Umumiy metallurgiyaga


-Ma’ruza. METALLURGIYADA CHANG TUTISH VA GAZLARNI



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/108
Sana06.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#139792
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

7-Ma’ruza. METALLURGIYADA CHANG TUTISH VA GAZLARNI 
TOZALASH 
 
Reja:  
1.  Metallurgik jarayonlarda ajraladigan changlarning tasnifi.  
2.  Metallurgik pechlar sistemasida gazlarni changlardan ajratish tizimlari.  
3.  Chang tutish dastgohlari.  
 
Metallurgik  jarayonlarda  changlar  oson  uchuvchan  komponentlarni 
ajratishda  hosil  bo‘ladigan,  qayta  ishlanayotgan  mahsulotlarni  mayda  zarralari 
qayla ishlash natijasida hosil bo‘ladigan yonish gazlari, texnologik va ventilyatsion 
gazlar  oqimi  bilan  chiqib  ketadi.  Gazlarning  changlanishi,  changning 
granulometrik  va  kimyoviy  tarkibi  qayta  ishlanayotgan  xomashyoning  ko‘rinishi, 
metallurgik  qayta  ishlashga  shixta  tayyorlash  usuli,  qo‘llanilayotgan  metallurgik 
qayta  ishlash  jarayoniga,  gaz  va  shixtaning  harakatlanish  sharoillari  (to‘g’ri  yoki 
qarama - qarshi), jarayonda hosil bo‘lgan gazlarning hajmi va harakat tezligi bilan 
aniqlanadi. 
Changlar  100  mkm  va  undan  ortiq  o‘lchamdagi  yirik  zarrali  va  mayda  100 
mkmdan  kam  o‘lchamlilarga  bo‘linadi.  Oson  uchuvchan  birikmalarni  bug’larini 
kondensatsiyalash  va  kimyoviy  reaktsiyalar  natijasida  hosil  bo‘ladigan  mayda 
changlarning  kichik  fraktsiyalari  o‘lchami  1  mkm  dan  ko‘p  bo‘lmagan  birlamchi 
zarrachalardan  iborat.  Gazlarni  changlarga  to‘yinish  darajasiga  qarab  ular  kuchli 
(changlanish  50  g/m
3
  gacha),  o‘rta  (changlanish  10  g/m

gacha)  va 
kamchanglangan  (changlanish  1  g/m
3
)  hamda  texnik  toza  (changlanish  0,05  g/m
3
 
ga yaqin) larga bo‘linadi. 
Changni  ushlab  qolish  deb,  changlangan  gazlarni  ularni  hosil  qiluvchi 
manbadan  uzoqlashtirish.  Keyinchalik  gaz  oqimidan  qattiq  zarrachalarni  ushlab 
qolishga  mo‘ljallangan  jarayon  va  qurilmalar,  muxandislik  va  texnologik  chora  - 
tadbirlar  majmuasiga  aytiladi.  Chang  ushlab  qolish  faqatgina  ushlab  qolingan 
changni  tozalash  emas,  balki  gazlarning  qimmatli  komponentlaridan  foydalanish 
mumkinligini ko‘rsatadi. 
Tozalanayotgan  gaz va  ushlab qolinadigan changlar  xususiyatlarining  xilma 
-  xilligi  sababli  turli  rusumdagi  chang  ushlash  qurilmalari  -  chang  ushlagichlar 
ishlatiladi.  Gaz  oqimidan  qattiq  zarrachalarni  cho‘ktirish  gravitatsiya  kuchlari 
ta’siri  ostida  yoki  g’ovakli  yuza  va  turli  qatlamlarda  olib  borish  mumkin.  Chang 
ushlab  qolgichlarning  ishlash  samaradorligini  tozalayotgan  gazda  qolgan  chang 
miqdori yoki ushlab qolingan chang miqdorining dastlabki gaz tarkibidagi miqdori 
nisbatining foiz orqali ifodalanadigan foydali ish koeffitsienti bilan baholanadi. 
Havoni  yoki  sanoat  gazlarini  changdan  tozalashning  uch  usuli  mavjud: 
quruq, nam va elektr. 
Quruq  usulda  chang  zarrachalar  nisbatan  sekin  harakat  qilayotgan  gaz 
oqimida og’irilk kuchi ta’siri ostida, markazdan qochma kuchlar, inertsiya kuchlari 
va filtrlash bilan ushlab qolinadi. 


32 
 
Nam  usul chang zarrachalarini suv  yoki boshqa suyuqliklar bilan  namlanib, 
bo‘tana  xolida  cho‘kishiga  asoslangan.  Buning  uchun  gaz  suyuqlik  qatlamidan 
o‘tkaziladi.  Elektr  usulida  changlangan  gazdan  zarrachalarni  ajratib  olish  elektr 
maydoni ta’sri ostida amalga oshiriladi. 
Quruq  chang  ushlagichlarga  cho‘ktirish  kameralari,  gazoxodlar,  yakka, 
guruh va batareyali tsiklonlar, inertsion chang ushlagichlar va matoli filtrlar kiradi. 
Cho‘ktirish  kameralari  va  gazoxodlar  oddiy  chang  ushlagichlar  bo‘lib, 
ularning  uzunligini  uzaytirganda  yoki  gaz  sovutilganda  hajm  kamayishi  natijasida 
gaz  oqimi  harakat  tezligi  kamayadi.  Buning  natijasida  chang  yirik  zarrachalari 
og’irlik kuchi ta’siri ostida cho‘ka boshlaydi. Cho‘ktarish kameralari (7.1-rasm) va 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish