Uchinchi tomon huquq va majburiyatlari - ikki yoki ko’p
tomonlama xalqaro shartnomalarda ishtirok etmayotgan tomonlar va a’zo
bo’lmagan davlatlarning mazkur shartnomalarda ularning huquq va
majburiyatlari aks etilishi hisoblanadi.
Xalqaro konferensiya – xalqaro shartnoma matnini tayyorlash,
qabul qilish, imzolash va boshqa muhokama qilinayotgan xalqaro
shartnomaga bog’liq masalalarni hal qilish uchun xalqaro huquq
sub’ektlarining yig’ilishi tushuniladi.
Xalqaro munosabatlar – davlatlar, davlatlar tizimlari, xalqaro
siyosiy,
iqtisodiy,
madaniy
va
boshqa
tashkilotlar
o’rtasidagi
munosabatlar.
Xalqaro odat – huquq normasi sifatida tan olingan umumiy
amaliyotning isbotidir.
Xalqaro huquq prinsipi – barcha sub’ektlar uchun majburiy
xususiyatga ega bo’lgan, xalqaro huquqning jus cogens normasidir
Do'stlaringiz bilan baham: |