Ochiq iqtisodiyot tushunchasi o’zini rivojlanish tarixiga egadir. Bu tushuncha mamlakat
iqtisodiyotini yuqori darajada rivojlanganligini ifodalaydi.
Ochiq iqtisodiyot milliy iqtisodiy tizimlarni birlashtiradigan uch yo’lda, ya’ni mahsulot (tovarlar) bilan savdo qilish, kapitalning harakati va o’zaro milliy valyuta almashinishida o’z aksini topadi. 10.2.Tashqi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikning asosiy shakllari va yo’nalishlari. Respublikamizda
juda
qisqa
vaqt
mobaynida
nafaqat
iqtisodiy
rivojlanishni
barqarorlashtiradigan
va
uni
o’sishini ta’minlaydigan balki tashqi iqtisodiy aloqalarni
muvoffaqiyat bilan amalaga oshirish imkoniyatini beradigan tadbirlar ishlab chiqildi va xayotga tadbiq qilindi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish tizimini qayta qurish:
1. Tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
amalga
oshirish
uchun
xalqaro
meyo’rlarga
va
standartlarga to’g’ri keladigan huquqiy- meyo’riy bazaning yaratilishiga;
2. Tashqi savdoda demonopolizatsiya va detsentralizatsiyani amalga oshirilishiga;
3. Butun jahonda qabul qilingan ma’muriy jihatdan chegaralaniladigan usuldan tariflar
orqali boshqariladigan (tartibga solinadigan) iqtisodiy usulga o’tilishiga;
4. Rivojlangan
tashqi
savdo
infrastrukturasini
tashkil
qilish
kabilarga
bevosita
bog’liqdir.
Yuqoridagilarning barchasi respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini sezilarli darajada
faollashishiga hamda eksport hajmini oshishiga va assortimentini kengaytirishga imkon yaratadi.
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning quyidagi shakllari keng tarqalgan:
1. Tashqi savdo;
2. Qo’shma tadbirkorlik faoliyati;
3. Erkin iqtisodiy zona;
4. Xalqaro turizmning rivojlanishi;
5. Fan-texnika sohasidagi hamkorlik va hokazo
Tashqi savdo davlatlararo iqtisodiy hamkorlikning birinchi va ustuvor yo’nalishi sifatida
tan olingan.
Tashqi savdo – jahon mehnat taqsimotining zaruriy shart-sharoiti bo’lib hisoblanadi.
Tashqi savdo jahon xalqlarini turli tovarlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi va shu bilan
birgalikda har bir mamlakatning ixtisoslashuvini rivojlantirish, o’z resurslaridan foydalanish
samarasini oshirish natijasi bo’lib xizmat qiladi.
Tashqi savdoning darajasi, uning harakati va ahamiyati mamlakat iqtisodini rivojlanish
darajasiga, milliy iqtisodning tarkibiga bog’liq bo’ladi.
Xalqaro savdoda millatning didi, qiziqishi va mamlakat aholisining harid qilish qobiliyati
muhim rolь o’ynaydi. Qadimdan xalqimiz mentalitetida ilm olish ishtiyoqi kuchli bo’lgan shu
sababdan istiqlol yillarida ta’lim davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi. Bunday
sharoitda
AQSH,
Olmoniya,
Yaponiya
kabi
rivojlangan
davlatlardan
zamonaviy
kompьyuterlarni sotib olishga katta mablag’lar sarflandi.
SHuni aytib o’tish kerakki, tashqi savdo, ya’ni tovarlarni chetga chiqarish (eksport) va
chetdan tovar keltirish (import) bizning mamlakatimizda juda qadim zamonlardan buyon