22
Bola tarbiyasi inson hayotida hamisha muhim ish bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib
qoladi. O‘z farzandini kelajakka munosib qilib tarbiyalay olmaydigan jamiyat hech qachon
rivojlanmaydi.
Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham
belgilaydigan omildir.
Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib biz ko‘zlagan oliy maqsad – Ozod va obod
jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi.
Shuning uchun Prezodentimiz ta’lim sohasida katta islohot qilish tashabbusini
boshladilar.
1997 yil 29 avgust kuni O‘zbekiston Oliy Majlisining I-chaqiriq 9-sessiyasida “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Bu ikki hujjatning
qabul qilinish mamlakatda ta’lim tizimida bo‘lgan diqqat-e’tiborni yana bir karra yuqori
o‘ringa ko‘tardi. Ayniqsa, yurtboshimiz ta’limning poydevori bo‘lgan bolaning xat-savodi,
fe’l-atvori, tafakkuri va dunyoqarashi Shakllanadigan boshlang‘ich ta’limga alohida e’tibor
berdilar. Bolaning boshlang‘ich sinflaridagi faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, uning
savodxonligini chiqarishda asosiy va muhim ishdir. Yosh avlodga fan asoslaridan chuqur va
mustahkam bilim berish, ularni amalda qo‘llash malakalarini yaratishda savod o‘rgatish
jarayoni mas’uliyatli davr hisoblanadi.
Ma’lumki, savod o‘rgatish, o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tovush va
harfni tanishtirish, ularning to‘g‘ri talaffo‘zini o‘rgatish orqali bolalarda to‘g‘ri, ongli, ifodali
o‘qish ko‘nikmalarini Shakllantirishdan iborat.
Yozuv ko‘nikmalaraini Shakllantirish ham bevosita no‘tq hamda tafakkur faoliyati bilan
bog‘liq. Shu tufayli yozuv daftari ham savod o‘rgatish jarayonining davrlashtirishga mos holda
tuziladi. O‘quvchilar tayyorlov davrining birinchi bosqichida yozuv chiziqlarini farqlash
asosiy yozuv chizig‘i yordamchi yozuv chizig‘i harf elementlarini yozish, elementlar oralig‘ini
chamalash orqali ular orasida bir xilda masofa qoldirib, hoshiyalar ustidan chizishni mashq
qilish orqali qo‘lni yozuvga tayyorlash ishlarini bajaradilar.
Orfografik ko‘nikma va malakalarini muvafaqqiyatli egallash grafik malakalarining
qay darajada Shakllanganligiga bog‘liq. Ehtiyotsizlik va befarqlik bilan yozilgan chiroyli
yozuv talablariga javob bermaydigan yozuv o‘quvchilarining orfografiyasini yana ham
pasayishiga olib keladi. Yozuva xunuk, yozishni yaxshi bilmaydigan bola yozma ishini
beparvo, o‘ylamasdan yozadi, o‘z xatolarini ham sezmaydi. Grafik malakalarni egallamagan
o‘quvchilarning yozma ishlarida grafik malakalarni yaxshi egallagan o‘quvchilarning ishlariga
nisbatan imlo xatolar ko‘p uchraydi. O‘quvchi grafik malakalarni qanchalik tez egallab olsa,
to‘g‘ri yozuv mashqlarini shunchalik muvaffaqiyatli bajaradi.
Grafik malakalarsiz to‘g‘ri yozuvning bo‘lishi mumkin emas. Bola qanchalik chiroyli
yozsa, undagi yangi narsalarni o‘zlashtirishga qiziqish ortadi, o‘z ishiga sinchkovlik va diqqat
bilan qaraydi, yozuvini ko‘zatib boradi. Yozuvini dastlabki payrtlarda grafik jihatdangina
ko‘zatsa, keyinchalik orfografik jihatdan ham ko‘zata boshlaydi. O‘qituvchi bo‘nga erishish
uchun xat-savod o‘rgatish davri yozuv darslarida alohida mas’uliyat hissi bilan yondashuvi,
har bir o‘quvchining qobiliyatini, ruhiyatini yaxshi bilishi lozim.
O‘qituvchi yozuv darslarida doimiy ijodiy izlanishda bo‘lishi, ta’limning samarali
usullaridan foydalanishi, imkoniyatdan kelib chiqib yozuvga o‘rgatishning qulay usullarini
qo‘llashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: