Umumiy metallurgiyaga



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/108
Sana06.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#139792
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

Nazorat savollari 
1.  Konverterlash jarayoni haqida ma’lumot bering. 
2.  Elektrolitik rafinirlash jarayoning asosiy mohiyati.  
3.  Xomaki mis deganda nimani tushunasiz? 
 


42 
 
10-Ma’ruza. МIS ISHLAB CHIQARISHNING ZAMONAVIY AHVOLI 
 
Reja:  
1.  Mis  saqlovchi  dastlabki  xom  ashyoni  qayta  ishlash  usullari  va 
texnologiyasi.  
2.  Mis ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik sxemalari. 
3.  Mis ishlab chiqarishda zamonaviy va yangi texnologiyalar.  
 
Rangli  metallurgiyaning  etakchi  yo‘nalishlaridan  biri  bu  mis  sanoatidir. 
Misning  ishlab  chiqarilishi  doim  oshadi  va  shu  bilan  birga  mis  ishlab  chiqarish 
texnologiyasi  doimo  takomillashib  bormoqda.  Kelajakda  mis  ishlab  chiqarish 
xajmini,  metallurgik  qayta  ishlashga  yangi  turdagi  xomashyolarni  jalb  qilish, 
undan  foydalanishning  kompleksligini  oshirish  va  zamonaviy  texnologiy  va 
apparatlardan keng foydalanish hisobiga oshirish mumkin. 
MDH  davlatlarida  ko‘pgina  yirik  mis  tarkibli  rudalar  konlari  zahiralari 
bazasida  Norilsk,  Jezkazgan,  Balxash  va  Olmaliq  kon-metallurgiya  kombinatlari 
o‘z faoliyatini olib borishmoqda. 
Metallik mis olish maqsadida, turli ko‘rinishdagi mis tarkibli xomashyolarni 
qayta ishlash uchun, piro- va gidrometallurgik usullardan foydalaniladi. 
Dunyoda  ishlab  chiqariladigan  misning  85%  pirometallurgik  usullar 
yordamida  olinadi.  Gidrometallurgik  usullardan,  asosan  issiq  iqlimli  davlatlarda 
foydalaniladi,  chunki  u  yerda  katta  ishlab  chiqarish  binolarini  qurmasdan, 
jarayonni  ochiq  uskunalarda  olib  borish  imkoniyati  mavjud.    MDH  davlatlarida, 
gidrometallurgik  usullar  yordamida  ishlab  chiqariladigan  misning  ulushi  1%  dan 
kam.  
Pirometallurgik  texnologiya  o‘z  ichiga,  xomashyo  materiallarini  (ruda  va 
boyitma) qayta ishlab homaki mis, keyinchalik uni rafinirlash jarayonlarini oladi.  
Pirometallurgik  texnologiyalarni  qo‘llab  qayta  ishlanayotgan  mis  ruda  va 
boyitmalar  tarkibining  tahlili  natijasida,  ko‘rish  mumkinki,  xomashyo  asosan  mis 
va temir sulfidlari va bo‘sh poroda minerallaridan tashkil topgan. Shundan ko‘rinib 
turubdiki,  mis  pirometallurgiyasining  yakuniy  maqsadiga  (homaki  mis  olish),  
temir,  oltingugurt  va  bo‘sh  porodalarni  texnologiyaning  tegishli  mahsulotlariga 
o‘tqazish  yo‘li  bilan  erishish  mumkin.  Pirometallurgik  jarayonlarni  qo‘llashda, 
qayta  ishlanayotgan  xomashyoning  kompleksligini  inobatga  olish  zarur,  ya’ni 
chunki mis bilan birga barcha qimmatbaho yo‘ldosh  elementlarni imkon darajada 
ajratib olish zarur. 
Texnologiyaning  asosiy  vazifasi  (temir  va  oltingugurtni  yo‘qotish)  uch 
bosqichda oksidlash (kuydirish, eritish, konverterlash) (III), ikki bosqichda (eritish, 
konverterlash)  (I,  II),  va  hatto  bir  bosqichda  (homaki  misgacha  eritish)  (IV)  yo‘li 
bilan amalga oshirilishi mumkin.  
Boyitmani  homaki  misgacha  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  eritish  yo‘lidan  tashqari, 
misni  olish  texnologiyasi  ko‘p  bosqichlik  bilan  tavsiflanadi.  Ko‘p  bosqichli 
jarayonda har bir ketma-ket olib boriladigan texnologik jarayonda, bo‘sh porodani, 
temir  va  bir  qator  elementlarni  yo‘qotish  hisobiga  misning  konsentratsiyasini 
(miqdorini) oshirib borishmoqda.    


43 
 
Ohirgi yillarda rafinirlangan mis olishning eng keng tarqalgan texnologiyasi, 
o‘z  ichiga  quyidagi  majburiy  metallurgik  jarayonlarni  oladi:  shteynga  eritish,  mis 
shteynnini konverterlash, olovli va elektrolitik rafinirlash. Ayrim hollarda shteynga 
eritishdan  oldin,  sulfidli  xomashyo  dastlabki  oksidlovchi  kuydirish  usulida  
kuydiriladi.     
Shteynga eritish – sulfidli mis ruda va boyitmalarini qayta ishlashning asosiy 
texnologik jarayonidir.  
Mis  ruda  va  boyitmalarni  shteynga  eritishning  ko‘p  ko‘rinishi  mavjud,  ular 
bir – biridan texnologik xususiyatlari va dastgohlari bilan farq qiladi. 
Hozirgi  kungacha,  mis  ishlab  chiqarish  sanoatida,  sulfidli  mis  tarkibli 
xomashyoni    mis  shteynigacha  eritishda,  yallig‘-qaytaruvchi  pechlarda  eritish, 
elektrik  (rudatermik)  pechlarda  eritish  usularidan  qo‘llanib  kelinmoqda. 
Shunindek,  ayrim  mis  ishlab  chiqarish  korxonalarida,  mis  rudalarini  qayta 
ishlashning  eng  eski  usullaridan  hisoblanuvchi,    minorali  pechlarda  eritish  ham 
qo‘llanilmoqda.     
Yuqorida  keltirilgan  shteynga  eritish  usullari  ko‘p  hollarda  zamonaviy 
metallurgik  jarayonlar  talablariga  javob  bermasligi  sabali,    hozirgi  kunda  sulfidli 
mis  xomashyolarini  qayta  ishlash  texnologiyalarining  rivojlanishi,  texnologik 
jixatdan  mukammal  va  tejamkor  hisoblanuvchi,  avtogen  jarayonlarni  qo‘llash 
yo‘nalishida bormoqda.  
Avtogen  jarayonlarning  asosida  sulfid  minerallar  yonishi  natijasida  hosil 
bo‘ladigan  issiqlikdan  foydalanish  yotadi,  shu  sababadan  mis  metallurgiyasida 
avtogen  jarayonlar  qo‘llanilishi  katta  iqtisodiy  samara  bermoqda.  Xususan,  mis 
metallurgiyasida,  avtogen  jarayonlarni  qo‘llash    kuydirish,  shteynga  eritish  va 
qisman konverterlash jarayonlarini bitta texnologik siklda yoki bitta dastgohda olib 
borish  imkoniyatini  beradi.  Shunindek,  avtogen  jarayonlarni  qo‘llash,  qayta 
ishlanayotgan xomashyodan kompleks foydalanish darajasini oshirish, tashqaridan 
qo‘shimcha yoqilg‘ini sarflamaslik imkonini beradi. 
 
 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish