lar folkloridagi epik syujetlar mushtarakligining yuzaga kelishiga
mifologik tasawurlar asosida shakllangan ilk syujetlar tizimi asos
boigan.
Qiyosiy adabiyotshunoslik borasida olib borilgan izlanishlar
o ‘zaro adabiy ta’sir va ijodiy o‘zlashtirish masalasini folklor mate-
riallari asosida tekshirishning keng imkoniyatlarini ochadi. Binoba-
rin, o ‘zbek folklorining dunyo xalqlari og'zaki ijodi an’analari bilan
ijodiy aloqalari, xususan, o‘zbek-arab folklor aloqalari tizimida syu-
jet ko'chishi hodisasining yuzaga kelishi, bu epik jarayonning o‘ziga
xos estetik. qonuniyatlari va tarixiy-tadrijiy rivoji masalalari folklor-
shunoslar tomonidan endigina o ‘rganilmoqda. Holbuki, o ‘zbek xalq
ertaklari, afsona va rivoyatlari, xalq kitoblari va mifologik tasav-
vurlarida arab folkloridan o‘tgan katta epik qatlam mavjud. Tarixan
arab folklorining syujet tizimiga mansub boigan bu epik qatlamning
o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi estetik an’analari doirasiga transfor-
matsiyalanish qonuniyatlarini ochish esa tarixiy-folkloriy jarayon
ning yetakchi xossalarini aniqiash imkonini beradi.
Taniqli eposshunos V.M.Jirmunskiy o‘zining mag‘ribu mashriq
adabiyotlarining qiyosiy tadqiqiga doir ilmiy asarlarida milliy adabi-
yotlararo aloqalaming tarixiy ildizlarini siyosiy-iqtisodiy
taraqqiyot-
ning mushtarakligiga bogiab o'rgangan. U o‘zidan burungi adabi-
yotshunoslaming ijodiy tajribalarini umumlashtirgani holda adabiy
komparatavistikada yangi bir vo‘nalish - sistemali-tipologik aloqalar
nazariyasini yaratdi. Uning fikricha, “qiyoslash”ning o‘zi folklorshu-
noslik metodi b o ia olmaydi. Chunki metod - ilmiy
tadqiqot ishining
o‘ziga xos nazariy mezoni boiib, u yoki bu ilmiy maktabning qa-
rashlarini o'zida ifoda etadi. Shuning uchun ham “qiyoslash” nafaqat
folkloristik, balki tarixiy yo‘nalishdagi tadqiqotlar uchun ham zarur
boigan usullardan sanaladi. Olim o‘zaro qiyoslanayotgan hodisalar-
ning mohiyati va maqsadidan kelib chiqib, tarixiy-qiyosiy tadqiqot-
ning quyidagi aspektlarini ajratib ko‘rsatadi:
1)
adabiy hodisalarni oddiy solishtirish, taqqoslab o‘rganish tari
xiy-qiyosiy yo‘nalishdagi har qanday ilmiy tadqiqotning asosini tash-
91
www.ziyouz.com kutubxonasi
kil etadi. Masalan, tilshunoslikda fransuz va ingliz tilidagi fe’l so‘z
turkumini yoki rus tilidagi fe’l shakllarini o‘zbek tilida ifodalashning
grammatik vositalarini tahlil qilish, o‘z-o‘zidan qiyosiy tadqiqot olib
borishni taqozo etadi;
2) tarixiy-tipologik yo‘nalishdagi qiyoslash ijtimoiy taraqqiyot-
ning muayyan bosqichlaridagi o‘xshash shart-sharoitlar va tafakkur
tarzidagi o‘xshashlik tufayli yuzaga kelgan, y a’ni genetik jihatdan
o‘zaro bogiiq boim agan mushtarakliklarni tadqiq etadi;
3) tarixiy-genetik yo‘nalishdagi qiyosiy tadqiqot natijasida et-
nogenetik jihatdan kelib chiqishida umumiylik b oiib, keyinchalik
alohida-alohida holda taraqqiy etgan etnoslar madaniyati o‘rganiladi;
4) dunyo xalqlarining o‘zaro madaniy aloqalari, bir-biriga ta’siri va
adabiy “o'zlashtirmalari” natijasida yuzaga kelgan mushtarakliklarni
aniqlashga qaratilgan qiyosiy tadqiqot bu tipdagi o‘xshashliklarning
genetik ildizlari hamda bu hodisalaming shakllanishi uchun zarur
boigan ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini o'Tganadi.
0 ‘zbek folklorshunosligida qiyosiy-tipologik metod asosida
bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Atoqli folklorshunos olim
H.T.Zarifovning o‘zbek xalq dostonlarining tarixiy asoslariga doir
tadqiqotlarida, M.Afzalov, G‘.Jalolov, K.Imomov, X.Egamovlaming
o ‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari, genezisi va badiiyatiga
doir ilmiy asarlarida, shuningdek, M.Saidov, M.Murodov, T.Mirzayev,
S.Ro‘zimboyev, H.Abdullayevlarning dostonchilik an’analari, dos-
tonlar syujeti va obrazlar tarkibini o‘rganishga bag'ishlangan ish-
larida o‘zbek folklori asarlarini Markaziy Osiyo va hatto, jahon
xalqlari og‘zaki badiiy ijodi namunalari bilan qiyosiy tahlilga tortish
tajribasi faol qo‘llanildi. 0 ‘zbek folklorshunoslari folklor asarlarini
o‘rganishning quyidagi metodlarini tavsiya etadi:
a)
“
Do'stlaringiz bilan baham: