Nazorat savollari
1. Tashlandiq suvlarni tozalash usullari.
2. Gidrometallurgik usulda oqova suvlarni tozalash usullarini gapirib,
texnologiyasini tushuntirib bering.
3. Sanoat korxonalariningsuv bilan ta’minlanishining yopiq sxemasini
tashkil etish, oqava suvlarni chiqarmasdan ishlash rejimini o‘tkazish.
9-Ma’ruza. MIS ISHLAB CHIQARISHNING XOM ASHYO BAZASI
Reja:
1. Mis saqlovchi xom ashyolarning turlari va tasnifi.
2. Mis minerallari, mis saqlovchi rudalar va boyitmalar.
3. Mis saqlovchi rudalarning boyitish usullari va ularning moddiy tarkibi.
Mis ishlab chiqarish uchun xomashyoga ruda, rudani boyitish mahsulotlari –
boyitmalar, shuningdek ammortizatsion lom va chiqindilar (ikkilamchi xomashyo)
kiradi. Hozirgi kunda mis metallurgiyasida ikkilamchi xomashyoning ulushi
taxminan 40 % tashkil etadi.
Mis rudalari doim polimetallikdir. Misdan tashqar rudada tahminan 30 yaqin
qimmatbaho moddalalar uchraydi. Ulardan asosiylari quyidagilardir: rux,
qo‘rg‘oshin, nikel, oltin, kumush, platina guruhidagi metallar, oltingugurt, tellur,
kadmiy, germaniy, reniy, indiy, talliy, molibden, temir.
Agar mis rudalarida qo‘shimcha qimmatbaho moddalarning miqdori etarli
darajada bo‘lsa, bu rudalar masalan quyidagicha nomlanishi mumkin: mis-nikelli
rudalar, mis-ruxli rudalar va h.
40
Mis ishlab chiqarish sanoatida barcha turdagi rudalardan foydalaniladi –
sulfidli, oksidlangan va aralash tarkibli rudalar. Misning asosiy zaxirasi sulfidli
rudalarda jamlaganligi sababli, bu rudalar asosiy xomashyo bazasini tashkil etadi.
Sulfidli rudalardan birlamchi misning 85-90% eritib olinadi.
Yer qatlamidagi misning miqdori (misning klarki) 0,01% tashkil etadi. Sanoat
ishlab chiqarishga tarkibida misning miqdori 0,4-0,6% bo‘lgan rudalar jalb
qilinadi.
Misning tahminan 250 minerali aniq, ammo amaliy ahamiyatga sulfidli va
oksidlangan minerallarning ayrimlari ega:
kovellin – CuS;
xalkozin – Cu
2
S;
xalkopirit – CuFeS
2
;
bornit – Cu
5
FeS
4
;
kubanit – Cu
2
FeS
3
;
talnaxit – Cu
2
FeS
(1,8-2)
;
kuprit – Cu
2
O;
tenorit – CuO;
xalkontit – CuSO
4
·5H
2
O;
xrizokolla – CuSiO
3
· 2H
2
O.
Mis minerallari bilan birga ruda va boyitmalarda boshqa og‘ir rangli
metallarning sulfidlari (ZnS, PbS, Ni
3
S
2
) va temir sulfidi mavjud bo‘ladi.
Temirning asosiy sulfidlari quyidagilardir – pirit (FeS
2
), pirrotin (Fe
7
S
8
). Bundan
tashqari, temir xalkopirit va bornit ko‘rinishdagi kompleks sulfidlar ko‘rinishida
uchraydi.
Rudalarda misning miqdori kam bo‘lganligi sababli va rudaning tarkibi
kompleks tavsifga ega bo‘lganligi uchun, bu rudalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
metallurgik qayta ishlash iqtisod tomonidan maqsadga muvofiq emas. Shuning
uchun rudalar sellektiv flotatsion usulda boyitilib, alohida mis, rux, molibden, pirit
boyitmalari olinadi. Olingan flotatsion boyitmalarda zarrachalarning yirikligi 74
mkm va namligi 8–12 %tashkil etadi.
Ayrim mis boyitmalarning tarkibi 9.1 – jadvalda keltirilgan. OKMKning mis-
boyitish fabrikasining mis boyitmasining tarkibi 9.2 –jadvalda keltirilgan.
9.1-jadval
Mis boyitmalarning tarkibi
Konsentrat
turlari
Cu
Pb
Zn
Fe
S
SiO
2
Al
2
O
3
CaO
Misli
18,5
-
-
31,6
35,5
5,5
2,1
0,1
17,8
0,05
-
26,1
34,7
14,3
2,9
0,7
36,5
-
1,1
7,1
16,6
24,8
7,2
2,4
Mis-ruxli
13,6
-
8,3
28,7
39,0
1,1
3,4
0,1
16,1
-
5,4
31,7
41,7
0,7
0,7
0,1
15,7
0,8
6,8
31,6
40,4
0,7
-
0,1
Mis- nikel
24,7
1,8Ni
-
34,9
32,6
1,7
1,5
0,7
41
birikmali
OKMKning mis–boyitish fabrikasining mis boyitmasining tarkibi 9.2 –
jadvalda keltirilgan.
9.2-jadval
OKMK MBF mis boyitmasining kimyoviy tarkibi
Asosiy komponentlarning miqdori, %
Cu
Pb
Zn
Mo
Fe
S
SiO
2
Al
2
O
3
CaO
Boshq
alar
16,0-
19,0
0,01-
0,05
0,03-
0,05
0,01-
0,06
28,0-
35,5
27,0-
40,0
10,5-
19,8
1,0-
3,6
0,2-
1,5
Mis boyitmalarning tarkibiga bosh poroda minerallari va oz miqdorda
tarkibida As, Sb, Bi, Cd, Se, Te, Ag, Au saqlovchi unsur minerallar kiradi.
Ayrim boyitish fabrikalarining mis boyitmalarning tarkibi 9.3-jadvalda
keltirilgan.
9.3-javdal
Boyitmalarning mineralogik tarkibi, %
Do'stlaringiz bilan baham: |