149
Qadim afsonalarda dastlabki ruhoniy-podsho Melxisedek
haqidagi eslatmalar mavjud. Melxisedek
“Salim podshosi”, shu bilan
birga
xudo Al-Elonning kohini
1
bo‘lgan. Podsho
“Yaxve nafasi
tekkan” shaxs va uning
“vakili” bo‘lib hisoblangan.
Din adabiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan.
“Tavrot”
kitoblarida qadimgi adabiyotning turli asarlari: diniy asotirlar, tarixiy
afsonalar, qahramonlar haqida xalq dostonlari saqlangan. Tavrot
asarlarida Xanaan hamda Bobil va Misr adabiyotining ta'siri
sezilib
turadi.
Qadimgi Falastinda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik
va savdo-sotiq keng rivojlangan. Xo‘jalikni boshqarish uchun xat-
savodli mirza, amaldor, harbiy, me'mor, hunarmandlar talab etilgan.
Ular maxsus maktablarda tarbiyalangan. O‘sha davrda qadimgi
oromiy yozuvidan foydalanilgan. Falastinda
yozuv va amaliy
bilimlarning vujudga kelishi xo‘jalik rivojiga katta ta'sir ko‘rsatgan.
Finikiyaning jo‘g‘rofiy o‘rni o‘ziga xos. Suriyaning
Finikiya nomini olgan dengiz bo‘yi qismi qadimda savdo
yo‘llari orqali O‘rta yer dengizining Sharqidagi orollar Kipr, Krit va
Egey dengizi arxipelagi bilan bog‘langan. Dengiz va karvon yo‘llari
tutashgan yerda joylashgan Finikiyaning jo‘g‘rofiy
holati mamlakatda
savdo rivojiga sabab bo‘lgan. Finikiya g‘arb va Sharqdan Livan
hamda Antilivan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Mamlakatning tarixiy
hamda madaniy jihatdan birlashuviga imkon beradigan katta
daryolarning yo‘qligi tufayli bu yerda yagona va qudratli davlat
vujudga kelishi uchun qulay sharoit bo‘lmagan.
Finikiyaning siyosiy
jihatdan parchalanishi sabablaridan biri shuki, u qadimdan atrofi
qudratli davlatlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular doimo ushbu boy o‘lkani
istilo qilib, savdo shaharlarini bosib olishga intilib kelganlar. Iqtisodiy
va harbiy jihatdan qudratli bo‘lmagan Finikiya ularga qarshilik
ko‘rsata olmagan. Shuning uchun u o‘shanda
muttasil ravishda goh
bir, goh ikkinchi qo‘shnisining ta'siri ostida bo‘lgan.
Finikiyaning ba'zi hududlaridagi tabiiy Sharoit dehqonchilikning
rivojlanishiga yordam bergan. Finikiyaning sug‘oriladigan dengiz
bo‘yida, ayniqsa, Marat, Berit, Sidon va Tir hududlarida dehqonchilik
hamda bog‘dorchilikning taraqqiy etishi uchun tuproq va iqlimga oid
1
World and Global History : Research and Teaching /
edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
Finikiya
150
barcha sharoit mavjud bo‘lgan. Bu yerda hozirda ham mevazor
bog‘lar ko‘p. Finikiyada asosan ko‘plab zaytun va uzum yetishtirilgan.
Mamlakatning asosiy boyliklaridan biri - Livan tog‘larida o‘sadigan
kedr
(ingichkabargli doimiy yashil daraxt) va boshqa qimmatbaho
daraxtlardan tashkil topgan o‘rmon hisoblangan.
Qadim manbalar, Misr,
Finikiya va Xett yozuvlari, Tavrot hamda
antik mualliflar ma'lumotlari, shuningdek, lingvistik ma'lumotlarga
ko‘ra, Finikiya qadimgi aholisining etnik tarkibi
miloddan avvalgi III
ming yillikda juda qorishiq bo‘lgan. Eng qadimgi qabilalardan biri
xurriylar - shimoliy-g‘arbiy Mesopotamiya va Shimoliy Suriyada
yashagan. Ular shu yerdan qo‘shni viloyatlar, jumladan, Suriyaning
chegaradosh hududlari orqali Finikiya va Falastinga tarqalganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: