QIZIL SUVO‘TLARI BO‘LIMI – RHODOPHYCOPHYTA
Ko„k-yashil suvo„tlariga o„xshash qizil suvo„tlarining hujayralarida ham
xlorofil va har xil karatinoidlardan tashqari suvda eruvchi qizil fikoeritrin va ko„k
fikotsianin pigmentlari mavjud bo„lib, ularning o„zaro nisbati qizg„ish yoki
havorang ko„rinishdagi tallomlarni yuzaga keltiradi. Qizil suvo„tlarining
hujayralarida zahira ozuqa modda sifatida bagryankali kraxmal to„planadi. Ushbu
bo„lim suvo„tlari ham qo„ng„ir suvo„tlari kabi sho„r suvlarda hayot kechirib,
ularning rivojlanish siklida harakatchan stadiyasi bo„lmaydi. Tallomining
strukturasi jihatidan xilma-xil bo„lib, eng soddalalari bir hujayrali, lekin asosiy
qismi har xil ipsimon va plastinkasimon tuzilishga ega.
Qizil suvo„tlarining hujayralari nisbatan pishiq qobiq bilan o„ralgan bo„lib,
sellulozali mikrofibrillar amorf matriks bo„yicha tarqoq holda joylashgan.
Hujayra qobig„ining pektin va sellulozali komponentlari bo„lib, u shilimshiq
bilan aralashib ketadi. Ayrim vakillarida bunday yumshoq yoki tog„aysimon
konsistensiyali birikmaga ohaktosh aralashishi natijasida qattiq qobiq yuzaga
keladi. Hujayralalari bir yoki ko`p yadroli bo„lib, ko„pinchalik hujayra qobig„iga
yaqin joylashgan (pariental) xramotoforlari donachasimon, plastinkasimon yoki
markaziy qismida pirenoidli yulduzsimon shakllarda bo„ladi. Bagryankali
kraxmal pirenoid va xromatofordan ajralgan holda sitoplazmada to`planadi.
Qizil suvo„tlarining jinssiz ko„payish hosilalari harakatsiz yalang„och
hujayralardan iborat bo„lib, sporangiylarning butun borlig„idan bitta
(monospora) yoki to„rtta (tetrospora) spora hosil bo„ladi. Monosparalar odatda
sodda tuzilgan vakillarida (bangiyalar sinfi), tetrosporalar esa murakkabroq
tuzilgan vakillarida (floridiyalar sinfi) hosil bo„ladi.
Qizil suvo„tlarining jinsiy ko„payishi ham o„ziga xos va murakkab jarayon
hisoblanadi. Umuman jinsiy ko„payish oogamiya usulida amalga oshib,
urg„ochilik jinsiy a‟zosi ko„zachasimon ko„rinishdagi karpogondan iborat.
Karpogon trixoginasiz (bangiyalar sinfi vakillarida) yoki karpogonning ustki
qismidan chiqqan maxsus o„simta shaklidagi trixoginali (floridalar sinfi) bo„lishi
mumkin. Anteridiy esa karpogon yonida vujudga kelib, unda mayda xivchinsiz
spermatsiylar hosil bo„ladi. Anteridiydan chiqqan spermatsiylar suv oqimi
yordamida trixogina orqali karpogonga tushib, undagi yadro bilan qo„shiladi.
So„ngra karpogonning bazal qismi trixoginadan ajraladi va karposporaga
aylanadi.
Karposporaning
keyingi
rivojlanishi
ushbu
sinfga
mansub
suvo„tlarining har xil vakillarida o„ziga xos ko„rinishda davom etishi kuzatiladi.
Floridiyalar sinfining nisbatan tuban tuzilishga ega bo„lgan vakillarida
(batraxospermum, nemalion) otalangan karpogon qorinchasida gonimoblast
ipchalari o„sib, uning uchlarida, karposporangiyalar hosil bo„ladi va
karposporalari
bittalab
ajralib
chiqa
boshlaydi.
Floridiyalar
sinfining
murakkabroq tuzilgan vakillarida esa otalangan karpogon qorinchasidan har xil
uzoqlikda joylashgan, bo`linishni tezlashtiruvchi maxsus auksolyar hujayralar
rivojlanib, yaqinroq masofada joylashganlari gonimoblast ipchalari va
karpogoniyalar, uzoqqa cho„zilgan ipchalaridan esa yana birlashtiruvchi yoki
11
Do'stlaringiz bilan baham: |