Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi
arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma
nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining
ko‘chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi,
muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarori ko‘chirma nusxasidagi
hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma
nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi
talabni asoslash uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
4) belgilangan tartibda va miqtsorda davlat boji to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjat.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza
javobgarlar soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari
bo‘yicha sudga beriladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan ariza
mustasno.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish
to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomoni-dan
berilgan bo‘lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning vakolatlarini
tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Agar hakamlik sudining
hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza FPKning 349-moddasi
birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar, shuningdek
ushbu modda qoidalari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, fuqarolik ishlari
bo‘yicha sud FPKning 194-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan
bunday arizani qabul qilishni rad etadi (FPKning 350-moddasi).
Sudya ishni hakamlik muhokamasi tarafining iltimosnomasiga
binoan sud muhokamasiga tayyorlayotganda hal qiluv qarori fuqarolik
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
ishlari bo‘yicha sudda nizolashilayotgan ishning materiallarini hakamlik
sudidan ushbu Kodeksda dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan
qoidalarga binoan talab qilib olishi mumkin. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud
hakamlik muhokamasi taraflarini sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
xabardor qiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda
xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish
uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal
qiluv qarorini bekor qilish uchun FPKning 352-moddasida nazarda tutilgan
asoslar mavjudligini yoki mavjud emasligini bildirilgan talablar va
e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li
bilan aniqlaydi.
Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi
aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv
qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas (FPK 351-moddasi).
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv
qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi
quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha
sud tomonidan bekor qilinishi kerak:
1) hakamlik bitimining qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda
tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha
chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi
masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining
hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini
bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan
ajratib olish mumkin bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat
hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari
bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin;
3) hakamlik sudi tarkibining yoki hakamlik muhokamasining
«Hakamlik
sudlari
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunining 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori «Hakamlik sudlari
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuni
10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda
chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi
214
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik
sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining
vaqti va joyi haqida zarur tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu
sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga
muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, hakamlik
sudining hal qiluv qarori sud tomonidan bekor qilinishi lozim.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini
bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu
Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga
ko‘ra ajrim chiqaradi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini
bekor qilish to‘g‘risidagi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor
qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham ko‘rsatilishi lozim:
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori to‘g‘risidagi
va mazkur qaror qabul qilingan joy haqidagi ma’lumotlar;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik
sudining nomi va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining
ismi (nomi);
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor
qilishga yoxud arizachining talabini to‘liq yoki qisman qanoatlantirishni
rad etishga doir ko‘rsatma.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik
muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati
yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga
yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
qoidalarga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat etishiga
to‘sqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy
emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda
tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha
chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan
masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligi yoinki nizo hakamlik
muhokamasining predmeti bo‘lishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik
ishlari bo‘yicha sud tomonidan to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa,
hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu
Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan sudga murojaat
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |