Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017

Sinov savollari 

 



20 

 

1. Sariq-yashil suvo„tlarining tuzilishi.  



2. Sariq-yashil suvo„tlarining sistematik gyruhlarga bo`linish asoslari.  

3. Sariq-yashil suvo„tlarining asosiy vakillari va ko„payishi.  

 

 

DIATOM SUVO‘TLARI BO‘LIMI - BACILLARIOPHYCOPHYTA 



 

    Diatom suvo„tlari turlarining xilma-xilligi va tarqalishi jihatidan boshqa 

suvo„tlari  ichida  yetakchi  o„rinda turadi. Ularning  vakillari chuchuk  va sho`r 

suvlardan  tashqari  tuproqda,  suv  sachratqilarida,  namlanib  turadigan 

qoyatoshlarda ham keng tarqalgan. Diatom suvo„tlarining tuzilishidagi o„ziga 

xos  xususiyatlaridan  biri  shundan  iboratki,  kokkoid  strukturaga  ega  bo„lgan 

hujayralari  maxsus  qumtoshli  qobiq  bilan  o„ralgan.  Bunday  qobiq  qalqon 

(sovut) deb ataladi. Qalqon pektinli matriksdan tuzilgan bo„lib, skelet moddasi 

sifatida  esa  kremniy  kislotasi  to„planadi.  Qalqon  ikki  bo„lakdan  (palladan) 

tashkil  topgan.  Ular  quticha  va  qopqoqchaga  o„xshab  biri  ikkinchisiga  kirib 

turadi. Pallasining katta bo„lagi epiteka, kichigi - gipoteka deb ataladi. Diatom 

suvo„tlari mikroskop ostida ikki xil shaklda ko„rinadi. Agarda qalqon pallalari 

yon tomoni bilan turib qolgan bo„lsa, belbog„ tomonidan ko„rinish deb ataladi. 

Aksincha,  pallalarining  biri  ostida  ikkinchisi  ustida  bo„lsa,  palla  tomonidan 

ko„rinishi  bo„lib  hisoblanadi.  Ularning  qumtoshli  pallalari  tashqi  muhit  bilan 

modda almashinishi uchun har xil  labirintsimon teshikchalar,  g„ovak  va  zich 

qismlar  hosil  qilib  joylashgan.  Bular  esa,  pallalarda  optik  zich  va  g„ovak 

qismlarini  yuzaga  keltirib,  palla  ustida  xilma-xil  chiziqchalar,  punktirlar  va 

nuqtalar  shaklidagi  "naqshlarni"  yuzaga  keltiradi.  Diatom  suvo„tlarini 

sistematik o„rnini aniqlashda ana shu naqsh va chiziqchalar muhim ahamiyat 

kasb etadi.  

    Diatom suvo„tlarining pallalari  ichini hujayra qobig„i bo„ylab tarqalgan 

sitoplazma  egallagan  bo„lib,  uning  o„simtalari  palla  choklariga  kirib  turadi 

(chokli  vakillarida).  Ko„pchilik  vakillarida  bitta  yoki  ikkita  plastinkasimon 

xromatofori  bor.  Umuman  ulardagi  xromatoforlar  shakli  jihatidan  xilma-xil 

bo`lishi mumkin.  

    Diatom  suvo„tlari  vegetativ  va  jinsiy  yo„l  bilan  ko„payadi.  Vegetativ 

ko„payishda pallalari asta-sekin ajralib, hujayra ikkiga bo„linadi. Hosil bo„lgan 

yangi  hujayralarning  biri  epitekani,  ikkinchisi  esa  gipotekani  ona  hujayradan 

oladi.  Ikkala  yangi  hujayra  o„ziga  gipoteka  sintezlaydi.  Natijada  ona 

hujayradan  gipoteka  pallasini  olgan  hujayra,  uni    epitekaga  aylantirib,  uning 

ostki  qismida  kichikroq  gipotekani  sintezlaydi.  Shuning  uchun  yosh 

hujayralarning  biri  ikkinchisidan  pallasining  ikki  tomonidagi  gardishi 

qalinligida kichikroq bo„ladi. Ana  shunday bo„linib ko„payishning ketma-ket 

qaytarilishi  hujayrani  ancha  kichiklashib  ketishiga  olib  keladi.  Hujayraning 

kichiklashib  borishiga  chek  qo„yuvchi  va  asl  kattaligini  tiklovchi  omil, 

auksospora  hosil  qilib  jinsiy  ko„payish  hisoblanadi.  Ushbu  jarayon  diatom 

suvo„tlarining har xil sistematik guruhlarida o„ziga xos holda amalga oshadi. 




21 

 

Patsimonlar  sinfiga  mansub  vakillarining  jinsiy  ko„payishi  desmidiya 



suvo„tlaridagi  matashishni  eslatadi.  Ikkita  hujayra  bir-biriga  yaqinlashib, 

umumiy  shilimshiq  bilan  qoplanadi  va  pallalari  ochiladi.  Har  bir  hujayra 

yadrolari  reduksion  bo„linadi  (ko„pinchalik  sitoplazma  ham  bo„linadi)  va 

ularning  biri  nobud  bo„ladi.  Hayotchan  yadrolar  o„zaro  qo„shilib 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish