45
Mis shteynlarini konverterlash gorizontal konverterlarda olib boriladi.
Gorizontal konverter silindir shakildagi dastgoh bo‘lib, o‘zining o‘qi atrofida
aylanish qobiliyatiga ega. Konverterga dastlabki xomashyoni yuklash va jarayon
natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlari chiqarib tashlash, silindirik dastgohning tepa
qismidagi bo‘g‘oz orqali amalga oshiriladi. Konverter xajmidagi suyuqlangan
mahsulotni havo bilan puflash, konverterning yonida joylashgan 40-50 mahsus
furmalar orqali amalga oshiriladi
Konverterlash jarayoni ikkita bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichning
asosida shteyn tarkibidagi temirni oksidlab shlakka oltingugrtni esa gazga
o‘tkazish yotadi. Birinchi bosqich massa to‘plash deb nomlanadi.
2FeS + 3O
2
= 2FeO +2SO
2
2FeO + SiO
2
= 2FeO·SiO
2
Ma’lum vaqtda hosil bo‘lgan temirli shlakni chiqarib tashlash uchun,
konverter puflashdan to‘xtiladi, o‘z o‘qi atrfida aylantiriladi va bo‘g‘oz orqali
shlak to‘kib tashlanadi, so‘ngra konverterga yangi porsiya shteyn va flyus
yuklanadib, suyuqlanmani puflash jarayoni davom ettiriladi. Birinchi bosqichning
yakunida, shteyn tarkibidagi temir deyarli to‘liq yo‘qotiladi. Birinchi bosqich
natijasida hosil bo‘lgan shteyn deyarli to‘liq Cu
2
S dan tashkil topgan, misning
miqdori esa 70-80% tashkil etadi. Hosil bo‘lgan mahsulot “oq matt” deb
nomlanadi.
Konverterlash shlakining tarkibida 3-5% mis bo‘ladi va bu shlak
kambag‘alashtirish uchun, qaytadan eritish pechiga yuklanadi.
Konverterlashning ikkinchi bosqichida, birinchi bosqichdan farqli
ravishda deyarli shlak hosil bo‘lmaydi va hosil bo‘lgan gazlar oltingugrt angidridi
bo‘yicha boyroq bo‘ladi. Shlak hosil bo‘lishi kam bo‘lganligi sabalali
konverterlashning ikkinchi bosqichiga flyuslar qo‘shilmaydi.
Konverterlash jarayonining ikkinchi bosqichda hosil bo‘lgan mis,
vannaning pastki qismidagi alohidagi metallik faza bo‘lib to‘planadi. Hosil bo‘lgan
mahsulot homaki mis deb nomlanadi va uning takribidagi misning miqdori 96-99%
tashkil etadi.
Konverterlash jarayonining ikkinchi bosqichda quyidagi asosi reaksiyalar
boradi:
2Cu
2
S + 3O
2
= 2Cu
2
O + 2SO
2
Cu
2
S + 2Cu
2
O = 6Cu +SO
2
Hosil bo‘lgan homaki misning tarkibida zararli qo‘shimchalarning (temir,
nikel, qo‘rg‘oshin va boshqalar) miqdori 1,5 – 2,5 % bo‘lganligi uchun rafinirlash
jarayoniga yuboriladi.
Homaki misni rafinirlash – zarali qo‘shimchalardan tozalash olovli va
eletrolitik rafinirlash jarayonlar yordamitda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: