Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so'z bo'lib, rolni boshqaraman, idora etaman,
boshqarish san'ati degan ma'noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik
organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi.
Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari
asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika o'quv jarayonini,o'qitish va bilim berish jarayonlarini
boshqarishning alohida shakli sifatida o'ziga xos xususiyatga ega,chunki pedagogik jarayon bilan
ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida juda katta farq bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |