4.3. Konstruksiyalar betonining mustahkamligini nazorat qilish
Beton mustahkamligini kub namulari orqali sinab aniqlash ba’zi vaqtlarda
ma’lum qiyinchiliklarni tug‘dirishi mumkin. Misol uchun ma’lum vaqt o‘tgandan
so‘ng konstruksiya betoning mustahkamligini aniqlash zarur bo‘lib qolganda
namunalar bo‘lmasligi mumkin, yoki namunalarni saqlash sharoiti konstruksiyaning
ishlash sharoitidan farq qilishi mumkin.
Qurilganiga ancha vaqt bo‘lgan temirbeton konstruksiyasini betonining
mustahkamligini aniqlash zarur bo‘lganda ushbu ko‘rsatkichni konstruksiyaning
o‘zida bajarishga to‘g‘ri keladi. Avvallari ko‘pgina xollarda konstruksiya betonidan
parmalabssilindr shaklidagi kernlar olinib laboratoriya sharoitida gidravlik presslar
yordamida sinalar edi. Olingan natija 0,8 ga ko‘paytirilib betonning mustahkamligi
aniqlanar edi. Ko‘pgina xollarda konstruksiya armaturasining ko‘pligi yoki
konstruksiyaning yupqaligi tufayli kernlar olishni qiyinlashtiradi.
Konstruksiya betoning mustahkamligini buzmasdan aniqlashning ko‘pgina
mexanik va fizik usullari yaratilgan.
NIIMosstroyning K. P. Kashkarov etolon bolg‘asining konstruksiyasini ko‘rib
chiqamiz. Ushbu bolg‘a yordamida konstruksiya betonining mustahkamligini
aniqlash konstruksiya betoniga urilganda bir vaqtning o‘zida ikki dona iz hosil
bo‘lishiasoslangan o‘z ichiga oladi: birinchisi d
o
diametrli betonda, ikkinchisi d3
diametrli iz bolg‘aning etalon sterjenida. Betonning mustahkamligi ko‘rsatkichi
sinalayorgan eridagi mustahkamligi do/d3 nisbat orqali aniqlanadi. Etalon sterjen
uzunligi 150 mm va diametri 10 mm bir uchi uchli St3 markali po‘latdan
tayyorlanadi. Betonni sinash davrida konstruksiyaning uzunligi va yuzasi bo‘yicha
xar xil joyida kamida 10 zarb bilan uriladi. Sinov davrida bolg‘aning boshchasi
sinalayotgan konstruksiyaning yuzasiga perpendikulyar bo‘lishi shart. Xar bir
zarbdan keyin po‘lat sterjen shunday suriladiki hosil bo‘lgan botiq izlar markazlari
orasidagi masofa 10 mmdan kam bo‘lmasligi kerak. Zarblar sinalayotgan
konstruksiyaning yuzasiga shunday berilishi kerakki ular orasidagi masofa 30
mmdan oshmasligi kerak.
Beton yuzasida va sterjenda hosil bo‘lgan chuqurchalarning diametri 0,1 mm
aniqlikda ikki metall chizg‘ichdan yasalgan burchakli qilib ulangan masshtab
yordamida o‘lchanadi.
Konstruksiyadagi betonning mustahkamligi chuqurchalar diametrlari farqi
orqali tuzilgan grafik yordamida aniqlanadi. SHunday usul bilan aniqlangan
mustahkamlik 2-6% namlikdagi betonning mustahkamligiga mos keladi. Agarda
betonning namligi yuqori bo‘lsa aniqlangan natija Sv koeffitsientiga ko‘paytiriladi.
Bu koeffitsient betonning namligi 8% bo‘lsa 1,1, 12% bo‘lsa 1,2 va beton yuzasining
namligi undan yuqori bo‘lsa bu koeffitsient 1,4 ga teng bo‘ladi.
Etalon bolg‘a yordamida konstruksiya betoning mustahkamligi tekshirilganda
sinalayotgan beton yuzasining namligi, uning qotish sharoiti, etalon sterjennig
xossalari va boshqa omillar xisobga olinadi. Konstruksiya betoning mustahkamligi
deyarli ko‘p sinovlar (20-30 natija) asosida amalga oshiriladi. Kashkarov bolg‘asi
yordamida bajarilgan sinovlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, olingan natijalarning aniqligi
shunchalik aniq boladi.
KISI o‘lchov asbobi konstruksiya betoning mustahkamligini aniqlash uchun
foydalaniladi. Uning ishlash prinsipi o‘zgarmas balandlikdan prujina ta’sirida
tushayotgan bolg‘aning qaytishiga asoslangan.
Sinovdan avval xalqani eng pastga tushiriladi va tugmani bosib turib bolg‘ani
xalqa yordamida yuqori xolatga kashak ushlab turadigan xolatga ko‘tariladi.
SHundan keyin asbobni avvaldan tanlangan sinaladigan yuzaga qo‘yib, tugmani
bosib bolg‘ani bo‘shatiladi. Tarang tortilib turgan prujina ta’sirida bolg‘a boekka
uradi va orqaga qaytib strelkani yuqoriga shkala bo‘yicha ko‘taradi. Ko‘rsatish
strelkasi bolg‘achaning qaytishini shkalada millimetrda ko‘rsatadi. Bajarilgan 6-7
sinovdan keyin betonning mustahkamligi tarirovka grafigi orqali aniqlanadi.
Konstruksiya betonining mustahkamligini beton yuzasida chuqurcha-iz
qoldirib buzmasdan aniqlashning ko‘pgina mexanik usullari mavjud, ammo ular
betonning mustahkamligi to‘g‘risida taxminiy ma’lumotlar beradi.
Beton yoki temirbeton konstruksiyasi betoning mustahkamligini aniqlashning
fizik usullari keyingi vaqtlarda keng ko‘lamda foydalanib kelinmoqda. Bu usullarni
quyidagilarga bo‘lish mumkin: ulьtratovush impulьsi, rezonans va radiometrik,
to‘lqin zarbi usullari.
Beton mustahkamligini nazoratini ulьtratovush impulьsi yordamida aniqlash
usuli betonda ulьtratovush to‘lqinlarining bo‘ylama tarqalishi va so‘nish darajasiga
asoslangan. Avvaldan tayyorlangan beton mustahkamligining ulьtratovush tezligiga
bog‘liqligini ifodalovchi grafiklar yordamida konstruksiya betonining mustahkamligi
aniqlanadi. Amaliyotda Beton-8, UK-YUP, UK-16P i UK-12P eng ko‘p
foydalaniladigan ulьtratovush asboblar qatoriga kiradi.
Beton mustahkamligini nazorat qilishning to‘lqin zarbi usuli betonda mexanik
zarb oqibatida hosil bo‘lgan bo‘ylama to‘lqinlarni tarqalish tezligini aniqlashga
asoslangan. Bu usulda betonni sinash uchun ko‘pgina asbob va uskunalar yaratilgan.
Konstruksiya betonining mustahkamligini nazorat qilishning rezonans
(vibratsion) usuli tebranishlar chastotasi va uning so‘nishini aniqlashga asoslangan.
Bu usulda nazorat ishlarini bajarish uchun IAZ ampletuda so‘nishini aniqlash
asbobi, Soyuzdornii PIK-8 va boshqalardan foydalaniladi.
Sinashning radiometrik usuli sinalayotgan namunadan radioaktiv nurlar
oqimini intensivligini aniqlashga asoslangan. Nurlar oqimining intensivligiga qarab
betonning zichligi, g‘ovakligi va boshqa ko‘rsatkichlari xaqida ma’lumotlar olish
mumkin. Ushbu usuldan foydalanib konstruksiya betonining sezib bo‘lmas
nuqsonlarini xam aniqlash mumkin.
5. OLDINDAN
Do'stlaringiz bilan baham: |