Ызбекистон Республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


 Binoning issiqlik rejimi



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/236
Sana06.08.2021
Hajmi3,14 Mb.
#140588
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   236
 
19.2. Binoning issiqlik rejimi. 
Ma`lumki,  binoning  xonalarini  tashqi  muhit  ta`siridan  tashqi  devorlar  va  tom 
yopmalari  muhofaza  qilib  turadi.  Bu  esa  xona  ichidagi  umumiy  muhitni  talab 
qilingan  me`yoriy  darajada  ushlab  turishga  va  mikroiqlim  sharoiti  yaratishga  imkon 
beradi.  Bundan  tashqi  to`siq    konstruktsiyalarning  (devor,  tom  va  yertula) 
yopmalarini urni muhimdir. Bino xonalarida barcha iqlimiy sharoitlar insonni yaxshi 
yashashi,  dam  olib  xordiq  chiqarishi,  sanoat  va  jamoat  binolarida  samarali  ishlashi 
uchun  yaratiladi.  Yilning  turt  faslida  ham  bino  xonalarida  me`yoriy  mikroiqlim 
sharoitini  yaratish  uchun  zamonaviy  isitish  tizimlari,  ventilyatsiya  va  havoni 
konditsiyalash  uskunalari  xizmat  qiladi.  Binoning  issiqlik  holati  deb  quriladigan 
binoning  barcha  muhandislik,  me`morchilik  va  sanitariya-gigienik  talablari  asosida 
tashqi  va  ichki  muhitning  ta`sirini  e`tiborga  olgan  holda  bino  xonalarida  me`yoriy 
talab etilgan issiqlik holatini vujudga keltirishga aytiladi. 
Yuqorida keltirilgan barcha muhandislik yechimlar binoning issiqlik holatini talab 
qilingan  darajada  saqlashga  xizmat  qiladi.  Shunday  qilib,  tashqi  va  ichki  sharoit 
ta`sirida  qabul  qilingan  muhandislik  tizimlarining  o`zaro  mikroiqlim  yaratish  uchun 
ishlash printsiplarini urganish jarayoni binoning issiqlik holatini urganish deb ataladi. 
Har  qanday  isitish  tizimlarining  foydali  issiqlik  berish  quvvati  issiqlik  quvurlari 
orqali  issiqlik  asboblariga  o`zatilgan  issiqlik  miqdori  bilan  quvurlararo  masofa 
oralig`idagi harakat jarayonida yuqolgan issiqliklar yig`indisidan iboratdir. 
Quvurlardagi  harakat  jarayonida  sarf  bo`lgan    issiqlik  miqdori  uncha  katta 


 
162 
bulmasada, har holda umumiy foydali issiqlik miqdorining qandaydir qismini tashkil 
qiladi. Foydali issiqlik miqdorini hisoblash uchun dastlab har bir xonadagi haroratni 
ma`lum  bir  xilda  saqlab  turgan,  binoning  tashqi  to`siq  laridan  tashqi  havoga  sarf 
bulayotgan  issiqlik  miqdorini  aniqlash  lozim.  Qisqacha  qilib  aytganda  sarf  bo`lgan  
issiqlik  miqdorini  issiqlik  asboblari  yordamida  binoga  berilaetgan  issiqlik  orqali 
tuldirib  turish  zarur.  Bundan  tashqari  issiqlik  asboblaridan  berilayotgan  issiqlik 
miqdori fil tratsiya jarayoni natijasida o`tayotgan havoni, bino ichidagi jixozlarni va 
boshqalarni isitishga sarf bo`ladi.  
Ma`lumki,  binoda  isitish  asboblaridan  tashqari  boshqa  isitish  manbalari  ham 
mavjud.  Binodagi  asosiy  issiqlik  man`balariga  yoritish  uskunalarini,  texnologik 
jixozlar, odamlardan va oshxonadan qushimcha ajralib chiqqan issiqliklarni keltirish 
mumkin.  
Shuning  uchun  har  bir  xonalarning  ichiga  issiqlik  asboblaridan  berilayotgan 
issiqlikning  absolyut  miqdorini  aniqlash  bilan  birgalikda  yilning  barcha  davrida 
(yozgi,  qishgi  va  o`zgaruvchan  davri)  binoga  qushimcha  manbalardan  olib 
kirilayotgan va tashqi to`siq lardan sarf bulayotgan barcha issiqlik miqdorlari hisobga 
olinishi lozim. Buni 3.1-jadval kurinishida yozish mumkin. 
Sanoat  bino  va  inshootlarida  ishlab  chiqarish  jarayoni  natijasida  ajralib 
chiqayotgan  issiqlik  miqdori  katta  bo`lsa    isitish  asboblarini  qurish  shart  emas. 
Ammo  bu  turdagi  muassasalar  tuxtavsiz  ishlamasa,  bino  ichidagi  xujalik-iste`mol 
suvlari,  ishlab  chiqarish  quvurlari  va  yong`inga  qarshi  o`rnatilgan  quvurlardagi 
suvlar, xomashyolar mo`zlashi mumkin.  
Shu  sababli  bu  binolarda  navbatchi  isitish  tizimi  o`rnatiladi.  Navbatchi  isitish 
tizimi  qoidaga  binoan  tuxtovsiz  kecha-kundo`z  ishlaydi  va  bino  ichidagi  havo 
haroratini Q5
0
S dan pastga tushurmagan holda saqlashga qodir.  
Lekin tuxtavsiz ishlayotgan navbatchi isitish tizimlari bino ichidagi haroratni 
keskin ko`tarishga olib kelsa, unda binoning havo ventilyatsiya haroratni me`yorlab 
turishga yordam beradi. Ma`lumki, energiyani saqlanish qonuniga asosan bino ichiga 
kiritilgan va binodan sarf bo`lgan  issiqlik miqdori bir-biriga teng bo`lishi lozim 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish