Kimyoviy bog’lanishning umumiy xarakteristikasi. Molekuladagi atomlarni ushlab turuvchi kuchlarning
yig’indisiga kimyoviy bog’lanish deb ataladi. Kimyoviy bog’lanish vujudga kelishiga sabab shundaki, atom yoki ionlar
bir-biri bilan tasirlashganda ularning energiya zahiralari har biri ayrim-ayrim holda bo’lganlaridagiga qaraganda kamroq
qiymatga ega bo’ladi, buning natijasida sistema barqaror holatga o’tadi. Agar biror sistema bir holatdan ikkinchi holatga
o’tganda uning energiya zahirasi kamaysa, bu hodisa sistemaning energetik afzallik xossasi deb yuritiladi.
Demak, atomlardan molekulalar hosil bo’lishining sababi sistemada energetik afzallikning sodir bo’lishidir.
Kimyoviy bog’lanish bog’lanish energiyasi, bog’lanish uzunligi va valentliklararo burchak nomli kattaliklar bilan xarak-
terlanadi. Kimyoviy bog’ni uzish uchun zarur bo’lgan energiya bog’lanish energiyasi deyiladi. Har bir bog’ uchun
to’g’ri keladigan bog’lanish energiyasining qiymati 200-1000 kj/mol ga teng. Masalan, CH
3
F da C-F bog’lanish ener-
giyasi 487 kj/mol ga teng. Molekulada atomlar markazlari orasidagi masofa bog’lanish uzunligi deb yuritiladi.
Bog’lanish uzunligi molekula hosil qiluvchi atomlarning tabiatiga, bog’lanish turiga, element valentligiga bog’liq
bo’ladi.
Molekulani tashkil qilgan atomlar valentliklari orasidagi burchak turlicha bo’ladi va uni valentliklararo
burchak nomi bilan ataladi. Masalan, suv molekulasida kislorod valentliklari orasidagi burchak 104,5
ga, H
2
S da
oltingugurt valentliklari orasidagi burchak 292
20
ga teng, metanda esa uglerodning to’rttala valentliklari orasidagi
burchak 109
28
ni tashkil qiladi.
Atomlar o’zaro birikib uch xil zarrachalar — molekulalar, ionlar va erkin radikallar hosil qiladi. Molekula
moddaning mustaqil mavjud bo’la oladigan eng kichik zarrachasidir. Inert gazlarning molekulalari odatdagi sharoitda
bir atomli, polimer moddalarning molekulalari esa ko’p atomli hisoblanadi.
Atom yoki molekulalarning elektron berishi yoki qabul qilib olishi natijasida hosil bo’ladigan zarrachalar ion-
lar deb ataladi. Ionlar musbat va manfiy zaryadli bo’ladi. Modda tarkibida musbat va manfiy ionlar o’zaro bog’langan
bo’ladi. To’yinmagan valentlikka ega bo’lgan zarrachalar erkin radikallar deb ataladi. Masalan, -CN, -OH, -CH
3
, -NH
2
lar erkin radikallardir. Odatdagi sharoitda erkin radikallar uzoq vaqt mavjud bo’la olmaydi. Lekin kimyoviy jarayonlarn-
ing borishida erkin radikallar muhim rol uynaydi.
Atomdan bitta elektronni ajratib olish uchun sarflanadigan energiya ionlanish potensiali deb ataladi.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
26
Li uchun I = 5,39; Be uchun I = 9,32; F uchun I = 17,32.
Ionlanish potensiali kichik bo’lsa, metallik xossa kuchli bo’ladi va aksincha ionlanish potensiali katta bo’lsa,
metallik xossa kuchsiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |