119
balki ushbu shartnomalar bo’yicha olingan xalqaro majburiyatlarni
bajarish, ular talablarini barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan og’ishmay bajarish mexanizmini qonun yo’li bilan ishlab
chiqish zarur”
1
ligini davr talabi ko’rsatib turibdi.
Ammo, shuni qayd etish lozimki, ushbu chora-tabirlar, ya’ni xalqaro
huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish murakkab
jarayon va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xalqaro huquq
normalarini implementatsiyasi – bu xalqaro munosabatlar sub’ektlari
uchun umum majburiy qoidalardir.
Bu xalqaro-huquqiy normalarning milliy huquqiy tizimga joriy qilish
muayyan usulini nazarda tutadi
2
.
Shuning uchun ham, mazkur implementatsiya bilan bog’liq ayrim
nazariy masalalarga ham tushuntirishlar berish maqsadga muvofiqdir.
Jumladan, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka
implementatsiyasi hususida fikr bildirilganda “transformatsiya” deb
ataluvchi xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa tatbiq etish
jarayonini ko’rib chiqish lozim.
Tansformatsiya jarayoni quyidagicha amalga oshirilishi mumkin
3
:
1
Каримов И.А. Озод ва
обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000.
2
Рашидов К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор қилиниши.
Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. -Б.58
3
Лукашук И.И., Саидов А.Х. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқи назарияси асослари. Дарслик. -Т.: Адолат, 2006. -
Б.121
umumiy
davlatning o’zi qabul qilgan xalqaro-huquqiy normalarning
barchasi yoki ayrim turlari mamlakat huquqiy tizimining uzviy
qismi ekanini belgilaydi;
individual –
alohida xalqaro-huquqiy norma yoki normalar guruhi maxsus hujjat
orqali mamlakat huquqiy tizimiga kiritiladi;
Implementatsiya (
ingl. Implementation – “amalga oshirish”,
“bajarish”) –xalqaro-huquqiy normalardan kelib chiqadigan xalqaro
majburiyatlarning davlat ichki darajasida milliy qonunlarga va
qonunosti hujjatlarga singdirish yo’li bilan amalda bajarishdir.
121
to’g’risidagi Vena konvensiyasining 26-moddasida belgilab qo’yilgan
bo’lsa, ikkinchidan esa, muayyan imperativ hujjatlarda, misol uchun
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, uning fakultativ
protokollari, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro
pakt, Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz,
insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi
konvensiya, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish
to’g’risidagi xalqaro konvensiya, Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya,
Xotin-qizlarni
kamsitishning
barcha
shakllariga
barham
berish
to’g’risidagi konvensiya kabi xalqaro hujjatlarning o’zida xam aks etgan.
Implementasiya jarayonini yaxshi tushunish uchun, xorijiy
mamlakatlar tajribasiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: