K I R I S H.
Inson sog‘ligini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko‘tarish
haqida g‘amxo‘rlik qilish muhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu
vazifalarni hal etishda, jumladan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib qilishda tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda
pedagoglar ham katta kuch bo‘lib xizmat qiladilar. Zamonaviy bilim berish
uchun avvalo murabbiy o‘sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli
davrlardagi o‘zgarishlarini, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga
ta‘sirining gigiyenik ahamoyatini bilib olganidagina o‘quv-tarbiya jarayonini
to‘g‘ri tashkil eta oladi. Avlodni jismonan sog‘lom, aqliy va ruhiy jihatdan
tetik, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday o‘qitish
shaklidagi bilim muassasalari tarbiyachi va o‘qituvchilari bola organizmi
fiziologiyasi, uning sensor tizimi fiziologiyasining yosh xususiyatlarini
bilishi, oz bo‘lsada bu haqida ma‘lumotga, bilimga ega bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘zining asosiy
masalalaridan biri deb sog‘lom avlodni tarbiyalashni belgilab oldi. Shu
munosabat bilan 29-aprel 1993 yil ― Sog‘lom avlod‖ jamg‘armasi tuzildi 3-
dekabr 1993-yili Vazirlar mahkamasining 589- qarori bilan o‘sib kelayotgan
avlodni sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari haqidagi kompleks dastur qabul
qilindi. Shunday ekan davlatimiz tomonidan, aynan davlatimiz sarbonlari
tomonidan xalq sog‘ligiga nisbatan shunday katta e‘tibor berib, juda katta
imkoniyatlar yaratilayotgan ekan, biz bunga salomatligimiz bilan javob
qaytarishimiz kerak.
Mening bitiruv malakaviy ishimning mavzusi ham qaysidir ma‘noda
yuqorida keltirgan so‘zlarimga bog‘liqdir. Fan-texnikaning rivojlanishi,
ayniqsa kompyuter texnologiyalarining, uyali aloqa vositalari, shuningdek
inson sensor sistemasi yordamida qabul qiladigan ko‘pgina texnologiyalar
yaratilmoqdaki, ular o‘z navbatida sensor tizim a‘zolariga ta‘sir o‘tkazmay
qo‘ymaydi.
Barcha tirik organizmlar ovqat va o‘z turining boshqa jinsiga mansub
vakilini topish, turli xavf-xatardan qochish, fazoda chamalash (oriyentir) va
uning muhim xossalarini baholash uchun, atrof- muhit to‘g‘risida axborot
olishga
muhtojdir.
Aynan
shunday
imkoniyatni
sensor
tizimlar
(analizatorlar) ta‘minlaydi.
Sensor so‘zi lotincha ” sensus” - sezish so‘zidan olingan, sensor
tizim deganda, asab yo‘llari orqali retseptor apparatlari va o‘zaro bir biri
bilan bog‘langan, M A T ning ma‘lum bir tuzilmalarining yig‘indisi
tushiniladi. Uning vazifasi bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ta‘sirlarni qabul
qilib, tashqi signalni kodlash bilan tugallashdan iborat.
Sensor tizimi fiziologiyasida ob‘ektiv va sub‘ertiv aspektlar
muammosi mavjud. Biz odamlar va hayvonlar sezgi a‘zolarining
birortasining faoliyatini kuzatishimiz va tahlil qilishimiz mumkin. Bunday
yo‘l bilan biz ob‘ektiv sensor fiziologiyasini o‘rganamiz. Biz bunda
to‘xtamasdan ilgarilab borishimiz mumkin va tashqi hodisalar sezgi
a‘zolari yordami orqali hosil qiladigan o‘z his- tuyg‘ularimizni ilmiy tahlil
qilishimiz mumkin. Bu holda biz, sub‘ektiv sensor fiziologiyasi sohasiga
kirib kelamiz.
Sub‘ektiv sensor fiziologiyasi sezish va idrok qilish faoliyati, ya‘ni
inson ruhiyati( psixikasi) bilan shug‘ullanadi. Ob‘ektiv sensor fiziologiyasi
retseptor potensiallar, bosh miya sensor markazlaridagi impulslar chastotasi
bilan shugullanadi.Ularning barchasi material fenomendir, ya‘ni fizikaviy va
kimyoviy tushunchalar yordamida ularni yoritish mumkin.
Axborotni qabul qilish va qayta ishlash analizatorlar , ya‘ni sezgi
organlari orqali amalga oshiriladi. Tashqi olamdagi ta‘sir nerv signallari
holida bosh miyadagi nerv markazlariga etkaziladi.Bu signallar bosh
miyaning turli bo‘limlarida qayta ishlanib, uning oliy bo‘limida sezish,
anglash, tasavvur qilish bilan yakunlanadi.
I.P.Pavlov har bir analizator bir-biriga bog‘liq bo‘lgan uchta :
periferik, o‘tkazuvchi va markaziy qismdan iborat ekanini birinchi bo‘lib
isbotlagan. Retseptorlar analizatorning periferik qismi hisoblanadi, bular
ma‘lum ta‘sirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi. Retseptorlar
tuzilishi, joylashishi, fuksiyasiga ko‘ra turli xil bo‘ladi. Qo‘zg‘alishni
retseptoridan boshqa miya katta yarin sharlariga o‘tkazuvchi markazga
intiluvchi neyronlar analazatorning o‘tkazuvchi qismini tashkil etadi.
Analizatorning barcha qismlari bir butun holda ishlaydi, istalgangan
analizatorning biror bir qismi shikastlansa, uning funksiyasi buziladi.
Odamning mehnat faoliyatida analizatorlarning roli juda muhim, agar
bolaning turli organlaridan, turli sezgi organlaridan ta‘sir kam borsa, bosh
miya rivojlanishdan orqada qoladi. Tashqi olamdagi turli xil ta‘sir avval
retseptorlarda, so‘ngra bosh miya bolimlarida analiz qilinadi. Ta‘sirning har
tomonlama nozik analizi bosh miya katta yarim sharlarida amalga oshadi.
Sezgi organlariga tananing barcha sohasida joylashgan retseptorlar va
muskullar, qon tomirlar devoridagi retseptorlar va boshqalar kiradi.
Analizatorlarning miya po‘stlog‘idagi qismi shikastlansa yoki olib tashlansa,
ta‘sir murakkab analiz va sintez qilinmaydi. Masalan, miya po‘stlog‘idagi
eshitish analizatorlari joylashgan chakka qismi olib tashlansa ta‘sirning
nozik tabaqalanishi yo‘qoladi.
Nerv sistemalarining faoliyati uchun ta‘sir doim butun organizmga
ta‘sir qilib turishi kerak. Ko‘pgina sezgi organlarining shikastlanishi
natijasida ta‘sirning ular orqali bosh miyaga yetarli kelmasligi tufayli odam
faol faoliyatini yo‘qotadi, doimo uxlaydi. Bunday odamni saqlanib qolgan
sezgi organlariga ta‘sir etish bilangina uyg‘otish mumkin. Tekshirishlardan
ma‘lum bo‘lishicha sensor ta‘sirotning yoqolishi diqqatni to‘plash, mantiqiy
fikrlash, aqliy mehnat qilish xususiyatlariga salbiy ta‘sir etadi. Sezgi
organlari orqali ta‘sirni tashqi muhitdan, ichki organlardan retseptorlar
bo‘ylab qabul qilinishi tufayli organizmning tashqi va ichki muhiti haqidagi
ma‘lumotlar bosh miyaga yetib boradi.
Axborotning retseptorlardan bosh miyaga borishi natijasida organizm
o‘z-o‘zini boshqaradi. Masalan, qonning tarkibi o‘zgarsa, shunga yarasha
qon tomirlar devorida qo‘zg‘alish, tormozlanish vujudga keladi.
Organizmning sensor sistemalari yoki analizatorlariga ko‘rish,
eshitish, vestibulyar , ta‘m bilish, hid bilish, teri va ichki organlarda sodir
bo‘ladigan o‘zgarishlarni qabul qiladigan interoretseptorlar yoki vistseral
sensor sistemalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: