Til tarixi ma’ruza matni


DOSTON TILINING FONETIK XUSUSIYATLARI



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Bog'liq
til tarixi

DOSTON TILINING FONETIK XUSUSIYATLARI 
Doston tilida asosan 9ta unli, arab-fors so`zlaridagi ā bilan birgalikda 10 ta 
unli qo`llangan : a , ā ,   ә ,   o ,   ө ,   u ,   ү ,   i ,   i ,   e   (e). Bunda alif a ,   ā ,   i ,   i ,   u ,  
ү ,   o ,   ө   unlilarini yoy i, i, e (e), ā, unlilarini Vov esa u, ү, o, ӛ unlilarini, hoyi havvaz 
e,  a  unlilarini  ifoda  qilishda  qatnashgan.  Bu  transkriptsiya  beyagilarining  izohi 
o`zbek  tilining  tarixiy  grammmatikasiga  oid  asarlarda  berilganligi  tufayli  ularga 
maxsus to`xtalmasdan dostondan quyidagi misollarni keltirish bilan chegaralanamiz: 
Ataga kim bu yanlig` qilsa xizmat 
Oz ogl’sh’sh an’shtek tapg`a izzat        (141) 
Adl belgusi bilgurdi ozindә, 
Jahan tutmaq nishanm ham yuzindә.    (141) 
27 Bu kichik matnda yuqoridagi barcha unlilar aks etgan. 
Adabiyotlarda 
(dz) 
-d 
undoshining 
turkiy 
tillarda 
qo`llanishi 
haqida aynan bir xil fikr bayon qilinadi, ya`ni bu undoshning qadimgi turkiy tilda 
bo`lmaganligi, lekin turkiy urug`lardan biri bo`lgan chigillar dialektiga xos ekanligi 
aytiladi va d-d-z taraqqiyoti ko`rsatiladi. Haqikatan ham, qadimgi turkiy til bo`yicha 
yaratilgan darsliklarda (dz) undoshi haqida ma`lumotlar uchramaydi. Ayrim ishlarda 
undoshining paydo bo`lishi XI—XII asrlar bilan belgilanadi. 
Endi  bu  undosh  keyingi  hodisami?  degan  haqli  savol  tug`iladi.  SHuni 
aytish  kerakki,  tilda  toshush  tarkibi  aslida  murakkablik  tomoniga  emas,  balki 


 
57 
soddalik  sari  tarakqiy  etadi.agar  bu  fikrdan  kelib  chiqadigan  bo`lsak,  undoshi  d 
undoshining  taraqqiyotidan hosil bo`lgan deb hisoblash mumkin emas.  
«Xusrav  va  SHirin»  dostoni  tilida  singarmonizm  qonuniyati  to`la  amal 
qilgan.  Ma`lumki,  singarmonizmning  ikki  turi  mavjud.  Turkiy  so`zlarda  tanglay 
uyg`unligi to`la saqlanadi: 
Kel, emdi sen bu ӛpkәlәrni qoyg`il,  
Bir ancha ham nifāq, bilә uzr qil.   (273) 
Bu  baytda  emdi,  opkelerni,  koyg`’sh,  ancha,  bile  so`zlarida  tanglay 
uyg`unligi  saqlangan  lekin  arab,  fors  tillarida  o`zlashgan  so`zlarda  (o`zak  va 
qo`shimchalarda)  bu  qonuniyatning  amal  qilishi  kat`iy  emas.  Arabcha  va  forscha 
so`zlarda  tanglay  uyg`unligiga  rioya  qilinishi  bundan  chekinishni  va  bundan 
chekinishni quyidagi misollarda ko`rsatishga harakat qilamiz: 
1.   O`zak   (arabcha,   forscha)   va   qo`shimcha   (turkiy)larda   tanglay   
uyg`unligi saqlanadi: 
Ne sӛzkim aydin ul yerlik yerindә,  
Xatāsi yoq bu sӛzlәrniң birindә.    (225) 
2.Turkiy  o`shimcha  arabcha,  forscha  so`zning  oxirgi  bo`g`iniga 
uyg`unlashadi: 
Yelib yeltek ravān ul tag`qa yetti,  
Belin bag`ladi istidadin etti.    235) 
Vәfālig` qulni bir yoli unutma,  
Sut orniqa yana ag`u tatutma.   (238) 
Lab  uyg`unligiga  ham  amal  qilingan.  Barcha  bo`g`inlarda  lab  uyg`unligi 
saqlanadi:  
Qamug` tүrlүk kӛrkүң bir illākim darig` ul,  
Tabar tekmә kishilәr tabg`iңa yol.    (256) 


 
58 
CHiqib siz tash eshikdә olluruңuz, 
Yavuq yetsә, baqib yaxshi kӛrүңүz,    (263) 
2. Qo`shimcha so`zning oxirgi lablangan bo`g`ini uyunlashadi: 
Va lekin men turub chiqqm’shda kedin, 
Tonub kedurub qaravashlardan birin. 256) 
Yazukluq qullar istig`farm haqqi,  
Hajilliq yishisi zāri haqqi   (261) 
3. Lab uyg`unligi buziladi: 
Hanuz shukriңni aytu bilmәgәymәn,  
Tumandin birin aytu bilmәgәymәn.   261) 
Lab  uyg`unligidan  chekinish  holatlari  qonuniy  emas,  balki  uning 
qonuniyatlarini o`rganish til bilimimizning navbatdagi vazifalaridan biridir. 
Morfologik xususiyatlar 
Doston  morfologiyasida, bir tomondan, eski turkiy til an`analari  saqlandi, 
ikkinchi  tomondan,  keyinchalik  u  eski  o`zbek  adabiy  tilida  me’yorga  aylangan 
morfologik shakllar bilan boyidi. 
Doston    tilida    ham    «Devonu    lug`atit    turk»,    «Qutadgu    bilig»,    
«Hibatul xaqoyiq»tiliga xos bo`lgan quyidagi til xususiyatlarini ko`ramiz: Qaratqich 
kelishigi -im qo`shimchasi bilan ham hosil qilingan: 
Qulin g`ura menim yetkәngә berdi,  
SHәkәr shura menim tekәngә berdi. (140) 
Tushum kelishigining ba`zan -g /—ig qo`shimchasi bilan hosil qilingan 
shakli uchraydi: 
Jahān tapti ersә jānni ushbu yerik (g), 
29 
Nedin bizlәrgә kӛrinүr tushdә aytek. (310) 


 
59 
Bu misolda yerik so`zidagi -ig qo`shimchasi keyingi satrdagi aytek so`ziga 
qofiya qilinishi munosabati bilan jarangsiz undosh bilan berilgan, lekin yozuvda har 
ikkala  so`z  kof  (ﮐ)  bilan  yozilgan.  Demak,  muallif  yozuvdagi  kofiyani  saqlash 
uchun  kofni  ishlatishga  majbur  bo`lgan.  SHuningdek,  bu  qo`shimcha  doston  tili 
uchun  tipik  emas.  Ma`lum  bo`ladiki,  bu  o`rinda  muallif  qofiya  talabi  bilan  arxaik 
tushum kelishigi qo`shimchasidan foydalanishga majbur bo`lgan. 
Vosita kelishigidan unumli foydalanilgan: 
Nizamiy nazmi yanlmg` tuz sozunni, An’sh bilgut xanina 
bu ozunni. (135) 
Aniң so`zi bu erda u bilan, o`sha bilan degan ma`noni bildirgan. 
Ajun xushluklarmndin konlm kechti, 
Ӛz eligin bashina tupraq sachti. (206) 
Asar  tilida  chiqish kelishigi  -din  -din  -tin  -tin  qo`shimchalari bilan  hosil 
qilinganligi  normaga  muvofiq  keladi.  SHu  bilan  bir  qatorda  doston  tilida  qadimgi 
turkiy  tilda  bu  qo`shimchalar  bilan  yondosh  qo`llangan  –dan/  -dәn  qo`shimchasi 
uchraydi.  Bu  qo`shimcha  varianti  qo`llanishining  ikki  sababi  haqida  fikr  yuritish 
mumkin: 
1.  Bevosita  qadimgi  turkiy  til  unsurlarining  saqlanib  qolishi  deb  ham 
tushunish mumkin. 
2. Lozim bo`lgan o`rinlarda to`la kofiya va vaznni saqlash uchun ham bu 
variantda foydalanilgan bo`lishi mumkin. 
Yana shahzādaniң xizmatchi og`lan,  
Kүchәmlәb g`ura almish teyү bag`dan. (139) 
Bunda  og`lan  va  bag`dan  so`zlarining  to`la  qofiyasiga  erishish  niyatida 
shoir  -dan  qo`shimchasidan  foydalangan.  Buni  quyidagi  baytlarda  ham  ko`rish 
mumkin: 
Sabaq almish havāda qushlar andan,  


 
60 
Suvda ivrәkchә qorqmaz bolsa tofan. (145) 
CHechәkni tāza erkәn termәdim men, 
Yel eltti nāgahān kezlәndi kӛzdәn.   (146) 
Demak,  asar  tilida  –dәn  variantining  qo`llanishini  yuqoridagi  ikkinchi 
sabab bilan bog`lanish mutlaqo to`g`ri bo`ladi. 
Jo`nalish  kelishigani  shakllantiruvchi  ko`rsatkich  sifatida  –kә  -qa 
qo`shimchalarining  qo`llanishi  asar  tilining  me`yorini  aks  ettiradi,  ya`ni  til  oldi 
unlili asosga –, til orqa unlili asosga -qa varianti qo`shilgan. 
Ukush sӛz barcha hālda yaxshi bolmaz, 
Teyu sabr ishkә bag`lab qild’lar rāz.   (181) 
Munuңtek  ayti  ul  sӛz  ayg`chi  pir, 
Netekkim chiqti sahrāqa jahāngir.   (180) 
Demak, kadimgi turkiy tilga xos bu xodisa «Xusrav va SHirin» asarida 
ham davom etgan. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish