historia poshszechna (umumiy tarix) va historia śshiata (jahon tarixi,
davrlarga bo‘lingan va asosiy e’tiborni aniq hudud va nuqtai
nazarlarga qaratilgan), ikkalasi ham o‘z o‘rnida Yevrosentrik
hisoblanadi ammo hozirgi kunda ham butun Yer yuzi tarixini
qamragan tarixni yaratish maqsad qilib qo‘yilmoqda va o‘z o‘rnida
4
an’anaviy davrlashtirish diniy va mahalliy hodisa va noroziliklarga
iloji boricha yumshoq munosabatda bo‘lishga harakat qilinmoqda.
Historia globalna (umumiy tarix), boshqa tomondan qaraganda,
polyak tilida yangi ixtiro hisoblanadi va kamdan kam holatlarda
qo‘llaniladi. Yaponiyada tarixchilar jahon tarixini ifodalash uchun
ko‘proq sekaishi atamasini ishlatishadi. Bu yerda sekai
1
“jahon”
so‘zini ekvivalenti hisoblanadi va aslida Buddizm kosmologiyasidan
kelib chiqib umumiy degan ma’noni bildiradi, bu yerda “shi” “tarix”
deganidir. XIX asrning o‘rtalarigacha umumiy so‘z geografik
tushuncha bankokushi ( bankoku so‘zma so‘z tarjima qilinganda
“mingta mamlakat” degan ma’noni beradi), bu so‘z asta-sekinlik bilan
haqiqiy dunyo degan ma’noni berganili uchun sekai atamasi bilan
almashtiriladi. 1990-yildan boshlab umumiy tarix Yaponiya ilmiy
adabiyotlarida gurobaru shi yoki gurobaru hisutori fonetik tarjimasi
qiyofasida uchraydigan bo‘ldi. Bu atamani qo‘llovchilar o‘zlarining
tarixiy murojaatlariga yangicha urg‘u berishadi, ayniqsa transmilliy
aloqalar va harakatlarga e’tibor beriladi, hamda tarixning
dinamikasiga, shu o‘rinda ular sekaishiga o‘zgarmas atama sifatida
qarashadi va individual milliy va hududiy tarixni mutloq to‘plashni
nazarga olishadi.
1
Yevropa universitetlarida tarix o‘qitish tizimida jahon tarixi va
umumiy tarix qay tariqa tushuntirilganligi va integralashtirilganini
bilish uchun, Erasmus Network CLIOHWORLD
2
ishchi jamoasining
hodimlari, o‘nlab Yevropa davlatlari tarixchilari va Yaponiya
tarixchilari bilan birga bu holatni solishtirishga qaror qilishdi
2
. Ular
Yevropa universitetlarida jahon va umumiy tarixlarning qay tariqa
o‘qitilishi haqida, kasbdoshlariga savolnomalar yuvorishdi,
savollariga to‘liq tafsilotli javob olish maqsadida, savollardan biri
Yevropa tarixi, jahon tarixi va umumiy tarix tushunchalarini qanday
tushunishlashlari haqida edi. Yevropa tarix departamentida
ishlovchilar bergan javob holatni mutlaq oydinlashtirdi, jahon va
1
Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005.
Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society,
3rd edn., e-book, Chicago 2008.
2
Other copies are kept in Amsterdam, Scheepvaart Museum, and Basel,
University Library. A. Taylor,
The World of Gerard Mercator, London 2005, p. 201.
5
umumiy tarixni o‘rgatish va turli xil nomlarda ko‘rinish berdi,
Yevropa tarixi o`rganilmagan davrdan to G‘arb sivilizatsiyasigacha;
dunyodagi turli xil hududlar va madaniyatlar tarixini birga
jamlashdan, umumiy tarix davrilaridagi aniq mavzulargacha masalan,
atrof-muhit tarixi, savdo aloqalari va h.k. Balki, kengroq olib
qaralganda, bu “o‘rgatish uchun judayam kattadek ko‘rinar. Oliy
ta’lim muassasalaridagi holat, o‘rta ta’lim dargohlaridagi holatning
aks sadosi hisoblanadi va tarixni o‘rganish va o‘rgatishdagi
Yevrosentrizmning davom etayotganidan darak beradi. Hattoki, o‘rta
ta’lim dargohlaridagi o‘quv rejasiga ko‘z qiri bilan tashlangan nazar
ham shuni ta’kidlab turibdiki, “jahon tarixi” ni o‘rganish, odatga bu
tushunchalar davlat yoki hududning mahalliy yoki milliy tarixi bilan
bog‘liq bo‘lgandagina o‘rganiladi.
Misol qilib oladigan bo‘lsak, yuqori bosqich o‘rta maxsus ta’lim
dargohlari uchun ishlangan Fin Milliy O‘quv dasturi (2003)
3
va uning
tarix dasrliklari bilan aloqasi. Finlandiya tarixi ma’lum chegaralarga
ega bo‘lsa ham asosiy urg‘u aynan Yevropa tarixiga qaratilgan, shu
o‘rinda qolgan dunyo “Yevropa bo‘lmagan” deb uqturiladi va
faqatgina bu hududlarga, Yevropa tarixi bilan aloqali bor joylarigina
e’tibor olinadi, Buyuk Geografik kashfiyotlar davri, merkantilizm,
imperializm, kolonializm (mustamlakachilik davri), ikkita jahon
urushlari, dekolonizatsiya jarayonlari (mustamlakachilikdan ozod
bo‘lish jarayonlari) va millatlarning hamkorliklari hamda sistemalari
(NATO, Varshava pakti, BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqalar) shular
jumlasidandir.
Bu kabi tushunchalar va ba’zi bir universitetlarda aniqlangan
yaxshi amaliyotlardan ilhom olishimiz va o‘zimizga,
kasbdoshlarimizga, talabalarga hamda boshqa Yevropa bo‘ylab
qiziqishgan guruhlarga yordam berishimiz uchun dunyo bo‘ylab Jahon
tarixi hamda umumiy tarixni o‘qitish va o‘rganish sifatini oshirish
uchun bu o‘quv qo`llanmani yaratishga turtki berdi.
Globalizatsiya va “madaniy chalkashtirish” davrida, tarixchi
talabalar kabi katta tajribaga ega tarixchilar ham tarixiy rivojlanishda
dunyo va global jarayonlar bilan yaqindan tanishishgan bo‘lishlari
zarur. O‘z hududi va shaxsini aniq tushunib olish, insoniyat tarixidagi
6
boshqa davrlardan ko‘ra, hozirgi vaqt ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lib
bormoqda, chunki sayohat va aloqa tizimidagi yangi
texnologiyalarning mohiyati shundaki biz bir joydan ikkinchi joyga,
yangi madaniyatga, atiga bir nech soatda yetib borishga imkon berish,
vaholanki dunyo haqidagi barcha ma’lumotlar bizning
telefonlarimizda va boshqa elektr tarmoqlarga ega bo‘lmagan gadjet,
uskunalarimizda soniyada aylanib yuradi. Bularning barchasi bizni
global va “dunyo” atamasining ifodalanishda va umumiy va mahalliy
tarix o‘rtasidagi aloqa, o‘zimizning tarixga teng, bu milliy, Yevropa,
Osiyo, Yevroosiyo, Amerika, Afrika tarixi yoki umuman boshqasi,
hamda dunyodagi boshqa hududlar va dinlar tarixi bo‘lsin bizni
shubha bilan qarashga undaydi.
Shu sababli ham jahon va umumiy tarix bo‘yicha yaxshi bilimga
ega bo‘lish, bizni tarixdagi aloqalarga murrakab nuqtai nazardan
qarashga undash zarur, shuningdek jahon tarixini mahalliy va milliy
talqinda sharhlash chuqur tushuncha talab qiladi. Biz bu sohada
muvafaqqiyat qozonish uchun, o‘zimizning milliy va diniy
tariximizning, jahon tarixi rivojlanishidagi aloqasi hamda keng tarixiy
jarayonlar davri o‘rni bo‘yicha mutahassis tayyorlashimiz zarur. Faqat
shundagina, biz mahalliy muhitda globalizatsiya davrlari va qanday
obyektiv qonunlarga asoslanganligini aniqlashimiz mumkin va o‘z
o‘rnida tarixiy adabiyotlardagi o‘ta milliylashishdan o‘zimizni olib
qochishimiz mumkin.
Shu kabi kuchli xohishga qaramay, biz ushbu kitobini jahon tarixi
va umumiy tarixni o‘rganishning mukammal namunasi deb aytishga
haqqimiz yo‘q. Ko‘proq, bu o‘qitish va o‘rganish uchun jamlangan
ilmiy maqolalar va o‘rganib chiqish manbalari sifatida qaraladi.
Ushbu o`quv qo`llanmaga
taalluqli keng ochiq internet saytidagi
adabiyotlar ro‘yxati hamkor hisoblanadi (http://www.clioWorld.net)
1
.
Biz ishonamizki, bu ikklasi birgalikda shu sohani o‘rganish va
o‘qitishga bel bog‘laganlar uchun qiziqarli va yaxshi tayanch manbai
bo‘lib xizmat qiladi.
1
Thrower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society,
3rd edn., e-book, Chicago
2008.
7
Bu kitob Janny de Jong tomonidan taqdim etilgan shu sohadagi
ikkita muhim muhokamali asosiy tushunchalardan boshlanadi: jahon
tarixi va globalizatsiya, tarixchilarning o‘rganish obyekti sifatida,
ya’ni umumiy tarix. Bundan so‘ng dastlabki dunyoviy imperiya
haqidagi mavzuli amaliy ish ketadi, unda Stefan Halikoshski Smith
ilk zamonaviy Portugaliya sistemasi globalizatsiyadan oldingi
globalizatsiya bo‘lganmi degan savolni olib chiqadi. Undan tashqari
an’anaviy Yevrosentrizm (eski atamada ko‘zlangandek “xalqaro
tarix”) tuzog‘iga jiddiy e’tibor berishga harakat qildik va tanqidiy
Yevropa va Amerika tarix o‘quv qo‘llanmalari va jahon va umumiy
tarix bo‘yicha ilmiy kitoblar to‘plamlarini taqdim etushga qaror
qildik. Qimmatbaho yardom Yaponiyadagi kasbdoshlarimiz
tomonidan taqdim etildi. Arakasha Masaharu dunyo va jahon
tarixiga bo‘lgan qarashning an’anaviy Xitoycha va Takenaka Toru
bo‘lsa Yaponcha usulini yoritib berishdi. Klaus va Eickellar umumiy
tarixni janubiy Sahroi Kabir Afrikasi nuqtai nazaridan nomayish
qiladi va Sebastian Stride bo‘lsa jahon tarixida O‘rta Osiyo nuqtai
nazarini himoya qilib chiqadi, Samarqand misolida.
Yaponiya, Xitoy, Afrika, Samarqand va zamonaviydan oldin
hamda zamonaviy Yevropa imperiyalari dunyo tarixini qay tarzda
ko‘rish mumkinligini hamda turli xil madaniyatlar va millatla tarixiy
salnomalaridagi bahslashuvlar haqidagi namunalar bilan ta’minlab
berishdi, biz umumiy va jahon tarixidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay
olishimiz uchun, keng madaniy, hududiy va davlatlar tarix
salnomasidagi yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni qayta ko‘rib chiqishimiz
uchun, milliy va madaniy chegaralarni yengib o‘tishimiz zarur. Shu
sababli ushbu kitob Yevropa milliy tarix solnomasi bilan jahon va
umumiy tarixlari o‘rtasidagi aloqalar muhokama qiluvchi boblarni o‘z
ichiga oladi: Yakov Batista Rossiya va Sovet tarixi solnomasi haqida,
Do'stlaringiz bilan baham: |