2. Ijodiy tajriba mavjud, birok ahloqiy hatti-xarakat va uning moxiyatiga
qo’yiladigan talablar haqida zarur bilim yo’q, yetishmaydi.
3.
Maktabda egallangan bilim va tajriba odamlar bilan shaxsiy muomalada bir-biriga
ta’sir ko’rsatish natijasida hosil kilingan bilim va tajribaga qarama-qarshi bo’lib qoladi.
4. Nihoyat, axloq koidalariga xilof xulk-atvor o’smirning ahloqiy tasavvuri va e’tiqodi
bilan uzviy bog’liq bo’lgan xollar xam mavjud.
O’kuvchining axloqiy rivojlanishi asosan uning tevarak-atrofidagi kishilarga, o’z-
o’ziga to’g’ri munosabatni shakllantirish bilan ko’shilib ketadi. «Axir tarbiya avvalo,
bizning munosabatlarimizdan, masalan, o’z ishiga vijdonan munosabatda bo’lish, o’z
vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, o’z burchiga fidokorona munosabat, kishilarga
znyraklik bilan munosabat, muqaddas O’zbekistonga - ona Vatanga sadoqat bilan
munosabat, uning dushmanlariga murosasizlikdan iborat emasmi?»
Shaxs munosabatlarning murakkab sistemasida shakllanadi. Bu munosabatlar
ongda aks etib va umumlashtirilib, kishining voqyealikka shaxsiy munosabatiga aylanadi,
uning o’zini-o’zi anglash va o’z-o’ziga baxo berish kobiliyatining muxim tarkibiy kismi
bo’lib koladi. Bu esa kishining voqyeilikka, boshqa kishilarga noto’g’ri munosabati
muomaladagi kandaydir kamchiliklar yoki bevosita ijtimoiy-psixologik nuqsonlar
natijasida tug’iladi, demakdir. Shuning uchun pedagogik jihatdan o’z xoliga tashlab
qo’yilgan o’smirlar bilan ishlashga kirishishdan oldin eng avvalo uning subyektiv (uning
tevarak-atrofdagilarga munosabat) va obyektiv (uning kishilar bilan o’zaro muloqotdagi
xususiyatlari) munosabatlari sistemasini tushunib. farqlab olish kerak.
Pedagogik jihatdan o’z xoliga tashlab ko’yilgan o’smirlarning shaxsiy muomala
doirasi xususiyatlariga qarab ko’pincha ularning kishilarga munosabatlari xam
aniqlanadi. Bu yorkin xususiyatlardan biri kattalarga, shu jumladan o’kituvchilarga xam
ishonmaslik va yoktirmay munosabatda bo’lishdir. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha
o’smirlar avvalo o’kituvchilar tomonidan ularga bo’lgan munosabatni kadrlaydilar. (Fikr-
muloxazalarning 84%) shuni e’tirof etgan.
O’smir xali juda yosh, unda turmush, ijtimoiy tajriba kam, u kishilarni farq qila
bilmaydi, ularning xulk-atvori hamda hatti-xarakatini har tomonlama baholay bilmaydi.
Ba’zi odamlar uni bir necha marta xafa qilganlar. U hamma odamlar shunday degan
xulosaga keladi. Natijada uning kattalarga (ularning bolalarga odilona va yoqimli
munosabatiga) ishonch xosil qilguniga qadar hiyla vaqt o’tadi (pedagogik jixatdan o’z
xoliga tashlab qo’yilgan o’smirlar tez tuzaladi, deb xisoblash soddalikdir).
Birok, pedagogik jihatdan o’z xoliga tashlab qo’yilgan o’kuvchilarning ko’pchiligi
kattalar bilan muomala qilishga ehtiyoj sezadi. Shu bilan birga, ular mustasnosiz xamma
kattalarga salbiy munosabatda bo’ladilar.
11
-Mavzu: Tarbiyasi qiyin o’smirlarni o’rganish tamoyillari
Reja:
1.Tarbiyasi kiyin o’smirlarni o’rganish tamoyillari xaqida tushuncha.
2.Tarbiyasi kiyin usmirlarni o’rganish tamoyillari va ularning o’zaro boglikligi.
3.Tarbiyasi kiyin usmirlarni o’rganish tamoyillarining axamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: