Tabiiy va sun’iy radioaktivlik. Yadro reaksiyalari. Elementar zarrachalar yoki yadrolarni tarqatish jarayoni
natijasida bir elementning beqaror izotopining boshqa element izotopiga o’z-o’zidan aylanishiga radioaktivlik deb ata-
ladi.
Elementlarning tabiiy izotoplarining radioaktivligi tabiiy radioaktivlik deyiladi.
Radioaktiv yemirilish jarayoni turli izotoplarda har xil tezlik bilan boradi. Radioaktiv element yemirilganda
uning miqdori kamayib, u yangi elementga aylanadi.
Vaqt borligida yemirilgan atomlar soni element miqdoriga proporsionaldir. Bu qonun radioaktiv yemirilish
qonunidir. Olingan miqdorning yarmi yemirilishi uchun ketgan vaqt izotopning yarim yemirilish davri deb ataladi.
Radioaktiv elementlarning yarim yemirilish davri g’oyat xilma-xil bo’ladi, ya’ni ba’zi elementlarning yarim
yemirilish davri milliard yillarga teng bo’lsa, ba’zilariniki sekundning kichik ulushlariga teng bo’lishi mumkin. Masalan,
radonning yarim yemirilish davri 2,85 sutkaga, radiyniki 1620 yilga, uranniki esa 4,5 milliard yilga teng.
1933 yilda Iren Kyuri va Frederik Jolio Kyuri ba’zi yengil elementlar: bor, magniy, alyuminiylar
-zarrachalar
bilan bombardimon qilinganda pozitronlar (pozitron e
+
- elementar zarracha bo’lib, uning massasi elektron massasiga
teng, ammo musbat elektr zaryadiga ega elektron va pozitronning zaryadlarining absolyut miqdorlari bir xil) ajralib
chiqishini kuzatdilar. Avval alyuminiyga
-nurlar tasir ettirib, radioaktiv fosfor hosil qilinadi:
13
Al
27
+
2
He
4
15
P
30
+
0
n
1
Bunda neytronlar ham ajralib chiqadi, so’ngra hosil bo’lgan beqaror radioaktiv fosfor pozitron chiqarish bilan
yemirilib, kremniyning barqaror izotopiga aylanadi:
15
P
30
14
Si
30
+
+
e
0
Shunday qilib, sun’iy ravishda radioaktivlik hodisasi kashf etildi. Hozirgi davrda sun’iy yo’l bilan kimyoviy
elementlarning yuzlab radioaktiv izotoplari hosil qilingan. Radioaktiv elementlar va ularning tabiatini o’rganuvchi
kimyoning bo’limi radiokimyo deb ataladi.
Yadrolarning elementar zarrachalar (neytronlar va protonlar) yoki boshqa yadrolar (masalan
-zarrachalar yoki
deytronlar
1
N
2
) bilan o’zaro tasirlashuviga yadro reaksiyalari deyiladi.
Birinchi sun’iy yadro reaksiyasi 1919 yilda Rezerford tomonidan amalga oshirilgan edi. U azot atomlariga
-
arrachalar oqimini tasir ettirib, kislorod izotopi O
17
ni hosil qilgan:
7
N
14
+
2
He
4
8
O
17
+
1
P
1
Shunday qilib, elementlarning bir-biriga sun’iy aylantira olish mumkinligi tajribada isbot etildi.
Nazorat uchun savol va mashqlar.
1. Qanday kuchli radioaktiv moddalarni bilasiz?
2.
-nur qanday nur?
va
-nurlarchi?
3.
K
40
19
izotopining yemirilishidan
-zarracha hosil bo’ladi. Natijada qaysi element izotopi hosil bo’ladi?
4.
U
238
92
izotop o’zidan 1 ta
va 2 ta
zarracha chiqarib yemirildi va 1 ta neytronni biriktirib oldi. Buning na-
tijasida qanday izotop hosil bo’ladi?
5. Pauli prinsipining mohiyatini tushuntirib bering.
Mavzuga oid tayanch iboralar.
1. Bosh kvant soni
2. Orbital kvant soni
3. Magnit kvant soni
4. Spin kvant soni
5. Pauli prinsipi
6. Gund qoidasi
7. Klechkovskiy qoidalari
8. Elektron konfiguratsiya
9. Atom yadrosining tarkibi
10. Izotoplar
11. Yadro reaksiyalari
12. Tabiiy radioaktivlik
13. Sun’iy radioaktivlik
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
19
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rahimov X.R. Anorganik ximiya. – T.: O’qituvchi, 1984.
2. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. Umumiy va noorganik kimyo. – T.: O’qituvchi, 1996.
3. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9
b.
4. Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003.
5. Glinka N.L. Umumiy ximiya. – T.: O’qituvchi, 1986.
6. Фримантл М. Химия в действии. – М.: Мир, 1986.
7. Рэмсден Э.Н. Начало современной химии. – Л.: Химия, 1989. – 784 с. – Пер. изд.: Великобритания,
1985.
8. Химия: Справ. изд./ В.Шретер, К.-Х.Лаутеншлегер, Х.Бибрак и др.: Пер. с нем. – М.: Химия, 1989. –
648 с.
9. Спицын В.И., Мартыненко Л.И. Неорганическая химия. Ч.1: Учебник. – М.: Изд-во МГУ, 1991. – 480 с.
10. Shamshidinov I., Mo’minova B., Abdullaev M. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni. –
Namangan, 1999 y.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |