haqida sahih hadislar bor. Ularni Ahmad, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilganlar.
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
10
16. «Agar dunyodan faqat bir kun qolganida ham Alloh taolo uni uzun qilib qo‘ygan
bo‘lardi. Hatto (toki) ismi mening ismimga, otasining ismi otamning ismiga to‘g‘ri
keladigan bir kishi chiqadi. U dunyoni (oldin) qanday jabru zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi)
uni shunchalik adlu adolatga to‘ldiradi».
17. Abu Dovud va Termiziy Ummi Salamadan rivoyat qiladilar: «Mahdiy mening
avlodimdan, Fotimaning bolalaridan».
18. Abu Dovud rivoyat qiladi: «Yerga yetti yil egalik qiladi».
19. Ali (r.a.) Hasanga (r.a.) qarab shunday dedi: «Uning pushti kamaridan hali bir
kishi chiqadi. U Nabiylaringiz ismi bilan nomlangan bo‘ladi. Payg‘ambarga tuzilishda
emas, xulq-atvorda o‘xshaydi. Yer yuzini adolatga to‘ldiradi».
Ammo «Iso ibn Maryamdan o‘zga Mahdiy bo‘lmas», degan hadis zaifdir. Shu sababli u
boshqa hadislarga qarshi tura olmaydi»
(Ibn Taymiya so‘zi tugadi).
20. Tabaroniy Qays ibn Jobirdan, u otasidan, otasi bobosidan rivoyat qiladi:
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Hali mendan so‘ng xalifalar bo‘ladi.
Xalifalardan keyin amirlar bo‘ladi. Amirlardan so‘ng podshohlar, podshohlardan so‘ng esa
zo‘ravonlar bo‘ladi. So‘ng ahli baytimdan bir kishi chiqadi. U yer yuzini (oldin) qanday
jabr-zulmga to‘lgan bo‘lsa, (endi) xuddi shunday adolatga to‘ldiradi. So‘ng qahtoniy amir
qilinadi. Meni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, u (ahli baytdan chiqqan kishi) undan
(qahtoniydan) keyin emas».
Ibn Xaldun aytadi: «Asrlar davomida ahli islom orasida mashhurki, oxir zamonda ahli
baytdan bir kishi aniq chiqadi. Dinni quvvatlaydi, adlu adolat o‘rnatadi. Musulmonlar
unga bo‘ysunadilar. Islom yerlariga egalik qiluvchi bu kishi Mahdiy nomi bilan taniladi.
Dajjolning chiqishi va sahih hadislarda aytilgan Qiyomatning boshqa shartlari shundan
keyin bo‘ladi».
Ibn Xaldun aynan shu mavzuga taalluqli bir qancha hadislarni ham keltirgan. Quyida
ularning sahih va hasanlari beriladi.
21. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar:
«Ahli baytimdan bo‘lgan bir kishi arabga egalik qilmagunicha dunyo ketmaydi. Ismi
mening ismim bilan bir bo‘ladi» (Termiziy rivoyati, hasan sahih).
22. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Agar
dunyoning faqat bir kuni qolsa ham, albatta, Alloh taolo ahli baytimdan dunyoni (oldin)
jabru zulmga to‘lganidek, adolat bilan to‘ldiradigan bir kishini yuboradi» (Abu Dovud
rivoyati).
23. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Men Rasulullohning (sollallohu alayhi
vasallam) quyidagi so‘zlarini eshitganman: «Mahdiy mendandir. U peshonasi ochiq
(ya’ni, boshining yarmigacha sochi yo‘q), burgut burun kishi. Yer jabru zulmga qanday
to‘lgan bo‘lsa, (endi uni) adlu adolatga shunday to‘ldiradi. Yetti yil podshohlik qiladi»
(Abu Dovud rivoyati. Sanadi hasan).