HID BILISH SENSOR SISTEMASI.
Odam turli moddalarning hidini burni yuqori chig‘anoqlarining o‘rta qismi
va burun to‘sig‘ining shilliq pardasidagi maxsus retseptorlar orqali sezadi.
Hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardoning yuzasi 5 sm
2
keladi. Hid
bilish tufayli odamlar va hayvonlar turli gazlarning ovqatning hidini biladi.
Hid sezish nihoyatda nozik va o‘tkir. Modda havoda juda oz tarqalgan bo‘lsa
ham odam uning hidini sezadi. 1 litr havoda 1:1000000 gr nisbatda efir
bo‘lganida ham odam uning hidini sezadi. Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida
bolalar hid bilish a‘zolari yallig‘lanadi, ba‘zan rinit, adenoid kabi
kasalliklarga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida hid bilishining pasayishiga olib
keladi.
31-rasm. Rinit.
Do'stlaringiz bilan baham: |