g) MILLON REAKSIYASI
Kerakli reaktiv va asboblar: 1.Oqsil eritmasi; 2. 0,1% li fenol eritmasi; 3.
1% li jelatina; 4. Millon reaktivi; 5. Probirkalar; 6. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr
plitka yoki gaz gorelka.
Fenol va uning hosilalarini, Millon reaktivi bilan qo'shib qizdirilganda, to'q
qizil rangli simob birikmalari hosil bo'ladi. Bu reaksiya, o'z molekulasida fenol
turkumi bo'lgan tirozinning Millon reaktivi bilan hosil qilgan nitrohosilaning
simobli tuziga xosdir.
Shuning uchun ham tarkibida tirozin tutgan ko'pgina oqsillarni Millon
reaktivi bilan qo'shib qizdirilganda to'q qizil rangli cho'kma hosil bo'ladi. Agar
oqsil tarkibida tirozin bo'lmasa, Millon reaksiyasi kuzatilmaydi.
Tirozin
Do'stlaringiz bilan baham: |