29
oksidi) rezinaning qattiqligi, mustahkamligi va yeyilishga
qarshiligini oshiradi. Inert to‘ldirgichlar (talk, bo‘r va boshq.)
rezinani arzonlashtirish uchun qo‘shiladi.
Plastifikatorlar –
texnik vazelin, parafin, stearin kislota,
mineral o‘simlik moylari va boshq. 8–30% hajmni egallaydi,
ishlashni yengillashtiradi, elastiklikni va sovuqqa chidamlilik-
ni oshiradi.
Eskirishni kamaytiruvchilar (aldol, meozon, parafin, mum
va boshq.)
eskirishni kamaytiradi, kislorodning birikishiga
qarshilik ko‘rsatadi. Kislorod kauchukdagi ikki bog‘lanishli
joy larga birikadi. Natijada kauchuk makromolekulalari o‘zi-
ladi, qisqaradi, egiluvchanligi, elastikligi kamayadi. Mo‘rtla-
shadi va rezina yuzasida darzlar to‘ri paydo bo‘ladi. Eskirishni
ka
maytiruvchilar kimyoviy va jismoniy ta’sir qiluvchilarga
bo‘li nadi. Kimyoviy ta’sir qiluvchilar (aldol, meozon) rezinaga
va kauchuk perekisiga kirib olgan (diffuziyalangan) kislorod
bilan
birlashib, uning oksidlanishini to‘xtatadi. Jismoniy ta’sir
qiluvchilar (parafin, mum) yuzada plyonka hosil qilib, kislorod
diffuziyasini qiyinlashtiradi.
Bo‘yoqlar (ultramarin) faqat dekorativ vazifani bajarmay,
yorug‘lik tufayli eskirishni to‘xtatadi, chunki yorug‘likning
qisqa to‘lqinli qismini yutadi.
Kauchuk hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Tabiiy kauchuk, kau-
chuk daraxtining sharbatidan (lateks) olinadi. Lateks tarkibi da
30–37% kauchuk bo‘ladi.
Kimyoviy jihatdan toza va tabiiy kauchuk – chegaralanma-
gan uglevodorod:
— CH
2
–CH=CH–CH
2
—
CH
3
—
n
, bu yerda:
n = 1000 – 4000.
30
Tabiiy kauchuk yumshoq elastik material,
zichligi
0,91 – 0,94 g/sm
3
, organik erituvchilarda (benzin, benzol, xlo-
ro form va boshq.) yaxshi eriydi. Amorf holda bo‘ladi. Uzoq
saqlansa kristallanadi. Cho‘zib deformatsiyalash kau
chuk-
ni kristallantiradi. Kristallik fazaning hosil bo‘lishi uchun
puxtalantiriladi. –70
o
C da kauchuk elastiklikni yo‘qotib mo‘rt-
lashadi, +70
o
C gacha qizdirish plastikligini oshiradi. U 200
o
C
da parchalanadi. Tabiiy kauchuk asosidagi rezina yuqori pux-
talikka va elastiklikka ega.
Rezina ishlab chiqarishda ko‘proq sun’iy kauchuk ishlatiladi.
Uning xossalari ko‘proq. Sun’iy-sintetik kauchuk spirtdan,
neftdan, neft olishdagi yo‘lakay gazdan, tabiiy gazdan olinadi.
Butadiyenli kauchuk (SKB) gaz
holatidagi butadiyen ugle-
vodorodini metalli natriy ishtirokida CH
2
= CH–CH = CH
2
polimerizatsiya qilib olinadi.
Butadiyenli kauchukning sovuqqa chidamliligi: –40–50°C.
Maxsus rezinalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Butadiyenstirolli kauchuk (SKS) butadiyen (C
4
H
6
) va stirolni
(CH
2
= CH–C
6
H
5
) birgalikda polimerlab olinadi. Sovuqqa
chidamliligi –77°C. Turg‘unligi kam: yog‘da, yoqilg‘ilarda.
Izoprenli kauchuk (SKI) izoprenni ishqoriy metallar (litiy)
ishtirokida polimerlab olinadi. Bulardan tashqari, xloroprenli,
butadiyennitrilli, ftorli, polisulfidli kauchuklar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: