Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya” kafedrasi



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/75
Sana10.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#143760
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Bog'liq
bolalarda sezgi azolari anatomiyasi va fiziologiyasi (1)

Qorachiq  refleksi.  Ko‘z  kamalak  pardasining  o‘rtasidagi  teshikchada  ko‘z 

qorachig‘I  joylashgan.  Ko‘zning  qorachig‘I  tashqi  tomondan  kirgan  yorug‘lik 

nurlarini  ko‘ning  ichki  qismiga,  to‘r  pardaga  o‘tkazib  berdi.  Bu  esa  to‘r  pardada 

tasvirlarning  aniq  namoyon  bo‘lishini  ta‘minlaydi.  Suningdek  qorachiq  yon 

tomondan  kelayotgan  sferik  oberatsiyani  cheklaudi  va  ko‘zning  markazidan 

kelayotgan nurlarni ko‘zning ichki qismiga o‘tkazib beradi. Sferik oberatsiyada nur 

qorachiq  periferiyasiga  tushadi  va  nurning  doira  bo‘ylab  tarqalib  ketishiga  olib 

keladi. 


Kamalak parda mushaklari qorachiq kattaligini o‘zgartirish xususiyatiga ega. 

Bu  bilan  qorachiqqa  kirayotgan  nur  oqimi  boshqariladi.  Kunduz  kunlari  qorachiq 

diametrining  optimal  kattaligi  2,4  mm  (2,4x10

-3

m).  Yoritil;ish  darajasi  ortganda 



qorachiq diametric 1,8 mm ( 1,8x10

-3

m) ga qisqaradi, qorong‘ulikda  7,5 mm  




(  7,5x10

-3

m)  ga  etadi  va  korishni  yomonlashtiradi,  ammo  ko‘rish  sistemasining 



nurga  nisbatan      ta‘sirlanishini  orttiradi.  Shunday  qilib  qorachiq  diametrining  

o‘zgarishi nur oqimini 17 marta  o‘zgartiradi.  

Agarda  ko‘zni  yorug‘likdan  to‘silsa  va  so‘ngra  uni  ochilsa  qorachiq  keskin 

torayadi,  bu  hodisa  reflektor  ravishda  amalga  oshadi  va  buni  qorachiq  refleksi 

deyiladi. 

Bu holatni barchamiz hayotimiz davomida deyarli har kuni uchratamiz, tungi uyqu 

vaqtida  xona  lampochkasini  yoqganda  ko‘z  olmasi  atrofida  og‘riq  yuzaga  keladi, 

bu  kamalak  parda  mushaklarining  keskin  qisqarishi  natijasida  yuzaga  keladi, 

shuningdek ma‘lum vaqtga qadar ob‘ektlarni ko‘raolmay qolamiz, bu qorachiqning 

keskin  torayishi  hisobiga  amalga  oshadi,  bir  oz  vaqt  o‘tib  qorachiq 

adaptatsiyalangach  ob‘ektlarni  yana  ko‘ra  boshlaymiz,  Yoki,  yoz  faslida  quyosh 

juda  kuchli  yoritadi,  qorong‘u  xonaga  kirganimizda,  aksincha  qorong‘u  xonadan 

tashqariga chiqganimizda ham yuqoridagi kabi holatlarga duch kelamiz. 

 

Kamalak  pardada  ko‘z  qorachig‘ini  o‘rab  turuvchi  va  uning  reflekslarini 



amalga  oshiruvchi  ikki  toifa  mushaklar  mavjud.  Ulardan  biri-  halqasimon 

mushaklar,  ko‘rish  nervuning  parasimpatik  tolalari  bilan  innervatsiyalanadi, 

ikkinchisi-radial 

mushaklar, 

ko‘rish  nervuning  simpatik  tolalari  bilan 

innervatsiyalanadi. Halqasimon mushaklarning qisqarishi qorachiqning torayishiga 

olib  keladi,  radial  mushaklarning  qisqarishi  esa  aksincha  qorachiqning 

kengayishiga  olib  keladi.  Bulardan  tashqari  qorachiq  reflekslari  biologic  faol 

moddalar, kimyoviy moddalar ta‘siri bilan ham boshqariladi. Asetil xolin va ezerin 

ta‘siri natijasida ko‘z qorachig‘I torayadi, adrenalin ta‘sirida esa kengayadi.shular 

bilan  bir  qatorda  hissiy,  emotsional  ta‘sirlar  natijasida  ham  ko‘z  qorachig‘I 

reflekslari  kuzatiladi.  Qo‘rquv,  g‘azab,  og‘riqli  jarayonlar  va  o‘lim  yuzaga 

kelganda  ko‘z  qorachig‘I  kengayadi,  shuning  uchun  qorachiqning  bunday 

o‘zgarishi turli patologik o‘zgarishlarni aniqlashda, gipoksiyani belgilashda muhim 

omil  bo‘lib  hisoblanadi,  anestiziolog  bemorlarga  narkoz  berganida  uning  ko‘z 

qorachig‘I diametrini  doimo kuzatib turadi, chunki qorachiqning kengayib ketishi 

hayot  uchun  xavfli,  bu  haqda  yuqorida  aytib  o‘tgan  edim.  Yaqindagi  jismlarga 



qaraganda  ko‘z  qorachig‘I  torayadi  bunga  ko‘z  akkomodatsiyasi  deyiladi,  har 

ikkala  ko‘z  ko‘rish  o‘qining  birlashuviga  esa  konvergensiya  deyiladi.  Sog‘lom 

odamda har ikkala ko‘zning qorachig‘I bir vaqtning o‘zida qisqaradi, ochiq turgan 

ko‘zga nur ta‘sir ettirilsa yopib turganinig qorachig‘I ham torayadi. Aksincha bir 

ko‘zning  qorachig‘I  kengaysa  ikkinchisining  ham  qorachig‘I  kengayadi. 

Qorachiqning bunday reaksiyasini do‘stona hamkorlik deyiladi.  

 

Patologik  holatlarda  ikkala  ko‘z  qorachiqlarining  kengligi  ikki  xil  bo‘lishi 



mumkin bunga-  anizokoriya   deyiladi, ko‘z parasimpatik nervining shikastlanishi 

natijasida  –mioz      kasalligi,  ko‘z  olmasining  qisqarishi-  Gorner  kasalligi, 

okolomotorius  nervining  shikastlanishi  yoki  sinpatik  nervning  ta‘sirlanishi 

natijasida  ko‘z qorachig‘ining kengayishi-midriaz kasalliklari yuzaga keladi.  




Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish