R. X. Alimov, O’. T. Xayitmatov, A. F. Xakimov, G. T. Yulchieva, O. X. Azamatov, U. A. Otajanov


Audit  faoliyatini  kompyuterlashtirish  asoslari



Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/223
Sana04.08.2021
Hajmi2,86 Mb.
#138063
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   223
Bog'liq
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

Audit  faoliyatini  kompyuterlashtirish  asoslari.  Audit  deganda  korxona  va 
iqtisodiy  ob’ektlar  moliyaviy  xo’jalik  faoliyatini  tekshirib  berish,  ularning  ishini 
iqtisodiy ekspertizasini o’tkazish tushuniladi.  Auditorlik faoliyatining asosiy sharti – 
to’la  mustaqillikka  ega  bo’lish,  xech  kimga  qaram  bo’lmaslik,  o’z  ishini  har  bir 
mamlakatda  yoki  halqaro  miqyosda qabul  qilingan  hisob-kitob  va taftish qoidalariga 
binoan  olib  borishdir.    Audit  faoliyatining  ikki  turi  mavjud:  ichki  va  tashqi  audit.  
Tashqi  audit  xolis  firma  tomonidan  avvaldan  tuzilgan  kontrakt  asosida  bajariladi.  
Ichki  audit  esa  shu  korxonada  ishlovchi  xolis  mutahassislar  tomonidan  korxona 
raxbarlarining buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi. 
Tashqi audit quyidagi funktsiyalarga ega: 
 tekshiruv-taftish; 
 baholovchi – maslahatlashuv. 
Tekshiruv  –  taftish  funktsiyasiga    audit  bo’limi,  hisobchi  xodimlar,  hisobot 
tizimi va hisob – kitob hujjatlari kiradi. 
Baholovchi  –  maslahatlashuv  funktsiyasiga  esa,  raxbariyat  faoliyati  va 
maslahatlar kiradi. 
Ichki audit funktsiyalari quyidagilar: 
tekshiruv – taftish 
maslahatlashuv – bashoratlash 
Ichki auditning tekshiruv – taftish funktsiyasiga  hisobot tizimi va hisob – kitob 
hujjatlari kiradi. 


 
188 
Tashqi  audit  deganda  hisobotlarning  ishonchliligi,  to’laligi  va  mavjud  qonun 
asosida    aniqlash  maqsadida  xo’jalik  sub’ektining  xolisona  ekspertiza  o’tkazish  va 
chop qilinadigan moliyaviy hisob – kitoblarni tahlil qilish, shuningdek, hisob – kitob, 
soliq, 
moliya, 
tashkiliy 
va 
boshqa 
masalalar 
bo’yicha 
maslahatlashish 
tushiniladi[18,29]. 
Tashqi  audit  bo’yicha    shartnoma  quyidagi  buyurtmachilar  bilan  tuzilishi 
mumkin: 
  korxona egalari bilan; 
  korxona raxbarlari bilan; 
  davlat soliq xizmatchilari va mudofaa iqtisodiy ob’ektlari bilan; 
  tijorat banklari bilan. 
Kompyuter  tizimlarida  amalga  oshirish  uchun  tashqi  auditning  quyidagi  asosiy 
vazifalarini ajratish mumkin: 
-  taxrirlanayotgan  muddat  mobaynida  raxbariyatning                va  moxir 
mutahassisligini baholash; 
-  korxonada  qo’llanilayotgan  hisobot  tizimi  va  qisman  hisob-kitoblarning 
to’g’riligini baholash; 
-  hisob  –  kitob  hujjatlarida  moliyaviy  –  xo’jalik  operatsiyalarini  tasdiqlashda 
hisobot xodimlarining faoliyatini to’gri baholash; 
-  korxona    moliyaviy  –  xo’jalik  xolatini  yaxshilash  va  voqealarning  keyingi 
bashoratlanishi bo’yicha maslahatlarning zarurligi. 
Ichki  audit  tashqi  auditdan  farqli  ravishda  korxonaning  mutahassislik  yoki 
boshqaruv  bo’limi  xodimlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  U  korxonani  moliyaviy 
xolatini, sarf –  harajat  manbalarini, boshqaruv tizimi  nazoratini,  rezervlarni aniqlash 
va raxbariyatning korxona iqtisodiy samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar bilan 
ta’minlashni ichki xo’jalik nazoratiga mo’ljallangan. 
Ichki  auditning  vazifasini  aniqlash  korxona  faoliyatining  mazmuni,  mijozlar, 
xodimlar, investorlarga bo’lgan majburiyatlariga bog’liq. 
Ichki auditning vazifalarini boshqarish usullari – bu rejalashtirish, hisob – kitob, 
nazorat  va  taxlildir,  chunki  ular  yordamida  harajatlar  va  ularni  qoplash  summasi 
hisoblanadi. 
Auditning umumqabul qilingan pogonalari quyidagilar: 
- rejalashtirish; 
- hisob tizimlari va ichki nazorat tizimlarini baholash; 
- moliyaviy hisobotlarni tekshirish; 
- auditorlik guvoxnoma (xulosa)sini  olish. 
Bu  pogonalarning  har  biriga  mos  keluvchi  standartlar  ishlab  chiqilgan  bo’lib, 
ular uch guruxga bo’linadi: 
1.  Umumiy standartlar. 
2.  Auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish bo’yicha standartlar. 
3.  Hisobotlar tuzish bo’yicha standartlar. 
Auditorlik  faoliyatini  kompyuterlashtirish  tizimi  quyidagi  komponentlardan 
tuzilishi lozim: 
1.  Audit  jarayonini  gavdalantirish  uchun  iqtisodiy  –  matematik,  iqtisodiy  – 
tashkiliy va axborotlashtirilgan modellar; 


 
189 
2.  Modellarni  amalga  oshirishni  ta’minlash  uchun  texnik,  dasturiy, 
axborotlashtirilgan va boshqa vositalar. 
SHu  tasavvurlardan  kelib  chiqqan  holda  kompyuter  tizimi  funktsional  va 
ta’minlovchi  qismlardan  tashkil  topishini  aytish  mumkin.  Funktsional  qism 
uslubiyatlar,  auditni  bajarish  usul  va  xollari  majmuidan  tashkil  topadi  hamda  ular 
axborotlashgan  va  matematik  modellar,  standartlar,  normalar  va  h.k.larda 
ta’minlanadi.    Ta’minlovchi  qism  esa  audit  funktsiyalarini  amalga  oshirish  uchun 
mo’ljallangan  bo’lib,  u  axborotlashgan,  dasturiy,  texnik  va  boshqa  ta’minotlardan 
tashkil topishi kerak. 
Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimini qurishning tashkiliy formalari 
erishiladigan 
maqsadlarga 
bogliq, 
chunki 
auditorlik 
masalalarining 
klassifikatsiyasidan ko’rinadiki, barcha tizimlar ikki sinfga bo’linishi mumkin: 
- tashqi audit auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish uchun tizimlar; 
- ichki auditni kompyuterlashtirish tizimi. 
Axborotlashgan  bazani  tashkil  qilish  usullariga  bog’liq  holda  bu  sinflarni 
kompyuterlashtirish  turli  xil  formalarda  bo’lishi  mumkin.  Axborotlashgan  baza 
quyidagi ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin: 
-  lokal  fayllar  yig’indisi  –  bir  turdagi  hisobot  hujjatlari  va  ishlab  chiqilgan 
standart vositalarning operatsion tizim va amaliy dasturda ifodalanishi; 
-  ma’lumotlar  bazasi,  maxsus  kriteriy  va  MBBT  ishlab  chiqilgan  dasturlarga 
asoslangan birlamchi hujjatlarda ifodalanishi; 
- qoidalar bazasi, ekspert – auditorni qoidalar va mantiqiy dasturlash vositalari 
yordamida ishlab chiqarilgan bilimlarni ifodalanishi. 
 

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish