2.2. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni
Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari
ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kuniizda
umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar
muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir
insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi.
Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat
bilan shug’ullanish mumkin emas..
Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy sharoitda uning taraqqiy
etish qonuniyatlarini bilish zarur. Shuning uchun pedagogika ijtimoiy fanlardan biri sifatida
ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson
shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa,
iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik
psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi,
harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa
fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o'quvchilarga
ta'lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik
jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib
boradi. Har bir fan o'z rivojlanishida o'z nazariyalarini boyitishda o'zining ichki ilmiy
yo'nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan
yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada
pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy
kamolatiga xizmat qiladi.
O’qituvchi-tarbiyachi yoshlarga bilim berish, ma‘lumotli qilish, tarbiyalash maqsadida
unga tizimli ta‘sir ko’rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya‘ni,
ko’rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun o’quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va
tafakkur- fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta‘sir ko’rsatish rejasini
belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy
bog’langandir.
Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Chunki,
hozirgi ta‘lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va taraqqiyotining mahsulidir.
Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta‘lim va tarbiyaning ob‘ektiv qonun-
qoidalarini ishlab chiqishga manba bo’ladi. Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda
sosiologiya, etika, estetika kabi fanlar katta ahamiyatga egadir.
Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog'liqdir. Ularni xal etishda
pedagogika ahloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi.
Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakllantirish, madaniyatga va
voqelikka estetik munosabatlari umumiy qonuniyatlarini o'rganadi va estetik tarbiyani ilmiy
jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi. Bu asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarni
go'zallikni xis qila olish, tushunishga o'rganish vositalari va yo'llari belgilab beradi.
Jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida pedagogikaning iqtisodiyot fanlari bilan
aloqasi mustahkamlanib bormoqda. Ijtimoiy fanlardagi ma'lumotlarga suyanib, pedagogika
jamiyatning tarbiyaga bo'lgan ob'ektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini
o'rganadi.
Insonning aqliy rivojlanishi qirralarini, jihatlarini o'rganadigan boshqa fanlardan farqli
o'laroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shug'ullanadi.
Pedagogika psixologiya va fiziologiya bilan ham bevosita va bilvosita bog'liqdir.
Fiziologiya pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy ilmiy bazasi hisoblanadi. Pedagogika
fiziologiyaning oliy asab (nerv) faoliyatining rivojlanishi, asab sistemasining o'ziga xosligi,
birinchi va ikkinchi signal sistemalar haqidagi, shuningdek sezgi organlarining, tayanch harakat
apparatlarining, yurak. kon-tomir hamda nafas olish sistemalarining faoliyati, rivojlanishi haqidagi
ma'lumotlarga suyanadi.
Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa fanlar
yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |