Geologik qidiruv ishlarining turlari maqsadi va vazifasi
Reja:
Geologiya fani
Qidiruv ishlar jarayonlari.
Qidiruv ishlari maqsadi
Geologik qidirish - foydali qazilma konlarini ochish va istiqbolini aniqlash uchun bajariladigan geologik, geokimyoviy va geofizik tadqiqotlar. Geologik qidiruv geologik sʼyomka bilan birga oʻtkaziladi. Shuningdek, avval bajarilgan geologik sʼyomka materiallari asosida ham G. q. olib boriladi. Qidirish oʻtkazilayotgan joylarda foydali qazilmalar borligi ehtimolini koʻrsatuvchi yoki foydali qazilmalar joylashishini bashoratlovchi haritalar keng koʻlamda ishlatiladi.
Qidiruv ishlarining asosiy maqsadi ma'lum turdagi foydali qazilmalar uchraydigan istiqbolli kon uchastkalarini ularning bashoratlangan resurslarining yig’ma baxosi bilan birgalikda aniqlash va qidirishdan iboratdir. Umumiy qidiruv ishlardan farqi: ularning qidiruv yunalishdag turining zichligi, yuqori qatlamda laxim va quduqlarni burg’ulash xamda maxsus turli qidiruv usullarini keng ko’lamda qullash, geofizik va geoximik suratga olishdan iboratdir. Foydali qazilma turlari, qazilma konlari va ma'dan maydonlarining murakkab tuzilishi va o’lchamlariga bog’liq xolda qidiruv ishlari masshtablari 1:50000 dan 1:5000 gacha o’zgarishi mumkin.
Ko’plab rangli, kamyob metallarning qazilma konlari qidiruvi 1:10000 masshtabda olish boriladi, xajm jixatdan katta bo’lmagan p'yezooptik minerallar qazilma konlarining, qimmatbaxo toshlarning va boshqa qimmatbaxo foydali qazilmalarning qidiruvi esa 1:5000 masshtabda olib boriladi. Qidiruv ishlarining oxirada samaradorlik ma'dan maydonllarida mavjud bo’lgan foydali qazilma konlari chegaralanadi va ular R2 kategoriya bo’yicha baxolanadi. Bashoratlangan resursli uchastkalardagi ishlar esa R1 kategoriya bo’yicha baxolanadi.Qidiruv baxolash ishlari qidiruv etapidan razvedka etapiga o’tuvchi stadiya kabi, geologik-razvedka jarayonida muxim o’rin egallaydi. Geologik-razvetka ishlaridagi boshqa stadiyalardan farqi shundaki, baxolash va chegarash amaliy jixatdan mos tushadi. Qidiruv baxolash ishlariga quyidagilar kiradi: