Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   185
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish. 
2014-yil  6-may  kuni  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Nyu-
Yorkdagi  qarorgohida  tom  ma’nodagi  tarixiy  voqea  yuz  berdi  -  mazkur 
tashkilot  tuzilganidan  buyon  birinchi  marotaba  besh  yadroviy  davlat  - 
AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Frantsiya,  Xitoy  va  Rossiya   yakdillik  bilan  va 
bir  paytning  o’zida  muhim  xalqaro  hujjatni  -  Markaziy  Osiyoda  yadro 
qurolidan  xoli  zona  barpo  etish  to’g’risidagi  Shartnomaga  Xavfsizlik 
kafolatlari to’g’risidagi Protokolni imzolashdi.  
Ushbu  qadam  O’zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  Islom 
Karimov 
tomonidan 
1993-yil 
28-sentyabr 
kuni 
BMT 
Bosh 
Assambleyasining  48-sessiyasida  tashabbusning  to’la  amalga  oshirilishini 
nihoyasiga  etkazgani  holda,  mintaqaviy  xavfsizlikni  mustahkamlashga 
hamda  yadro  quroli  tarqalmasligi  va  qurolsizlanish  bo’yicha  global 
rejimning kuchayishiga ulkan hissa qo’shadi.  
1997 yil 15-17 sentyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan “Markaziy 
Osiyo  -  yadro  qurolidan  xoli  zona”  mavzusidagi  xalqaro  konferensiyada 
Markaziy  Osiyo  -  yadro  qurolidan  xoli  zona  tashabbusining  keyingi 
konseptual  rivojlanishiga  hamda  uning  siyosiy  va  huquqiy  jihatdan 
rasmiylashishiga  erishildi.  Forum  ishtirokchilari  oldida  nutq  so’zlar  ekan, 
O’zbekiston  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  Markaziy  Osiyo  -  yadro 
qurolidan  xoli  zonani  yaratishning  mohiyati  va  yo’llari  to’g’risida  o’z 
fikrlarini bildirdi:  
-  Yadro  xavfsizligiga  umumiy,  keng  qamrovli  xavfsizlik,  omon 
qolish  muammosining  tarkibiy  qismi  sifatida  qaralishi  kerak.  Yadro 
quroliga  ega  va  ega  bo’lmagan  davlatlarning  majburiyatlari  o’rtasidagi 
muvozanat  -  yadro  qurolidan  xoli  zonaning  samarali  faoliyat  ko’rsatishi 
asosidir.  Men  Markaziy  Osiyodagi  yadro  qurolidan  xoli  zonaning 
ishonchli, mustahkam bo’lishi, yadro quroliga ega bo’lgan barcha davlatlar 
uning  maqomini  e’tirof  etgan  taqdirdagina  ta’minlanishiga  qat’iyan 
aminman; 
-  Zonaning  barcha  faoliyat  imkoniyatlarini  yadro  quroli  tarqalishi 
xavfining  oldini  olishga  safarbar  eta  oladigan  mexanizm  ishlab  chiqilishi 
lozim.  Shu  maqsadda  ishtirokchi  davlatlar  xalqaro  miqiyosda  to’plangan 
tajribaga hamda bir qancha asosiy tamoyillarga (zona yadro qurolidan to’la 
                                                 
1
 
http://www.mid.ru/bdomp/ns-
asia.nsf/3a0108443c964002432569e7004199c0/432569d80021985fc325711d003b9e9d!OpenDocument
  


199 
 
ravishda  xoli  bo’lishi  ta’minlanishi  lozim;  uning  faoliyat  ko’rsatishi 
bo’yicha  ishtirokchi  davlatlargina  emas,  barcha  manfaatdor  mamlakatlar 
ham  o’z  zimmalariga  majburiyat  olishi  mumkin;  yadro  qurolidan  xoli 
zonaning barpo etilishi haqidagi bitimlar kelishilgan majburiyatlarga rioya 
qilishni  ta’minlovchi  samarali  nazorat  tizimini  o’z  ichiga  olishi  lozim; 
nazorat  MAGATE  va  BMTning  Xavfsizlik  Kengashi  kafolati  ostida  olib 
borilishi lozim) suyanishi kerak; 
-  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonaning  barpo  etilishi  va 
uning faoliyat ko’rsatishi; 
- Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi Shartnoma doirasida belgilab 
berilgan dunyo miqyosidagi yadro xavfsizligi tizimining ajralmas qismidir. 
Ayni  paytda  yadroviy  qurolsizlanish  bo’yicha  tadbirlar  bilan  bir  qatorda 
ommaviy  qirg’in  qurollarining  boshqa  turlari  ham  tarqalishining  oldini 
olishga qaratilgan sa’y-harakatlar amalga oshirilishi lozim; 
-  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  yaratish  masalalari 
yadro  sinovlari  oqibatlarini  bartaraf  etish,  ijtimoiy  va  ekologik 
muammolarni hal qilish, insonlarning munosib turmushini ta’minlash bilan 
chambarchas bog’liq bo’lishi kerak; 
 - Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish g’oyasi 
mintaqaviy  xavfsizlikni  ta’minlash  bo’yicha  ilgari  qilingan  sa’y-
harakatlarning mantiqiy davomidir. 
Mintaqaviy 
ekspert 
guruhining 
2005-yil 
7-9-fevral 
kunlari 
Toshkentda  bo’lib  o’tgan  ettinchi  uchrashuvida  yadroviy  davlatlar, 
MAGATE  va  BMT  Huquqiy  masalalar  bo’yicha  departamentining  taklif 
va  mulohazalarini  hisobga  olgan  holda,  mintaqa  mamlakatlarining 
Shartnoma  matni  bo’yicha  yakdil  pozitsiyasi  kelishib  olindi.  Toshkent 
bayonotining  matni  BMT  Xavfsizlik  Kengashi  va  Bosh  Assambleyaning 
59-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.  
Ushbu  sa’y-harakatlar  natijasi  o’laroq,  oxir-oqibatda  Markaziy 
Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  to’g’risidagi  Shartnoma 
mintaqa  davlatlari  tomonidan  2006-yilning  8-sentyabrida  Semipalatinsk 
shahrida imzolandi.  Mazkur hujjat imzolanishining ramziy ahamiyati bor. 
Ma’lumki,  “sovuq  urush”  yillarida  harbiy  tenglikni  ta’minlash  siyosati 
doirasida  Semipalatinsk  poligonida  459  ta  yadro  quroli  portlashi 
o’tkazilgan,  Qozog’iston  uzoq  davom  etgan  yadroviy  portlashlardan 
nihoyatda 
katta 
zarar 
ko’rgan  va  bunday  siyosat  millionlab 
qozog’istonliklarning hayoti va salomatligi hisobidan olib borilgan edi.  


200 
 
Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  haqidagi 
tarixiy  shartnomaning  imzolanishi  BMT  Bosh  Assambleyasi  tomonidan 
qo’llab-quvvatlandi.  Bosh  Assambleya  2006  yilning  6  dekabr  kuni  61/88 
sonli  “Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish”  nomli 
mintaqa  davlatlari  nomidan  O’zbekiston  taqdim  etgan  maxsus 
rezolyutsiyani  qabul  qildi.  Bosh  Assambleya  Markaziy  Osiyoda  yadro 
qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  to’g’risidagi  Shartnomani  mintaqaviy 
hamda  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  mustahkamlash  yo’lidagi  muhim 
qadam sifatida e’tirof etdi.  
O’zbekiston  mintaqa  mamlakatlari  orasida  birinchi  bo’lib  Markaziy 
Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  haqidagi  Shartnomani 
2007  yil  10  may  kuni  ratifikatsiya  qildi.  Shartnoma  2009  yil  21  martda 
mintaqaning qolgan barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinganidan 
so’ng kuchga kirdi.  
Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zonani  barpo  etish  haqidagi 
Shartnoma  beshta  yadroviy  davlat  tomonidan  Xavfsizlik  kafolatlari 
to’g’risidagi  protokolning  imzolanishi  bilan  uzil-kesil  xalqaro-huquqiy 
jihatdan  rasmiylashdi.  Protokol  2014  yilning  6  may  kuni  BMTning  Nyu-
Yorkdagi  bosh  qarorgohida  Yadro  qurolini  tarqatmaslik  to’g’risidagi 
Shartnomaning 
Umumlashtiruvchi 
konferensiyasi 
Tayyorgarlik 
qo’mitasining Uchinchi sessiyasi chog’ida imzolandi
1


Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish