Ызбекистон Республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Mavzu: Isitish tizimlarining tavsifi. Binoning issiqlik rejimi. Xonadagi



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/236
Sana06.08.2021
Hajmi3,14 Mb.
#140588
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236
Mavzu: Isitish tizimlarining tavsifi. Binoning issiqlik rejimi. Xonadagi 
alohida to`siqlar orqali issiqlik yo`qolishi. 
Reja: 
19.1. Isitish tizimlarining tavsifi. 
19.2. Binoning issiqlik rejimi. 
19.3. Xonadagi alohida to`siqlar orqali issiqlik yo`qolishi.. 
 
19.1. Isitish tizimlarining tavsifi. 
Isitish asboblaridan binoga issiqlik miqdori tarqalishi konvektsion va nurlanish 
vositasida  o`zatiladi.  Xonalarning  ichida  turgan  insonning  sezgi  organlariga  ta`sir 
qiluvchi  birinchi  ko`rsatgich  devorning  ichki  yo`zasidan  tarqaladigan  radiatsion 
haroratdir.  Xona  ichidagi  havo  haroratining  miqdori  t
i
  radiatsion  harorat  t

ni 


 
160 
o`zluksiz  boshqarib  turadi.  Radiatsion  harorat  bu  to`siq    konstruktsiyalarning  ichki 
sirtlarini  o`rtacha  harorati  bulib,  bu  harorat  xona  o`rtasidagi  insonga  nisbatan 
hisoblanadi.  Konvektiv  isitish  deb  xona  havo  haroratini  hamisha  radiatsion 
haroratdan  yuqori,  ya`ni  t
i
>t
R
  tarzda  isitish  uslubiga  aytiladi.  Agar  t
R
>t
i
  tengsizligi 
hosil  bo`lgan    taqdirda  ko`p  roq  nurlanish  yordamida  isituvchi  uskunalar  tanlab 
olinadi.  Chunki  nurlanish  yordamida  tarqaluvchi  issiqlikning  ta`siri  xona  ichidagi 
havo  harorati  pasaygan  taqdirida  ham  konvektiv  issiqlikka  nisbatan  insonning  sezgi 
organlariga yoqimli ta`sir ko`rsatadi. 
Konvektiv  va  nurlanish  yordamida  xonalarni  isitish  maxsus  texnik  uskunalar 
yordamida amalga oshiradi.  
Isitilishi  lozim  bo`lgan    xonaga  maxsus  uskunalar  orqali  issiqlik  qabul  qilib,  olib 
borib tarqatish tizimlari i s i t i s h  t i z i ml a r i  deyiladi. 
Yuqorida  keltirilgan  barcha  muhandislik  yechimlar  binoning  issiqlik  holatini 
talab qilingan darajada saqlashga xizmat qiladi. Shunday qilib, tashqi va ichki sharoit 
ta`sirida  qabul  qilingan  muhandislik  tizimlarining  o`zaro  mikroiqlim  yaratish  uchun 
ishlash printsiplarini urganish jarayoni binoning issiqlik holatini urganish deb ataladi. 
Yil  davomida  tashqi  to`siq    konstruktsiyalarni  bino  xonalarida  talab  etilgan 
iqlim sharoitini yaratish uchun tashqi muhit ta`siridan himoyasi yetarli emas. 
Shu  sababli  bu  sharoit  sun`iy  ravishda,  ya`ni  isitish  tizimlari  yordamida 
yaratiladi. 
Mikroiqlimga  qo`yiladigan  asosiy  talablardan  biri  ham  bino  xonalarida  inson 
uchun iqlim jihatidan qulay sharoit yaratishdir. 
Insonning  yashashi  va  ijtimoiy  faoliyati  bilan  bog`liq  bo`lgan    barcha  turdagi 
bino  ichida  birinchi  navbatda  talab  qilingan  darajada  mikroiqlim  sharoiti  yaratilishi 
lozim.  Bu  sharoit  inson  salomatligi  va  ishlab  chiqarish  jarayonlari  uchun  zarurdir. 
Ma`lumki, inson organizmidan tuxtavsiz ajralib chiqqan issiqlik bino ichidagi havoga 
- atrof-muhitga tarqaladi. Inson tanasining harorati 36,6 
0
S da o`zgarmas bulib, inson 
xuddi  shu  haroratda  o`zini  fiziologik  jihatdan  me`yoriy  holatda  sezib  energiya 
almashinuvi samarali holda sodir bo`ladi. Bu samarali holatda inson tanasini issiqlik 
regulyatsiyasi muvozanatda bulib, inson o`zini yaxshi his qiladi va mehnat qobiliyati 
yuqori  darajada bo`ladi.  Insonning  fiziologik holati  -  ahvoli, tashqi kiyimi,  yoshi va 
bajarilayotgan  ishining  og`ir-engilligiga  qarab  undan  atrof-muhitga  tarqatayotgan 
issiqlik  miqdori  har  xil  bo`ladi.  Agar  inson  tinch  holatda  turgan  bo`lsa    uning 
organizmi  120  Vt  issiqlik  ishlab  chiqarib  atrof-muhitga  tarqatadi,  agar  u  og`ir  ish 
bilan  mashg`ul  bo`lsa    470  Vt,  o`ta  og`ir  ishdagilar  esa  1000  Vt  gacha  issiqlikni 
ishlab chiqarib, atrof-muhitga tarqatadi. 
Inson tanasidan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdoriga qarab bajarilayotgan ishning 
qaysi  darajada  ekanligini  shartli  ravishda  aniqlash  mumkin.  Inson  tomonidan  juda 
yengil uncha og`ir bulmagan yumushlar bajarilsa uning tanasidan ajralib chiqayotgan 
issiqlik miqdorining kattaligi 140 Vt, ish yengil bo`lsa  175 Vt, o`rtacha yengil bo`lsa  
290 Vt va og`ir ish bajarilsa 470 Vt gacha miqdorda bo`ladi. 
Demak, agar inson tanasidan atrof-muhitga sarf bulayotgan issiqlik miqdori ishlab 
chiqarilayotgan  issiqlik  miqdoriga  teng  bulmasa,  inson  tanasida  ortiqcha  issiqlik 
yig`ilishi yoki yetishmasligi mumkin. Shuning uchun inson tanasi ma`lum atrof muhit 
haroratida  o`z  haroratini  issiqlik  tengligi  holatida  ushlab  turishga  qodir.  Agar  atrof 
muhit  keskin  sovib  yoki  isib  ketsa  inson  tanasida  issiqlik  tengligi  muvozanati 


 
161 
bo`zilib, inson diskomfort holatga tushadi.  
Inson tanasidan ijralib chiqayotgan issiqlik jarayoni nurlanish (xonadagi devorning 
ichki  yo`zasiga),  konvektsiya  (xona  ichidagi  havoga)  va  bug`lanish  bilan  nafas 
chiqarish jarayoni orqali ruy beradi . 
Odatda  inson  tinch  turgan  paytda  o`zidagi  issiqlik  miqdorini  yarmini  nurlanish 
orqali,  chorak  qismini  konvektsiya  va  qolgan  turtdan  bir  qismini  bug`lanish  orqali 
atrof  muhitga  sarf  qiladi.  Inson  og`ir  jismoniy  ishlar  bilan  mashg`ul  bo`lgan  da 
issiqlik miqdorini asosiy qismi bug`lanish orqali tarqaladi. 
Inson  tanasidan  ajralib  chiqayotgan  issiqlikning  jadallashuvi  shiddat  bilan 
ajralib  chiqishi  xona  ichidagi  issiqlik  sharoitga  bog`liq  bulib,  bu  quyidagilardan 
iborat:  xona  ichki  havo  harorati  t
i
,  radiatsion  harorat  t
R
  va  to`siq    konstruktsiyalarni 
ichki  sirtlarini  harorati.  Bundan  tashqari  issiqlik  ajratuvchi  va  issiqlik  (yutuvchi) 
qabul  qiluvchi  sirtlarning  xonada  urnashgan  joyiga,  havo  harakati  tezligiga 

u
  va 
havoning nisbiy namligiga bog`liqdir. 
Demak  komfort  muhit  yaratish  uchun  yuqorida  keltirilgan  mikroiqlim 
ko`rsatgichlari  shunday  darajada  bo`lishi  lozimki,  bunda  inson  tanasidan  ajralib 
chiqayotgan issiqlik osoyishta bulib, issiqlik muvozanati ko`zatilishi lozim. Bu muhit 
optimal va ruxsat etilgan bo`lishi mumkin. Optimal muhit me`yoriy holatdagi sharoit 
bulib,  ruxsat  etilgan  muhit  esa  o`zgacha  meteorologik  sharoit  bo`ladi,  bunda  inson 
organizmida issiqlik muvozanati o`zgarib, ruxsat etilgan diskomfort holat ko`zatiladi. 
Komfort  sharoit  deb  atalgan  chegaradagi  havoning  harorati  to`siq  
konstruktsiyalarning ichki sirti harorati va havo haroratiga bog`liq. 
Agar havo harorati t

va xona ichidagi sirtlar harorati t
R
 bir-biriga teng bo`lsa , xona 
harorati ham ularga teng bo`ladi. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish