Pedagogika. Psixologiya


Pedagogik texnologiyaning mohiyati va uning tavsifiy jihatlari



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/158
Sana13.08.2021
Hajmi0,89 Mb.
#146715
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158
Bog'liq
Pedagogika. Psixologiya

3.1. Pedagogik texnologiyaning mohiyati va uning tavsifiy jihatlari. 

Pedagogik  texnologiya  tushunchasi  XX  asrda  paydo  bo'ldi  va  1940 -1950  yillarda 

“ta'lim  texnologiyasi”  tarzida    qo'llanilib,  mazmunan  o'quv  jarayonida  audio -vizual 

texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AQSh, Angliyada qo'llana 

boshladi.  O'tgan  asrning  80-yillarida  pedagogik  texnologiya  kompyuterli  va  axborot 

texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi.  

Dastlab «Texnologiya» tushunchasi fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so'zdan - 

«texnos» -hunar va «logos»-fan, so'zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Qator 

yillardan  beri,  pedagogik  texnologiyaga  o'quv  jarayonini    texnik  vositalar  yordamida  amalga 



oshirish,  deb  qarab  kelindi.  Faqat  70-yillardan  boshlab  pedagogik  adabiyotlarda  bu  tushuncha 

yangicha talqin etila boshlandi.  

Mustaqillikka  erishgan  O'zbekiston  olimlari  xorijiy  mamlakatlar  bilan  iqtisodiy,  ijtimoiy, 

siyosiy  va  ilmiy-ma'rifiy  aloqalar  o'rnata  boshladilar.  Natijada  yurtimizga  ilg'or  va  samarali 

texnologiyalar  kirib  kela  boshladi.  Pedagogik  texnologiyani  o'quv  jarayoniga  olib  kirishning 

zarurligini  ilmiy  asoslab  bergan  rossiyalik  olim  V.P.  Bespalkoning  fikricha,  «Pedagogik 

texnologiya-bu  o'qituvchi  mahoratiga  bog'liq  bo'lmagan  holda  pedagogik  muvaffaqiyatni 

kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir».  

M.V.  Klarin  fikricha,  “Pedagogik  texnologiya-o'quv  jarayoniga  texnologik  yondashgan 

holda,  oldindan  belgilab  olingan  ko'rsatkichlardan  maqsad  kelib  chiqib,  o'quv  jarayonini 

loyihalashdir”.  O'zbekistonlik  pedagog-olimlardan  N.  Sayidahmedov  va  M.  Ochilovlarning 

fikricha,  “Pedagogik  texnologiya-bu  o'qituvchi(tarbiyachi)ning  o'qitish  (tarbiya)  vositalari 

yordamida  o'quvchi  (talaba)larga  muayyan  sharoitda  ta'sir  ko'rsatishi  va  bu  faoliyat  mahsuli 

sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir”. Yuqorida 

keltirilgan  ta'riflardan  ko'rinib  turibdiki,  o'tgan  yillarda  Pedagogik  texnologiya-o'quv  jarayonini 

berilgan dastlabki ta'lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalashdir, deya ifodalandi.  

Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 

Pedagogik muloqot texnologiyasida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchi-talabalar bilan 

muloqoti. 

 Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didaktik olim o'z nuqtai nazaridan kelib 

chiqqan holda ta'rif bergan. Ushbu ta'riflar ichida eng maqsadga muvofig'i YUNYESKO 

tomonidan berilgan ta'rif sanaladi. 



Pedagogik texnologiya – ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika 

resurslari va ularning   o'zaro ta'sirini  hisobga olgan holda, butun o'qitish va bilimlarni 

o'zlashtirish     jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlash  tizimidir. Pedagogik texnologiya 

amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi.  

Pedagogik  texnologiyaning  maqsadi  –  ommaviy  ta'lim  sharoitida  ta'lim  jarayonining 

zaruriy  samaradorligini  ta'minlash  va  talabalar  tomonidan  o'qishning  ko'zlangan  natijalariga 

erishish kafolatidan iboratdir. 

Pedagogik  texnologiyaning  bosh  vazifasi  –  ommaviy  ta'lim  sharoitida  «oddiy» 

pedagoglarga  o'qitishning  etarli  samarasiga  erishishni  ta'minlovchi,  o'quv  jarayonini  yaratish 

hisoblanadi. 

Pedagogik  texnologiyaning  predmeti  –  o'quv  jarayonining  o'zi  hisoblanadi.  Pedagogik 

texnologiyaning  ob'ekti  –  o'quv  jarayonining  tarkibiy  qismlari  hisoblanadi.  O'quv-tarbiya 

jarayonida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi o'qituvchining bu jarayonda asosiy 

tashkilotchi  yoki  maslahatchi  sifatida  faoliyat  yuritishiga  olib  keladi.  Bu  esa  talaba  yoki 

o'quvchidan  kuproq  mustaqillikni,  ijodni  va  irodaviy  sifatlarni  talab  etadi.  Demak,  pedagogik 

texnologiya didaktik  vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li  

bo'lib hisoblanadi.  

      


3.2.  Ta'lim usullari va vositalari.   

Ta'lim jarayonida to'g'ri usul tanlar ekanmiz, ko'zlangan natijaga komil ishonch va qisqa 

yo'l bilan erisha olamiz. Pedagogika tarixidan, pedagogika amaliyotida ham o'qitish usullarining 

juda katta boyligi to'plangan. 

Ta'lim usuli deganda, ta'lim  jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning kutilgan maqsadga 

erishishga  qaratilgan  birgalikdagi  faoliyatlari  tushuniladi.  O'qitish  usullari  ta'lim  jarayonida 

o'qituvchi  va  o'quvchi-talaba  faoliyatining  qanday  bo'lishini,  o'qitish  jarayonini  qanday  qilib 

tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.  




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish