Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


Sud  chet  davlat  sudining  yoki  chet  davlat  hakamlik  sudining  (arbitrajining)  hal  qiluv



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Sud  chet  davlat  sudining  yoki  chet  davlat  hakamlik  sudining  (arbitrajining)  hal  qiluv 
qarorini tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman rad etadi, agar: 
1)  hududida  hal  qiluv  qarori  qabul  qilingan  davlatning  qonuniga  binoan  u  qonuniy  kuchga 
kirmagan bo‘lsa; 
2)  hal  qiluv  qarori  o‘z  zarariga  qabul  qilingan  taraf  ishni  ko‘rib  chiqish  vaqti  va  joyi 
to‘g‘risida  o‘z  vaqtida  hamda  belgilangan  tartibda  xabardor  qilinmagan  yoki  boshqa  sabablarga 
ko‘ra sudga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmagan bo‘lsa; 
3)  ishni  ko‘rib  chiqish  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalarga  yoki  qonun 
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga tegishli bo‘lsa; 
4) O‘zbekiston Respublikasi sudining ayni bir taraflar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida 
va  ayni  bir  asoslar  bo‘yicha  chiqqan  nizo  yuzasidan  qonuniy  kuchga  kirgan  hal  qiluv  qarori 
mavjud bo‘lsa; 
5)  O‘zbekiston  Respublikasi  sudining  ish  yurituvida  ayni  bir  taraflar  o‘rtasida,  ayni  bir 
predmet  to‘g‘risida  va  ayni  bir  asoslar  bo‘yicha  nizoga  doir  ish  mavjud  bo‘lib,  u  yuzasidan  ish 
yuritish chet davlat sudida ishni yuritish qo‘zg‘atilganidan oldin qo‘zg‘atilgan bo‘lsa; 
6) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini 
majburiy ijroga qaratish muddati o‘tgan bo‘lib, bu muddat sud tomonidan tiklanmagan bo‘lsa; 
7) taraf nizoning vakolati bo‘lmagan chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini isbotlovchi 
dalilni taqdim etgan bo‘lsa; 
8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa; 
9) hal qiluv qarori O‘zbekiston Respublikasining chet davlat sudi yoki chet davlat hakamlik 
sudi  (arbitraji)  hal  qiluv  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish  bilan  bog‘liq  xalqaro  shartnomalari 
ishtirokchisi bo‘lmagan chet davlat sudi tomonidan chiqarilgan bo‘lsa; 
10) chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini 
tan  olish  va  ijroga  qaratish  O‘zbekiston  Respublikasining  suverenitetiga,  xavfsizligiga  zarar 
yetkazsa yoki qonun hujjatlarining asosiy prinsiplariga zid bo‘lsa. 
Chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan 
olish va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa 
asoslarga ko‘ra ham rad etilishi mumkin (FPKning 370-moddasi). 
Chet  davlat  sudining  yoki  chet  davlat  hakamlik  sudining 
(arbitrajining)  hal  qiluv  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish  to‘g‘risidagi 
arizani  ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha  sud  FPKning 24-bobida 
belgilangan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. 
Chet  davlat  sudining  yoki  chet  davlat  hakamlik  sudining 
(arbitrajining)  hal  qiluv  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish  to‘g‘risidagi 
ish bo‘yicha sud ajrimida, shuningdek quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 


 
 
226 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) 
nomi va joylashgan yeri; 
undiruvchining va qarzdorning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); 
chet davlat sudining yoki chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) 
undiruvchi tan olinishi va ijroga qaratilishini so‘rayotgan hal qiluv qarori 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
hal  qiluv  qarorini  tan  olish  va  ijro  etish  haqidagi  yoxud  uni  e’tirof 
etishni va ijro etishni rad qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatma. 
Chet  davlat  sudining  yoki  chet  davlat  hakamlik  sudining 
(arbitrajining)  hal  qiluv  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish  to‘g‘risidagi 
sud  ajrimi  ustidan  FPKda  nazarda  tutilgan  tartibda  va  muddatlarda 
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. 
Chet  davlat  sudining  yoki  chet  davlat  hakamlik  sudining 
(arbitrajining) hal qiluv qarorini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  chet  davlat  sudining  yoki  chet  davlat 
hakamlik  sudining  (arbitrajining)  hal  qiluv  qarorini  tan  olish  va  ijroga 
qaratish  to‘g‘risida  ajrim  chiqargan  sud  tomonidan  beriladigan  ijro 
varaqasi asosida amalga oshiriladi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish