Misol uchun, AQShda, shartnomalar imzolangan kundan kuchga kirgan
ijroviy bitimlar (self-executing treaty yoki self-executing executive agreement), milliy
huquqiy tizimda yuridik kuch beruvchi biror bir hujjatsiz federal qonunchilikning
qismiga aylanadi. Shartnoma yoki kuchga kirishi uchun implementasiyaviy
qonunchilik akti talab etiladigan ijroviy bitimlar, ularni Senatning uchdan bir qism
a'zolaridan ko'pi maqullaganidan so'nggina, AQShning milliy huquqiy tizimida
federal qonun kuchiga aylanadi. Agar shartnoma Prezident tomonidan qo'shimcha
shart (ogovorka) bilan ratifikasiya qilingan bo'lsa, uning kuchga kirishi uchun
implementasiyaviy qonunchilik hujjati talab etiladi, bunday shartnoma milliy huquqiy
tizimda yuridik kuchga ega bo'lmaydi.
Fransiyada
xalqaro
shartnomalarning
implementasiya
qilishning,
shuningdek, ularni imzolanishi bilan kuchga kirishining majburiy shartlaridan biri,
ularni Fransiya Rasmiy axborotnomasida (Journal Officiel) nashr qilinishi
hisoblanadi. Nashr qilish to'g'risidagi dekretni prezident, bosh vazir va boshqa
tarmoq vazirlarini istisno qilgan holda tashqi ishlar vaziri imzolaydi. Shunga
qaramay, mehnat sohasidagi xalqaro konvensiyalar uchun mehnat vazirining imzosi
ko'zda tutiladi.
Germaniya a'zosi bo'lgan xalqaro shartnomalar, ular bo'yicha qabul qilingan
qonunlar, qarorlar yoki boshqa ma'muriy qarorlarning mazmunidan kelib chiqqan
holda ichki davlat qonunchiligiga implementasiya qilinadi. GFR uchun kuchga
kiradigan xalqaro shartnomalar parlamentning federal qonunlarni ma'qullashi va
qabul qilishi yoki tegishli ma'muriy qarorni e'lon qilinishi orqali milliy huquqiy
tizimning qismiga aylanadi. Agar xalqaro shartnoma tuzish uchun parlamentning
roziligi lozim bo'lsa, unda tegishli federal qonun ikkita funksiyani bajaruvchi sifatida
ko'riladi. U shartnomani prezident tomonidan ratifikasiya qilinishiga ruxsat beradi
va bir vaqtning o'zida uni huquqiy tizimga kiritadi. Bu tegishli ma'muriy qarorga
ham taalluqlidir. Xalqaro shartnomalar xalqaro ommaviy huquq hujjati xususiyatini
saqlab qoladi. Biroq, parlament tomonidan xalqaro shartnomani ma'qullash
to'g'risida qabul qilingan qonun davlatning shartnomaga muvofiq harakat qilishiga
oid ichki qarorini aks ettirib hamda prezidentga shartnomani ratifikasiya qilish
122
vakolatini berib, bir vaqtning o'zida fuqarolar, xokimiyat organlari va sudlarga
milliy huquqiy tizim doirasida shartnoma normalarini qo'llash majburiyatini
yuklaydi. Germaniya a'zosi bo'lgan xalqaro shartnomalar, ularni ichki davlat
huquqiga kiritayotgan hujjatning, ya'ni federal qonun, qaror va boshqa ma'muriy
qarorning maqomini oladi. Shuning uchun ham, federal qonun bilan inkorporasiya
qilingan xalqaro shartnoma, huddi oddiy qonunga o'xshash maqomga ega bo'ladi,
xalqaro shartnoma faqatgina yerlar huquqi va ijro hokimiyatining hujjatlariga
nisbatan ustuvor hisoblanadi. Xalqaro shartnoma keyinroq qabul qilingan federal
qonun bilan kolliziyaga duch kelgan taqdirda esa, uning ichki davlatchilik sohasidagi
harakati “keyingi qonun oldingi qonunni bekor qiladi” (lex posterior derogat lex
priori) tamoyiliga bo'ysundiriladi. Bu muammo, yoki sudning sharh berish
Do'stlaringiz bilan baham: |