Qarilikdagi uzoqni ko’rish. Yosh o‘tib borgani sari ko‘z gavharagi o‘z
elastikligini yo‘qotib boradi, chunki ko‘z gavharagini o‘rab turuvchi, uning
harakatini ta‘minlovchi kipriksimon muskullar faoliyati, cho‘ziluvchanligi
kamayadi, do‘ngligi ortadi yoki pasayadi, shuning uchun ham qari kishilarda
ko‘rishning eng yaqin nuqtasi uzoqlashadi. Bu hodisaga qarilikdagi uzoqdan
ko‘rish- presbiopiya deyiladi.Bunday kishilar ikki tomonlama linzali
ko‘zoynaklardan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |