«XISRAV VA SHIRIN» DOSTONINING TIL
XUSUSIYATLARI
A.M.SHcherbak
asar
tili
Oltin
O`rda
turkumiga
kiradigan
«Muhabbatnoma» va «Tashshuqnoma» asarlari tilidan lug`aviy, fonetik va
morfologik jihatdan farqlanishi, ayni zamonda qoraxoniylar davri yodgorliklari
bo`lgan YUsuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» va Ahmad YUgnakiyning «Hibatul
haqoyiq» asarlari bilan bir qatorda turishini aytadi, lekin qayd etilgan asarlar tili
bilan qiyoslangan faktlarni keltirmaydi, balki «Xusrav va SHirin» dostoni tiliga xos
bo`lgan ayrim fonetik va morfologik xususiyatlarini sanab o`tadi, xolos.
«Xusrav va SHirin» dostoni va umuman, XIV asr yodgorliklari ustida
maxsus tadqiqot ishi olib borgan e.I.Fozilov ham asar tilining «Devonu lug`otit
turk», «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq»asarlari tilining xususiyatlari bilan ayrim
umumiy tomonlarga ega ekanligani ko`rsatadi hamda o`sha xususiyatlarni sanab
o`tadi. SHu bilan birga, e.I.Fozilov Xorazm yodgorliklarining dialektal asoslari
to`g`risida
fikr bildirib, unda o`g`uz, qipchoq, bulg`or, uyg`ur unsurlarining sinonimik
qo`llanishini ta`kidlaydi hamda P.M.Melioranskiyning «dialektal rang-baranglik»
haqidagi fikriga to`la qo`shiladi.
SHu munosabat bilan ayrim mulohazalarni bildirish o`rinli bo`ladi. «Husrav
va SHirin» asari ma`lum adabiy til an`anasi yuzaga-kelgan davrda yaratilgan. Bu
davrda adabiy tilda endigina me`yorlar tizimi paydo bo`la boshlagan edi, ayni
zamonda, qoraxoniylar davrida yaratilgan adabiy til an`anasining ta`siri kuchli edi,
chunki o`sha davrda o`zini olim va fozil sanagan har bir kishi butun sharqqa
mashxur bo`lgan «Qutadg`u bilig», «Hibatul haqoyiq» asarlarini o`rganmasdan,
53
undan bahra olmasdan qolmas edi. Ma`lumki, sanab o`tilgan asarlar tilida ham qarluq
ham chigil dialektlarining xususiyatlari aks etgan, SHu jixdtdan ham «Xusrav va
SHirin» dostoni tilida uyg`ur tili unsurlari bo`lgan. Aslida uyur tili unsurlari
to`gridan-to`g`ri uyg`ur tili yoki uning dialekti ta`sirnda emas, balki mavjud adabiy
til an`anasi tufayli yuzaga kelgan. Anglashiladiki,asar tili shevasi xususida gap borar
ekan, «dialektlar rang-barangligi» haqida emas, balki o`g`uz-qipchoq shevasining
qisman ta`siri haqida so`z yuritish mumkin bo`ladi.
SHu munosabat bilan yana bir fiktga oydinlik kiritishni maqsadga
muvofiq, deb bilamiz. O`zbek adabiy tili tarixiga nazar tashlasak, XSH-X1U
asarlarda endigina eski turkiy adabiy tildan ajralib chiqa boshlagan eski o`zbek
adabiy tilining «qarluq-xorazm adabiy tili «CHig`atoy ulusi adabiy tili», «Oltin O`rda
adabiy tili» degan yorliqlar bilan yuritilganini ko`ramiz. Sirtdan qaraganda, o`zbek
adabiy tili xususida deyarli gap bormayotgandek tuyuladi. Nima uchun bir adabiy
tilni turlicha nomlash zarur bo`ladi? Aslida bunga hojat yo`q, chunki XSH- XIV
asrlarda garchi ma`lum darajada dialektal farqlar mavjud bo`lsa-da, ularni turli-
tuman adabiy til manbai sifatida karash mumkin emas.Bu kisqa davrdagi adabiy
tilning turlicha nomlanishida, ayniqsa, «CHig`atoy», «Oltin O`rda« nomlari bilan
yuritilishida ilmiy-lisoniy asos yo`q bo`lib, u ko`proq bosqinchilik siyosati bilan
bog`langan edi. SHu tufayli XSH- XIV asrlarda yaratilgan va yuqoridagidek turlicha
nomlanib kelingan asarlar tilini adabiy til nuqtai nazaridan umulashtirib o`rganish
kerak, lekin o`ziga xos tomonlari bo`rttirib ko`rsatilishi lozim, deb hisoblaymiz.
N.M. Mallaev «Xusrav va SHirin» dostoni XIV asr o`zbek adabiy tili va
Xorazm dialektining muhim yodgorligi ekanligini ta`kidlaydi. Bu fikr ham izoh talab
qiladi. Umuman olganda, har bir badiiy asarni ma`lum dialekt bilan bog`lab qo`yish
mumkin emas, chunki avval ta`kidlaganimizdek, badiiy asar til an`anasi asosida
yuzaga keladi, ya`ni ma`lum dialektning badiiy asari haqida so`z yuritib bo`lmaydi.
SHu ma`noda «Xusrav va SHirin» dostonining tili Xorazm dialekti asosida yaratilgan
deb aytish qiyin. Ikkinchi tomondan, har bir asar muallifi muayyan dialektning vakili
bo`lganligi uchun ham asarida o`z dialekti unsurlaridan foydalanishi aniq. Bu esa
badiiy asarni ma`lum dialekt bilangina bog`lab qo`yish uchun asos bo`la olmaydi.
54
N.M. Mallaevning yuqoridagi fikri adabiyotchilarga xos mubolag`a bilan aytilganini
ta`kidlash o`rinli bo`ladi.
Asar tilining fonetik jihatdan kaysi dialektga aloqadorligi masalasi ham
e`tiborni tortadi. Bu masalada ham ixtilofli fikrlar mavjud. A.M.SHcherbak asar
tilida qorishiq undoshining keng qo`llanishini ta`kidlaydi, lekin U. Tursunov va
B.O`rinboevlar Oltin o`rda adabiy tilining dialektal o`ziga xosligini ko`rsatishda
undoshining «y» undoshiga mos kelishi bilan izohlaydilar. Ularning bu fikri bevosita
«Xusrav va SHirin» dostoniga ham tegishlidir. Bizningcha, bu masalaga e.Najib to`la
aniqlik kiritgan edi. e.Najib ajoyib faktni keltiradi. Uning ko`rsatashicha, asarda 67
ta so`zda undoshi qayd qilingan. SHundan 29 tasi takrorlanmaydigan so`zlar
(o`zaklar) bo`lib, 11 tasida «y» muqobillari, 2 tasida esa «z» muqobillari mavjud.
Demak, 16 tasida «y» undoshiga o`tmagan, ya`ni muqobil bo`lmagan undoshli so`z
qayd qilingan.
Q.Mahmudov XP1- XIV asrlar yodgorliklari fonetikasini o`rganar
ekan, «Xusrav va SHirin» dostonida /dz/ undoshi bilan yonma-yon qo`llanganini
aytadi, lekin «y» undoshi bilan yonma-yon qo`llanganini aytadi, lekin «y» undoshi
bilan almashgan o`rinlarga misol keltirmaydi, aksincha «d» undoshli so`zlarga
— adaq, —qadg`u misollarini keltirish bilan chegaralanadi. Bundan shunday
xulosa chiqadiki, asarda hamon dz — lashish saqlanadi. Misollarga murojat
qilamiz: adz—ism, egarlamoq, әdzgarlamak— egarlamoq, әdzgulik —
yaxshilik, udzimaq -uxlamoq umidz—umid, shadzliq— shodlik, qudzi - quyi, kүdzәkү
—kuyov,
pochcha
va
boshqalar.
Matndan
misollar
keltiramiz.
Adaqi yer yүzini barcha kezmish,
Feyaek aniң ishin roy’shcha tүzmish. (138)
Og`ul әdgү yaman che qilsa andin,
Kӛrү ӛz og`li yandurg`ay jazasin. (141)
Pәrilәr birlә yetti ersә ul hur,
55
Qodib suratni terkin ketti SHavur. (151)
Do'stlaringiz bilan baham: |