Erkin iqtisodiy zona (EIZ) – bu xo’jalik faoliyatini tashkil qilishning hamda mamlakat
tashqi iqtisodiy aloqalarining yangi shakli hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining hududida
EIZlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar)
o’rnatilishi mumkin bo’lib, u erkin iqtisodiy zonalar to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga
solib turiladi.
Erkin iqtisodiy zonalarni belgilash va tuzish qo’yilgan maqsadga bog’liq. Agarda
rivojlangan davlatlarda erkin iqtisodiy zonalarni tuzishdan maqsad faoliyati asosan xalqaro
savdoni rivojlantirish bo’lsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa xom ashyoni qayta ishlashni
tashkil qilish ularning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |