Pedagogika. Psixologiya


Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/158
Sana13.08.2021
Hajmi0,89 Mb.
#146715
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   158
Bog'liq
Pedagogika. Psixologiya

2.5. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati. 

Jarayon  –  bu  lotinchadan  olingan  bo’lib,  oldinga  harakat  qilish  tushuniladi.  Ta‘lim 

jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi. 

Ta‘lim jarayoni - o’quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga 

tomon, uncha tuliq bo’lmagan bilimdan ancha to’liq, aniqroq va chuqurroq bo’lgan bilim tomon 

sodir  bo’ladigan  jarayondir.  Bu  o’qituvchi  rahbarligida  amalga  oshiriladi.  O’qituvchi  bilim 

egallash yo’llarini o’quvchi-talabalarga ko’rsatadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda 



bunday bilimlarga ega bo’lmagan bola ongida vositachilik qiladi. O’qituvchining faoliyati tufayli 

ta‘lim  puxta  uylab  chiqilgan  maqsad,  mazmun  va  dasturlar  asosida  olib  boriladigan  jarayonga 

aylanib, kutilgan natijalarni beradi. 

Ta‘lim jarayoni ikki faoliyat - o’qituvchi va o’quvchi (talaba) larning birgalikdagi faoliyatini 

o’z ichiga oladi. Demak, ta‘lim  jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega, chunki unda  ikki tomon 

o’qituvchi  va  o’quvchi  qatnashadi.  O’qituvchi  ta‘lim  jarayonini  tashkil  etish  uchun  o’quv 

materialini tanlaydi va ta‘limni tashkil etish yo’llarini belgilaydi. U ta‘lim jarayonida o’quvchi 

(talaba) faoliyatini boshqaradi va rahbarlik qiladi. O’qituvchi faoliyatining  muvaffaqiyati avvalo 

u  ta‘limning  mazmuni,  metodlari  va  tashkiliy  shakllaridan  umumiy  didaktik  printsiplarni 

qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. O’qituvchining faoliyati ta‘lim jarayonining tashqi 

tomonini tashkil qiladi, chunki u o’qitadi, ta‘lim beradi.  

O’qitish  jarayonining  ikkinchi  tomoni  o’quvchining  faoliyati  bo’lib,  u  o’quv  fani 

materiallarini  o’zlashtirishdan  iborat.  O’quvchi  faoliyati  ichki  jarayonini  tashkil  etadi,  ya‘ni  u 

o’qituvchi  bergan  bilimni  o’qib,  tushunib  oladi.  O’qitish  bilishdan  farqli  o’laroq  o’qituvchi 

rahbarligida amalga oshiriladi. Ta‘limning asosiy maqsad, vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, 

ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Ta‘lim jarayoni (o’quv jarayoni) quyidagi 

tuzilishga ega: 

 

7.1-rasm 



Ta‘lim  jarayonida  fanning  eng  zaruriy,  eng  muhimlari  asosi  o’rganiladi.  Buning  uchun 

o’qituvchi  o’quvchiga  bilim  berar  ekan,  uni  soddadan  murakkabga,  umumiydan  xususiyga 

yetaklaydi, xulosalar chiqarishga, hayotda ishlab chiqarishda qullay bilishga o’rgatadi. O’qituvchi 

o’z fanini qanchalik sodda bayon qilmasin, u chuqur ilmiy bo’lishi lozim. O’qituvchi bilimlarni 

o’rgatar  ekan,  o’sha  jarayonda  bolalarning  imkoniyatlarini  o’rganadi,  qiyinchiliklarini  ko’radi, 

ularni bartaraf etish choralarini izlaydi.  

O’quvchi (talaba) lar o’qituvchi sabog’ini o’zlashtirish jarayonida bilimlarni idrok qilish, 

tushunish,  mustahkamlash  hamda  ularni  amalda  qo’llash  bosqichlaridan  iborat  bo’ladi.  Ta‘lim 

jarayonida ana shu ikkala tomon yaxshi qatnashmasa ta‘lim jarayoni yaxshi natijaga erishmaydi. 

Chunki o’qituvchi ham, o’quvchi ham ta‘lim jarayonining asosiy tarkibi hisoblanadi. Shu boisdan 

ta‘lim jarayonida bu ikki tomondan bittasi, ya‘ni o’qituvchi yoki o’quvchi qatnashmasa ham ta‘lim 

jarayoni amalga oshmaydi. 

O’qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma‘naviy sifatlarga 

ega  bo’lgan,  chuqur  bilim  va  mahorat  egasi  bo’lishi  lozim.  O’quvchilarda  bilimga  qiziqish  va 

ishtiyoqni  tarbiyalash,  ularni  hozirgi  zamon  dunyo  taraqqiyoti  darajasida  bilimlar  bilan 

qurollantirish  kerak.  Shu  bilan  birga  o’qituvchi  yosh  avlodni  hayotga,  ongli  mehnat  va  kasb 

tanlashga  tayyorlashi,  ularning  axloqiy,  huquqiy,  etik  va  estetik  bilim  va  mahoratlarining 

rivojlanishiga e‘tibor qaratishi lozim. 

O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni odobli, e‘tiborli 

qilib tarbiyalash, ularni  ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi vazifalar yotadi. Bularni amalga 

oshirish esa o’qituvchining xilma xil faoliyatiga bog’liq: yoshlarni o’qitish, maktabdan va sinfdan 

tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot 




ishlarni  tashkil  eta  bilish  xamda  o’tkazish  va  hakozo.  O'qitish  jarayoni  ikki  faoliyatni  ya'ni 

o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchi faoliyati o'quv materiallarini bayon 

qilishdan,  o'quvchilarda  fanga  qiziqishni  tarkib  topdirishdan,  ularning  mustaqil  ishlariga, 

ko'nikmalarni hosil qildirish, ularni tekshirish, o'qishga xohishini uyg'otish, rag'batlantirish kabi 

butun faoliyatini xolis baholashdan iboratdir. 

O'qitish  jarayonining  ikkinchi  tomoni  o'quvchining  faoliyati  bo'lib,  u  o'quv  fani 

materiallarini o'zlashtirishdan iborat. Demak, ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilimlarini tarkib 

toptirib, ko'nikmalarni shakllantirib, umumiy rivojlanishi ta'minlanadi. 




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish