Nazorat savollari
1. Qanday metallurgik pechlardan mis ajratib olinadi?
2. Minerallarning tarkibida mis metallari mavjud, misollar yordamida
minerallarning nomini aytib bering?
3. Pirometallurgik usulda mis ajratib olish texnologiyalarini bosqichma-
bosqich aytib bering.
47
12-Ma’ruza. RUX ISHLAB CHIQARISHNING XOM ASHYO BAZASI VA
QO‘LLANILISHI
Reja:
1. Rux metalli va uning birikmalarining xossalari.
2. Rux va uning birikmalarini qo‘llanilish sohalari.
3. Rux minerallari, rudalari va boyitmalarini tasnifi.
Ruxni qo‘llash soxalari ruxning fizika-kimyoiy va mexanik hossalari bilan
belgilanadi.
Dunyoda ishlab chiqarilgan ruxning asosiy foydalaniladigan sohalari
quyidagilardir (umumiy foydalanishga nisbatan, %):
- po‘latni rux bilan qoplash (oq tunika ishlab chiqarish) – 36;
- latun va bronza ishlab chiqarish – 26;
- bosim ostida quyish – 26;
- rux prokati – 3;
- kimyo mahsulotlari – 6,5.
Shunindek rux ayrim dori-darmonlarni ishlab chiqarilishida qo‘llaniladi.
Rux, rux kukuni ko‘rinishida, reagent sifatida qo‘rg‘oshin, nodir metallarni va
ayrim rangli metallarni ishlab chiqarilishida qo‘llaniladi. Rux oksidi rezina
mahsulotlarni ishlab chiqarilishida va ularga ishlov berishda keng qo‘llaniladi.
Rux sulfidi α-, β- va γ – nurlari ta’siri ostida alanga olinish qobiliyatiga ega
bo‘lganligi sababli, uchta radiatsiya turlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Rux
sulfididan tayyorlangan buyoqning quyosh energiyasi va infraqizil nurlarni yutish
qobiliyati past bo‘lganligi va nurlarni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun,
kosmik kemalarni buyashda keng qo‘llanilmoqda.
Rux birikmalari energiya manbai sifatida, kosmik kemalarda keng
qo‘llaniladi – Zn –Ag oksidli batareyalar. Bu batareyalarning quvvati, boshqa
turdagi batareyalarning quvvatidan 5-6 marotaba qo‘proqdir
Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha ruxning ishlab chiqarish xajmi 12 mln.
tonnani tashkil etmoqda. Rux ishlab chiqarilishi va foydalanishi bo‘yicha rangli
metallar ichida alyuminiy va misdan keyin uchunchi o‘rinda turadi
Dunyo bo‘yicha, ruxning aniqlangan va tasdiqlangan zaxiralari 350 mln t
ko‘p miqdorni tashkil etadi. Rux konlari dunyoning 70 mamlakatida mavjud.
Ruxning yirik zaxiralari Rossiya, Avstraliya, Qozogiston, Kanada va Xitoyda
joylashgan.
Rux ishlab chiqarish miqdori bo‘yicha eng yirik davlatlar kuydagilardir:
Xitoy, Kanada, Avstraliya. Shu davlatlar ruxning eng yirik eksportyorlari ham.
Ruxning eng yirik importyor davlatlar: AQSH, Tayvan, Germaniya.
Quyida ruxni eng yrik istemolchi davlatlar keltirilgan (mln tonna yiliga):
- Xitoy - 1,3–1,4;
- AQSh - 1,1–1,3;
- Yaponiya 0,7–0,8;
- Germaniya 0,4;
- Buyuk Britaniya - 0,3;
48
- Fransiya - 0,2–0,24;
- Belgiya, Kanada, Italiya, Avstraliya, Xindiston – har bir davlat 0,1–0,17.
Do'stlaringiz bilan baham: |