ma‘lumotlar to‘g‘ridan- to‘g‘ri to‘r pardoning yuzasiga tushishi, shu yerda
ob‘ektlarning shakli to‘r pardoning o‘zida namoyon bo‘ladi va ob‘ekt aniq
ko‘riladi. Xuddi shuning aksi, yaqindagi predmet va ob‘ektlarning shakli to‘r parda
orqasiga tushadi, bunda ko‘rilgan ob‘ekt yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bir vaqtning
o‘zida ham yaqindai ham uzoqdagi predmetlarning shakli, holati, boshqacha
aytganda ular haqidagi ma‘lumotni olishmumkin emas, buning iloji yo‘q.Buni
barchamiz o‘zimizda sinab ko‘rishimiz mumkin.
Masalan: uzoqdagi buyumga e‘tibor qaratilganda yaqindagi ob‘ektni aniq ko‘rib
bo‘lmaydi, aksincha, yaqindagi buyumga qaraganda uzoqdagi ob‘ektni aniq ko‘rib
bo‘lmaydi. Turli masofalarda joylashgan ob‘ektlarni, jismlarni ko‘zning to‘r
pardasida akslantirilishiga ko‘zning akkomodatsiyasi , akkomodatsiyalanish
xususiyati deyiladi.akkomodatsiyada ko‘z gavharagi do‘ngligi, uning nur sindirish
xususiyati o‘zgaradi, yaqindagi buyumlarni ko‘rayotganda ko‘z gavhari do‘ngligi
ortadi, shuning uchun yoritilayotgan nuqtadan tarqalayotgan nurlar to‘r pardada
yig‘iladi. Ko‘z gavhari oldingi yuzasining radiusi akkomodatsiya jarayonida 10
dan 6 mm gacha , ya‘ni 1x 10
-2
dan 6x10
-3
m gacha, orqa yuzasining radiusi esa 6
dan 5,5 mm gacha , ya‘ni 6x10
-3
dan 5,5x10
-3
m gacha kamayadi. Ko‘z gavhari
do‘ngligining o‘zgarishi kipriksimon muskullarning qisqarishi va bo‘shashi bilan
bog‘liq. Ko‘z gavhari yupqa, shaffof kapsulada joylashgan, kapsula chetlari
esakipriksimon tanaga birlashgan, kipriksimon tana tolalarga ega bo‘lib ular
qisqarish va bo‘shashish xususiyatini namoyon qiladi, ularning qisqarishi va
bo‘shashi natijasida kapsula siqiladi va kengayadi, bu o‘z navbatida kapsula ichida
joylashgan ko‘z gavgarahi holatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Kipriksimon
tanada silliq mushak tolalari bo‘ladi. Suning uchun ham ularni kipriksimon, ko‘z
gavharini akkomodatsiyalovchi mushaklar deyiladi, ylar ko‘z harakatini
ta‘minlovchi parasimpatik nerv tolasi nervlari yordamida innervatsiyalanadi,
boshqariladi. Ko‘zga atropine tomizilganida u kipriksimon mishaklarga
impulslar o‘tlazilishiga to‘sqinlik qiladi va yaqindagi predmetlarning to‘r
pardadanamoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Aksincha pilokarpin va ezerin
moddalari tomizilganda parasimpatik ta‘sir ko‘rsatib kipriksimon mushaklarning
qisqarishiga sabab bo‘ladi. Voyaga yetgan yosh organizm uchun uzoqdagi
jismlarni ko‘rish masofasi chegaralanmagan, sog‘lom insonlarda u turli individual
masofalarga ega.Uzoqdagi jismlarni hech qanday akkomodatsion zo‘riqishsiz
ko‘rish mumkin, ya‘ni kipriksimon mushakning qisqarishisiz ko‘riladi. Yaqindagi
ob‘ektni
aniq
ko‘rishning
normal
masofasi 10sm, bunda kipriksimon
mushaklar kuchli qisqaradi va maksimal
akkomodatsiya yuzaga keladi. (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: