niizm” tushunchasining olib kirilganligi bilan belgilanadi. “Ani-
mizm” atamasi lotincha “anima” (“jon”) yoki “animus” (“ruh”) so‘zi
asosida yasalgan termin bo‘lib, E.Taylor talqinicha, “narsa-hodisa-
lami jonli deb tasavvur qilish yoki ibtidoiy davrdagi ilk diniy qarash-
larning o ‘zagini tashkil etgan e’tiqodiy qarash”dir.
Ibtidoiy tasawurlarni o ‘rganish asosida “animistik nazariya”ni
yaratgan E.B.Tayloming yozishicha, qadimgi odam inson tushiga
kirgan voqelik jonning tanadan tashqarida bo‘lgan paytida ko‘rgan-
kechirganlarining ifodasi, deb tushungan. Uning fikricha, qadimgi
odamlar tush ko‘rish yoki o‘limning mohiyati haqida o ‘ylaganda,
har bir kishida alohida substansiya, ya’ni jon mavjud bo‘lad:i va u
0
‘zining tana qobig‘idan vaqtinchalik yoki butunlay chiqib ketishi
mumkin, deb tasavvur qilgan. Bu tasavvur jahon xalqlafi folklorida
bir qator “animistik xarakterga ega an’anaviy motivlar”ning yarati-
lishiga asos bolgan.
Odam uxlayotgan paytda uning joni biror jonivor ko‘rinishida ta-
nani tark etishi va uning tanadan tashqarida bolgan vaqtda ko‘rgan-
kechirganlari uxlayotgan kishiga tushda ro‘y bergan hodisalar bo‘lib
namoyon bo‘lishi motivi «Malik choM», «Ko‘kaldosh» kabi o‘zbek
xalq rivoyatlari syujetida ham uchraydi.
69
www.ziyouz.com kutubxonasi
E.Taylorning ta’limoticha, odam joni to‘g‘risidagi qadimgi tasav-
vurlar asosida tabiat hodisalari, nabotot va hayvonot olamining jon-
lantirib tasavvur qilinishi haqidagi mifologik qarashlar shakllangan.
Politeistik dinlardagi tabiat kuchlarini o4zida mujassamlashtirgan
ma’bud va ilohlar panteoni bilan bogiiq xalq qarashlari ham ana
shundan kelib chiqqan. Olim “mifologik maktab” vakillaridan farq-
li ravishda miihi ham animistik nazariya asosida o‘ziga xos tarzda
izohlashga harakat qilgan. Uning fikricha, m if - o‘zini turli-tuman
ruhlar toinonidan boshqariladigan tabiatning bir bo'lagi, deb tasav
vur qilgan ibtidoiy odam hayotining xayoliy uydirma orqali tasvir-
langan talqini. Shuning uchun ham bugungi odamga uydirma b o iib
tuyuladigan mifik tasavvur qadimgi odam uchun real hayotiy voqelik
hisoblangan.
“Antropologik maktab” nazariyasining takomillashishida ingliz
olimi Endryu Lang (1844-1912)ning alohida o‘rni bor. U 1884-yilda
nashr etilgan “Urf-odat va m if’ nomli kitobiga kiritilgan “Folklor
metodi” nomli maqolasida o'zining xalq og‘zaki badiiy ijodiyotini
tadqiq etishdagi nazariy konsepsiyasini shunday bayon qiladi:
a) folklorni o'rganishda “antropologik metod”ni qoilash; b) folklor
o‘z tarkibiga inonch-e’tiqodlar va urf-odatlarnigina emas, balki af-
sona va qo‘shiqlarni ham qamrab olishini nazarda tutish; f) folklorni
o‘rganishda antropologiyaning yordami juda zururligini e’tirof etish;
j) xalq og'zaki badiiy ijodini o‘rganishda etnologiyadan foydalan-
gan holda mushtarak etnofolkloriy hodisalarni aniqlash; d) analogi-
ya usuli vositasida hozirgi rivojlangan xalqlar madaniyati, qadimgi
hind-yevropa xalqlarining klassik va arxaik madaniyati, shuningdek,
taraqqiyotning quyi bosqichida boigan “ibtidoiy odamlar” urf-odat-
lari, tasavvurlaridagi o‘xshash jihatlarga oid materiallami to ‘plash;
j) bunday aynanlik va o‘xshashliklar etnik kelib chiqishidagi mush-
taraklik yoki o “zar о muloqot natijasi sifatida emas, balki tafakkur
tarzining bir xilligi tufayli yuzaga kelgan, deb talqin qilish.
Ko'rinadiki, E.Lang folklorni tadqiq etishning, bir tomondan,
mifologiyaning kelib chiqishini qadimgi prosyujetlarga bogiab tu-
70
www.ziyouz.com kutubxonasi
shuntiruvchi “mifologik maktab” nazariyasiga mutlaqo o‘xshamagan,
ikkinchí tarafdan esa turli xalqlar folkloridagi o‘xshashlikIarning sa-
bablarini “syujetlarning ko‘chib o‘tishi” yoki “syujetlarning boshqa
xalqlar tomonidan o4zlashtirilishi” nazariyasini ilgari surgan “migrat-
sion maktab” qarashlariga zid boigan ayricha usul va metodlarini
qoilashni tavsiya etgan. Bu metodlar esa E.Taylorning xalq ijodini
o'rganishdagi “antropologik maktab” nazariyasining tub mag‘zini
tashkil etar edi.
E.Langning folkloristik qiziqishlari doirasi keng boiib, asosan
mifhing etnologik tabiati, urf-odat va marosimlar, magiya, totemizm,
din tarixini tadqiq etishdan iborat edi, U o‘zining “Mif, ritual va din”
(1887), “Tótem sirlari” (1888), “Mifologiya” (1901), “Marosim va
m if’ (1904) kabi asarlarida miflarni ibtidoiy davr turmush tarzining
o‘ziga xos ifodasi sifatida talqin qilib, mif ijodkorligining ruhiy-psi-
xologik sabablarini aniqlashga harakat qilgan.
O'sha davr folklorshunosligida «migratsion maktab»ning syujet
ko4chishi jarayoni bilan bogiiq nazariy qarashlari hukmronlik qila-
yotgan bir paytda E.Lang turli xalqlar folkloridagi o‘xshashliklami
bashariyat taraqqiyotining muayyan bir bosqichida bir necha xalqlar
dunyoqarashi va tafakkur tarzining bir xilligi bilan bogiab tushunti-
rishi xalq og‘zaki badiiy ijodini o‘rganishning yangi ilmiy konsepsi-
yalaridan biri - «syujetlarning o‘z-o‘zidan yuzaga kelishí» nazari-
yasi yaratilishiga asos boidi.
“Antropologik nazariya” tez orada Yevropaning ko‘pgina mam-
lakatlarida folklorshunoslar va etnograflar tomonidan qo‘llab-
quvvatlandi. Xususan, aslida “mifologik maktab” tarafdori boigan
nemis folklorshunos olimi Vilgelm Mangardning “Germán mif-
lari”, “Germanlarda daraxt kulti”, “Nemis va skandinaviyaliklar-
da tangrilar olami”, “Dala va o‘rmon kultlari” kabi asarlarida va
ayniqsa, 1884-yilda nashr etilgan “Mifologik tadqiqotlar” nomli
kitobida E.Taylorning nazariy qarashlari ta’siri yaqqol seziladi.
V.Mangard o'z izlanishlari davomida xalqning e’tiqodiy qarash
lari, an’analari, urf-odatlari, marosimlari va bolalar o‘yinlarida
71
www.ziyouz.com kutubxonasi
mifologiya qoldiqlari saqlanib qoiganligini “antropologik tadqiq
usuli” vositasida aniqlagan.
V.Mangardt qadimgi germanlar va ularga qo‘shni qabilalaxda mav-
jud bo‘lgan daraxt kulti bilan bogiiq mifologik e’tiqod va rituaîlar-
ni tadqiq etish orqali o‘simliklarning “qayta tirilishi” bilan bogiiq
marosim va uduralar genezisini o‘rgangan. Odam jonining o ‘simlik
(daraxt)da mavjud boiishi yoki “daraxt ruhlari” haqidagi inonch-
e ’tiqodlar mavjudligining ilmiy asoslanganligi V.Mangardt animistik
konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Bu konsepsiyaning mohiyat-
ini tadqiqotchi quyidagi to‘rt uzv, ya’ni a) miflarda odam obrazini
daraxt bilan bogiash an’anasi talqin qilinganligi; b) odam taqdirini
daraxt bilan bogiiq deb tasavvur qilish; d) daraxtda faqat “o‘rmon
ruhi” emas, balki o ‘simliklar hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
ezgu va yo vuz ruhlar makon tutadi degan ibtidoiy qarash mavjudligi;
e) jinoyatchilami daraxt tagida jazolash udumi tahlili orqali ochib
bergan.
Klassik mifologiya va turli xalqlar folklor an’analaridan yaxshi-
gina xabardor boigan V.Manxardt o‘zining “Qadimgi germanlarda
daraxt kulti” asarida Shimoliy Yevropa xalqlarining agrar kult-
lari va marosim folklori materiallarini o‘rganish asosida “har yili
o4simliklar “o ia d i” va bahorda hayotning yangilanishi, serhosil-
likning qayta tiklanishi jarayoni ro‘y beradi. 0 ‘simliklarning mut-
tasil ravishda «o‘lishi» va yana qaytadan o‘sib chiqishi qadimgi
dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq e ’tiqodiy qarashlar tizimida
hosildorlik m a’budlarining o iib , qayta tirilishini anglatar edi”, de
gan juda muhim nazariy umumlashmani chiqargan edi. Bu ilmiy mulo-
haza keyinchalik jahon xalqlari folkloridagi “oiib-qayta tiriluvchi
xudolar” haqidagi mifologik tasavvurlaming genetik ildizlarini oy-
dinlashtirishga y o i ochib berdi.
“Antropologik maktab” nazariyasining davomchilaridan yana
biri - nemis olimi Ervin Rode (1855-1898)ning “har qanday diniy
e’tiqodlaming asosida ajdodlar kulti yotadi”, - degan qarashi folk-
lorshunoslikka qo‘shilgan muhim yangilik boidi.
72
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bonn va Berlin universitetlarining professori, din tarixi, klassik
filologiya va antik falsafa bilan shug‘ullangan nemis olimi German
Uzener (1834-1905) “antropologik maktab” metodlaridan foydalan-
gan holda qiyosiy mifologiyaning tadqiqot usullarini etnofolkloristi-
kaga tatbiq etgan.
E.Tayloming “animistik nazariya”sim takomillashtirishga katta
hissa qo‘shgan nemis folklorshunosi Vilgelm Maks Vundt (1832-
1920) o‘zining “Xalq psixologiyasi” (1912) asarida turli xalqlar-
ning miflari va poetik motivlarini o‘rganish asnosida ayrim diniy
e’tiqodlar va badiiy-estetik qarashlar inson ruhiy kechinmasining
muayyan holatida yuzaga kelganligi haqidagi farazni ilgari surdi.
Bu-folklorshunoslik fanidagi «qadimgi miflar ibtidoiy odamning ong-
siz ijodiy faoliyati mahsuli» degan ilmiy qarashning ilk kurtagi edi.
V.M.Vundtning “M if va din” (1905-1909) nomli uch jildlik asarida
mifologiyaning kelib chiqishi bilan bogiiq animistik, naturalistik,
“tadrijiy” va pereanimistik nazariyalar tahlil qilingan. Asarning “ibti
doiy animizm”ning o ‘ziga xos xususiyatlari tahliliga bag‘ishlangan
faslida esa jon va rub. tush va uning animistik talqini, jon kulti, ani-
mizm va fetishizm, animizm va totemizm, animizm va magiya, aj-
dodlar kultiga ishonish va qurbonlik marosimi haqida keng koiamli
tahliliy mulohazalar bayon qilingan. Mifologiya va qadimgi ma-
rosimlar “'psixologik jarayon” mahsuli sifatida tadqiq etilgan boisa-
da, V.M.Vundtning “ruhiy-tahlil metodi” o‘sha paytda folklorshunos-
lar orasida unchalik shuhrat topmadi.
“Antropologik maktab” ta’limotida folklor va marosimlaming
kelib chiqishi qadimgi mifologiya hamda ibtidoiy rituallarga borib
taqaladi, degan qarash ustuvorlik qilar edi. Shu bois, bu yo‘nalishdagi
tadqiqotlarda katta qamrovdagi etnofolkloristik materiallar qam-
rab olinar va tadqiqotlar asosan “qiyosiy-etnografik metod” aso-
sida amalga oshirilar edi. Bu metod Kembridj universiteti profes
sori Jeyms Jorj Frezer (1854-1941) tadqiqotlarida, ayniqsa, jiddiy
taraqqiy ettirildi. Qadimgi tasavvurlami ibtidoiy odam dunyoqarashi
va e ’tiqodiy inonchlari tizimidan iborat deb tushungan J.Frezer o‘z
73
www.ziyouz.com kutubxonasi
etnografik izlanishlarini 1884-yiIda nashr etilgan “Totemizm” nomli
asar bilan boshladi. Totemizmni ibtidoiy odamning tabiat bilan o‘zi
orasida qon-qardoshlik aloqalari bor. deb tasavvur qilishi natijasida
yuzaga kelgan mifik qarashiar silsilasi sifatida baholagan olim bu
mavzuga doir tadqiqotlarini davom ettirib, 1892-yilda to‘rt jildlik
“Totemizm va ekzogamiya” nomli asarini chop ettirdi. J.Frezerning
“qiyosiy-etnografik” tadqiqotlari “Oltin butoq” asarining 1890-yilda
chiqarilgan ikki jildlik va 1900-yilda bosilgan uch jildlik nashrida
o‘z aksini topdi. Hozirgi zamon folkloristikasida ham g‘oyat muhim
nazariy va metodologik manba sifatida qadrlanadigan bu tadqiqot
ustida olim uzoq yillar davomida izchil ish olib bordi. Nihoyat 1911-
1915 yillarda “Oltin butoq”ning 20 jildlik fundamental nashri bosilib
chiqdi.
0 ‘zining tadqiqotchilik faoliyatida folklorshunoslik, etnologiya
va klassik filologiyani g‘aroyib tarzda sintezlashtira oigan J.Frezer
uzluksiz etnografik va folkloristik ekspeditsiyalari davomida
to‘plangan ulkan qamrovdagi faktik materiallar hamda 50 yil mo-
bay n ida (har kuni 12 soatlab!) Kembridj universitetining kutubxo-
nasidagi adabiyotlarni o‘rganish natijasida “Abadiy barhayotlikka
ishonch va marhumlar kulti” (1912), uch jildlik uKadda Ahdda folk-
lor” (1918-1919), ikki jildlik “Tabiat kulti” (1926), “Olovning pay do
boiishi haqidagi m if’ (1930), “Ibtidoiy dinda oig an odamlardan
qo‘rqish” (1933), “Ibtidoiy kosmogoniyada yaratilish va evolyut-
siya” (1935), uch jildlik “Antropologik antologiya” (1938-39) sin-
gari folkloristika va etnologiya fani tarixida alohida o'rin tutadigan
yirik asarlarini yaratdi.
J.Frezer o‘zining “Oltin butoq” asarida folklorshunoslik uchun
juda muhim boigan va ayni paytda, avval ayrim tadqiqotchilar to-
monidan ilgari surilgan ko'pgina ilmiy qarash va nazariyalarni
chuqurlashtirdi. Xususan, e’tiqodiy qarash va marosimlarning o‘zaro
munosabati yoki “mif va ritual” (ilk bor semitolog Robertson Smit
tomonidan tahlil qilingan), totemizmning etnofolkloriy mohiyati
(J.Man-Lennan asarlarida yoritilgan), agrar kultlar, bug‘doy dala-
74
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |