suhbat uchun oldindan savol tuzish.
Vaqti va o’tkazish joyini belgilash.
Suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish.
Suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish va maktab
hayotiga tadbiq qilish pedagogik jihatdan qimmatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |