faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 84-
modda; 2003 y., 6-7-son, 93-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab
chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini
mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan
hissasini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki, eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot
ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni
va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston
Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik
hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va
olingan daromadni olib ketishga bo‘lgan huquqi himoya qilinishini ta’minlovchi,
ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlarning keng
tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish
va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar
chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar va
hujjatlarni so‘rash taqiqlansin.
Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo
xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo‘shma ishlab chiqarishlar soni
ko‘payishiga ko‘maklashishlariga va rag‘batlantirishlariga qarab baho berilishi
haqida ogohlantirib qo‘yilsin.
3. «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo‘ljallangan va importning
o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga
mansub deb hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash
uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
4. Eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab
chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1
iyundan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinsin:
•
ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq krediti olish huquqi
berilsin, ya’ni byudjetga to‘lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo‘shilgan
qiymat solig‘i va er solig‘i yuzasidan to‘lovlar ikki yilgacha muddatga
kechiktirilsin;
•
ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSh dollarini
tashkil etgan korxonalar mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 16 iyuldagi PF-
3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis
Axborotnomasi, 2003 y., 6-7-son, 93-modda)
6. O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki
qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar
ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari,
respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va
ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta
kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini chet el
elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va
kompaniyalarga etkazsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar
vazirligi, «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda Fan va
texnika davlat qo‘mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birga xorijiy
investitsiyalarni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini 1996 yil oxirigacha
ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar:
•
respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va
borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo‘yishning shartlari va ustuvor
yo‘nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va
manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning
keng doirasini tanishtirish;
•
xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo‘riqnoma va
axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlash;
•
axborot tarmog‘ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va
mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to‘g‘risida yagona
ma’lumotlar bazasini yaratish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki
hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi
korxonalarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish
yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi
soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar
takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o‘rnatish uchun keluvchi
chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda
respublika hududi bo‘ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar
va tasdiqlasinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq
qo‘mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib
chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy
muddatda tayyorlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
I. KARIMOV
Do'stlaringiz bilan baham: |