R.D.Banerji 1922-yildan 1927-yilgacha, keyingi davrda esa M.S.
Vats va K.N.Dikshit bu yerda tadqiqotlar olib bordilar. Ushbu
materiallarni chop ettirgan mashhur arxeolog Djon Marshall qazish
ishlariga rahbarlik qildi. Undan tashqari, tadqiqotlarda hind olimi
N.Majumdor ham ishtirok etdi.
Hindiston va Pokiston mustaqillikka erishganidan keyin Xarappa
madaniyatini o‘rganishda yangi bosqich boshlandi. Pokistonlik
arxeologlar boshqa yodgorliklarni ham o‘rgandilar. Shulardan 1955-
1957-yillarda tadqiqotchi olim F.A.Xon Moxenjo-Darodan (Hind
daryosi vohasi) 41 km naridagi Kot-Dijida qazishma ishlarini olib
bordi. Birinchi bor Xarappa qatlamlarida Kot-Diji shahrining aylana
devorlari va qo‘rg‘on qoldiqlari topildi. Xuddi shunday holatda
Amrida 1959-1961-yillarda fransuz arxeologlari qazilmalar olib
bordilar. Bu yillarda Xarappa madaniyatiga oid yodgorliklar topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |