har qanday yuksak darajaga erishishi - oriylar xizmati, bu natsistlar
rejimi vaqtida keng targ‘ib qilingan «oriylar tushunchasi»ga yanada
ko‘proq chalkashliklar kiritdi» deb aytadi.
«Oriylar muammosi» ga turli xil nuqtai nazar bilan qaragan
olimlarning fikricha, faqat bitta narsa o‘xshash. Ya'ni miloddan
avvalgi 2000 yillarda Shimoliy Hindistonda hind-oriy tillari tarqalib,
ularda so‘zlashuvchilar o‘zini oriylar deb ataganlar.
«Oriy» so‘zi olimlar fikricha, qadimgi eronlik va qadimgi hind
qabilalarining nomlanishini anglatadi. Qadimgi matnlarni o‘qish
asosida veda davrida «ar'ya» so‘zi «kelgindi», «boshqa yerlik»
ma'nolarini bildirishi aniqlandi. «Xo‘jayin», «aslzoda» degan
ma'nolari qadimgi Hindiston va Eronning ko‘pgina yodgorliklarida
uchraydi.
“Oriy” so‘zi hozirgi Eron davlatining nomi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |