Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun 
ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
1)  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  tasdiqlangan  ko‘chirma 
nusxasi.  Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining 
ko‘chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, 
muvaqqat  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  ko‘chirma  nusxasidagi 
hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak; 


 
 
216 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
2)  hakamlik  bitimining  tegishli  tarzda  tasdiqlangan  ko‘chirma 
nusxasi; 
3)  belgilangan  tartibda  va  mikdorda  davlat  boji  to‘langanligini 
tasdiqlovchi hujjat. 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 
varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ariza  qarzdorlarning  soniga  qarab  ko‘chirma 
nusxalar  bilan  birga  sudga  beriladi,  bundan  elektron  hujjat  tarzida 
yuboriladigan  ariza  mustasno.  Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini 
majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik 
muhokamasi  tarafining  vakili  tomonidan  berilgan  bo‘lsa,  unga 
ishonchnoma  yoki  vakilning  vakolatini  tasdiqlovchi  boshqa  hujjat  ilova 
qilinishi  kerak.  Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish 
uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv 
qarorini  ixtiyoriy  ijro  etish  muddati  tugagan  kundan  e’tiboran  olti  oydan 
kechiktirmay berilishi mumkin. Mazkur muddat fuqarolik ishlari bo‘yicha 
sud  tomonidan  uzrli  deb  topilgan  sabablarga  ko‘ra  o‘tkazib  yuborilgan 
taqdirda,  o‘tkazib  yuborilgan  muddat  tiklanishi  mumkin.  Agar  hakamlik 
sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish 
to‘g‘risidagi  ariza  FPKning  354-moddasida  nazarda  tutilgan  talablar, 
shuningdek  ushbu  modda  qoidalari  buzilgan  holda  berilgan  bo‘lsa, 
fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  FPKning  194-moddasida  nazarda  tutilgan 
qoidalar  bo‘yicha  bunday  arizani  qabul  qilishni  rad  etadi  (FPKning  355-
moddasi). 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 
varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ariza  FPKda  nazarda  tutilgan  qoidalarga 
binoan  sudya  tomonidan  yakka  tartibda  ko‘rib  chiqiladi.  Sudya  ishni 
hakamlik  muhokamasi  tarafining  iltimosnomasiga  binoan  ijro  varaqasi 
so‘ralayotgan  ish  materiallarini  hakamlik  sudidan  FPKda  dalillarni  talab 
qilib  olish  uchun  nazarda  tutilgan  qoidalar  bo‘yicha  talab  qilib  olishi 
mumkin. Fuqarolik ishlari bo‘yicha  sud hakamlik  muhokamasi taraflarini 
sud  majlisining  vaqti  va  joyi  to‘g‘risida  xabardor  qiladi.  Sud  majlisining 
vaqti  va  joyi  haqida  zarur  tarzda  xabardor  qilingan  mazkur  shaxslarning 
kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud ishni sud 
majlisida  ko‘rib  chiqayotganda  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini 
majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berishni  rad  etish  uchun  FPKning  
357-moddasida  nazarda  tutilgan  asoslar  mavjudligini  yoki  mavjud 
emasligini  bildirilgan  talablar  va  e’tirozlarni  asoslash  uchun  fuqarolik 
ishlari  bo‘yicha  sudga  taqdim  etilgan  dalillarni  tekshirish  yo‘li  bilan 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
aniqlaydi.  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  ishni  sud  majlisida  ko‘rib 
chiqayotganda  hakamlik  sudi  aniqlagan  holatlarni  tekshirishga  yoxud 
hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  mazmunan  qayta  ko‘rib  chiqishga 
haqli  emas.  Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish 
to‘g‘risidagi  ariza  FPKning  349-moddasi  uchinchi  qismida  ko‘rsatilgan 
fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv 
qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ariza 
ko‘rib  chiqilayotgan  sud  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy 
ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib  chiqishni 
qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin (FPKning 
356-moddasi). 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun 
ijro varaqasi berishni hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi 
biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf: 
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini; 
2)  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  hakamlik  bitimida  nazarda  tutilmagan  yoki  uning 
shartlariga  to‘g‘ri  kelmaydigan  nizo  bo‘yicha  chiqarilganligini  yoxud  unda  hakamlik  bitimi 
doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining 
hal  qiluv  qarorida  hakamlik  bitimi  bilan  qamrab  olinadigan  masalalar  bo‘yicha  xulosalarni 
bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalardan ajratib olish mumkin 
bo‘lsa,  sud  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  faqat  hakamlik  bitimi  bilan  qamrab  olinadigan 
masalalar bo‘yicha xulosalar mavjud bo‘lgan qismi uchun ijro varaqasi beradi; 
3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga 
muvofiq 
emasligini; 
4)  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  «Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Qonuni  10-moddasining birinchi va uchinchi  qismlari talablari  buzilgan  holda 
chiqarilganligini; 
5)  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  hakamlik  muhokamasi  taraflaridan  qaysi  biriga  qarshi 
qabul  qilingan  bo‘lsa,  o‘sha  taraf  hakamlik  sudyalarini  saylash  (tayinlash)  to‘g‘risida  yoki 
hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu 
sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini; 
6)  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  hakamlik  muhokamasi  taraflari  uchun  hali  majburiy 
bo‘lmaganligini  yoki  bekor  qilinganligini  yoxud  uning  ijrosi  sud  yoki  iqtisodiy  sud  tomonidan 
to‘xtatib turilganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etgan hollardagina rad etadi. 
Agar  hakamlik  sudi  tomonidan  ko‘rib  chiqilgan  nizo  qonunga  muvofiq  hakamlik 
muhokamasining predmeti bo‘lmasa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv 
qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etadi (FPKning 357-moddasi).
 
Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini 
majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ishni  ko‘rib 
chiqish  natijalari  bo‘yicha  FPKda  hal  qiluv  qarori  qabul  qilish  uchun 
nazarda  tutilgan  qoidalarga  binoan  ajrim  chiqaradi.  Fuqarolik  ishlari 
bo‘yicha  sudning  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish 
uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  yoki  hakamlik  sudining  hal  qiluv 
qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berishni  rad  etish 


 
 
218 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ham ko‘rsatilishi lozim: 
1)  hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi; 
2)  hakamlik  muhokamasi  taraflarining  familiyasi,  ismi,  otasining 
ismi (nomi); 
3)  hakamlik sudining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
4)  hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro 
varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko‘rsatma. 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 
varaqasi  berish  rad  etilganligi  hakamlik  muhokamasi  taraflarining,  agar 
hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik 
bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki FPKda 
nazarda  tutilgan  qoidalarga  binoan  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudga 
murojaat  etishiga  to‘sqin-lik  qilmaydi.  Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv 
qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining 
haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda 
tutilmagan  yoki  uning  shartlariga  to‘g‘ri  kelmaydigan  nizo  bo‘yicha 
chiqarilganligi  yoxud  unda  hakamlik  bitimida  qamrab  olinmagan 
masalalar  bo‘yicha  to‘xtamlar  mavjudligi  yoinki  nizo  hakamlik 
muhokamasining  predmeti  bo‘lishi  mumkin  emasligi  oqibatida  fuqarolik 
ishlari  bo‘yicha  sud  tomonidan  to‘liq  yoki  qisman  rad  etilgan  bo‘lsa, 
hakamlik  muhokamasi  taraflari  bunday  nizoni  hal  qilish  uchun  ushbu 
Kodeksda  nazarda  tutilgan  qoidalarga  binoan  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
sudga  murojaat  etishi  mumkin.  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudning 
hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi 
berish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak (FPK 358-moddasi). 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish