R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

1.3. POLIMER KOMPOZITSIYA  
TAYYORLASH VA HAR BIR KOMPONENTNING 
VAZIFALARI
Polimer kompozitsiyalarni tayyorlash operatsiyalari quyi-
dagi asosiy ishlardan iborat: komponentlarni aralashtirish; qu-
ritish; eritish; maydalash.


24
Aralashtirish texnologik jarayon bo‘lib, polimerga qo‘shim-
cha qo‘shish bilan uning xossasini o‘zgartiradi va kompo-
zitsiyani gomogenizatsiyalaydi. 
Qo‘shiluvchilarni aralashtirishdan avval komponentlarni 
elaklash, quritish va kerak bo‘lsa namlash va tortib olish kerak. 
Ayrim hollarda qoldiqlar tegirmonda maydalanib aralashtirishga 
uzatiladi. Elaklash asosiy materialni yirik aglomeratlar va 
begona qo‘shimchalardan ajratish uchun amalga oshiriladi.
Polimer materiallarini quritish g‘ovaklar, yoriqlar va boshqa 
salbiy holatlarning oldini olish maqsadida yuqori namlik 
sharoitida bajariladi.
Yirik masshtablardagi ishlab chiqarishlarda tortish ishlarini 
dozatorlar yordamida, kichik miqdorli ishlab chiqarishlarda 
esa oddiy tarozilarda bajariladi. Maydalash ishi maxsus tegir-
monlarda amalga oshiriladi. 
Polimerlarni to‘ldirgichlar va ikkilamchi materiallar bilan 
aralashtirishni barabanli aralashtirgichlarda bajariladi. Masa-
lan, quyida gorizontal silindrik ko‘rinishga ega bo‘lgan aralash-
tirgich tasvirlangan (4-rasm). 
4-rasm. Baraban tipli aralashtirgichlar:  
a – gorizontal; b – bochkasimon aralashtiruvchi o‘qli;  
d – bitubli vertikal; e – «V» simon; f – tetraedrik shaklli.
a
b
d
e
f


25
Materiallarning aylanma harakati tufayli aralashtirgich-
larda komponentlar aralashadi. Jarayon jadal ketishi uchun 
aralashtirgichlardan foydalaniladi. 
 Aralashtirish sifati bir tarkiblilik koeffitsiyenti (V
C
 ) bilan 
baholanishi mumkin:
 
 
bu yerda: n – tahlil uchun olingan namunalarning soni; C  – 
i-chi namunadagi aralashayotgan komponentning konsentra-
tsiyasi;  C
i
  – ideal aralashtirishda ushbu komponentning kon-
sentratsiyasi.
Aralashtirishning eng yuqori holatiga polimerlarning bosh-
qa tarkiblar bilan oquvchan holatda aralashishida erishiladi. 
Jarayonlar davriy va bosqichli amalga oshiriladi. Davriy ara-
lashtirish jarayonlarida kuraklar ishlatiladi. Bundagi jara-
yon ko‘p mehnatni talab etishi bilan birga poimerlarning de-
struksiyalanishi (parchalanishi) sodir bo‘ladi. 
Polimerlarni eritish ikki bosqichda bajariladi, bo‘ktirish va 
eritish:
– bo‘ktirish – polimer va erituvchining diffuziyalanish 
koeffitsiyentlari farqining kattaligi hisobiga;
– eritish jarayonlari aralashtirishning samarali bo‘lishiga 
imkon beradi. 
Erituvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
–  polimerni nisbatan yaxshi erituvchan bo‘lishi;
– polimerning erituvchi bilan chegarasiz aralashuvchan 
bo‘lishi;
– qovushqoqlikning maksimal gradiyentiga ega bo‘lishi, 
qovuqshqoqlik harorat o‘zgarishi bilan sezilarli o‘zga ruvchan 


26
bo‘lishi (bu keyingi texnik operatsiyalarni oson 
lashtirishi 
mum kin  –  filtrlash,  deaeratsiya);
–  uchuvchanlikning optimal darajasiga ega bo‘lishi;
–  qovushqoqlikning konsentratsion qiymati kam bo‘lishi;
– kimyoviy qarorli, erituvchining boshqa komponentlariga 
inert bo‘lishi;
–  toksik, yong‘inga va portlashga xavfsiz bo‘lishi;
–  iqtisodiy tejaluvchan bo‘lishi kerak.
Tayyorlash 6–24 soat davomida bo‘lishi mumkin. 
Maydalash. Amaliyotda 3–5 mm o‘lchamli zarrachali kom-
ponentlar ishlatiladi. Xomashyolar granula (termoplastik) yoki 
maydalangan (reaktoplast) bo‘ladi. Ko‘p sharoitlarda mayda-
langan komponentlar ishlatiladi.
Granulalash – materiallarni sochiluvchan bir o‘lchamli zar-
rachalarga aylantirish. Granulalar silindrik, kubsimon, don-
simon bo‘ladi. 

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish