0 ‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalarida o ‘tiladigan “Folklorshunos
lik tarixi va nazariyasi”, “0 ‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” fanlarida
q oilash uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida mo'ijaliangan.
Ushbu o ‘quv qoilanm a folklorshunoslik bilan qiziquvchi keng ommaga
hamda musiqa san’ati y o ‘nalishida saboq olayotgan Oliy va o ‘rta ta’lim muas-
sasalari talaba va o ‘qutuvchilari uchun m oijallangan
UO‘K: 398(575.1)(075)
KBK: 8 2 (5 0 ‘)ya7
M as’ul muharrir:
T.Mirzayev - filologiya fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar:
O.Axmedova -- U‘zDSMl «Folklor va etnografiya» kafedrasi
dotsenti, filologiya fanlari nomzodi;
Sh.Turdimov - O zR
FA
0 ‘zbek tili, adabiyoti va
folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori.
ISBN 978-9943-5010-9-6
©«Barkamol fayz media» nashriyoti, 2017.
www.ziyouz.com kutubxonasi
KIRISH
Xalqimizning eng qadimiy hayotbaxsh milliy qadriyatlaridan
biri folklor san’atidir. Bu san’at badiiy an’analari tizimi sifatida xal
qimizning ilg‘or umuminsoniy g‘oyalarini takomillashtirib, kela-
jakka umid, ezgulik, mehr-sahovat, insoniylik, vatanparvarlik bilan
bogiiq milliy va ma’naviy qadriyatlami shakllantirishga xizmat
qilmoqda.
“Folklorshunoslikka kirish” fanini o‘rganish, folklor san’ati me-
rosini chuqurroq tatbiq etish, bugungi zamondoshlarimiz ma’naviy
ehtiyojini qondirishda katta muhim manba vazifasini o‘taydi. Bu
fan milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishda o‘z hissasini
qo‘shadi, ya’ni folklorshunoslikning an’anaviy tur hamda janrilami
amaliy va nazariy jihatdan bosqichma-bosqich o‘rganishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
0 ‘zbek folklorining so‘z san’atiga asoslangan janrlar tizimi dos-
ton, ertak, qissa, rivoyat, naqi, afsona, mif, lof, latifa, marosim folk-
lori, bolaiar folklori, og‘zaki drama, maqol va hikmatli so'zlar, afsun,
avrash, olqish va qarg‘ishlardan iboratdir. Bu ulug‘vor badiiy meros
ajdodlarimiz poetik tafakkurining mahsuli o‘laroq shakllangan. Har
bir janrga oid folklor materiallari o‘ziga xos poetik tizimi, ijro usuli,
hayotiy-maishiy vazifasi, musiqaga munosabati, voqelikni badiiy aks
ettirish tarzi va boshqa jihatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanib turadi.
Xalqimiz orasida folklorshunoslikning yuqori malaka va salohiyatiga
ega boigan ijodiy maktablari shakllangan boiib, ularning merosini
o‘rganishda “Folklorshunoslikka kirish” fanining ning o‘z o‘mi bor.
Xalq ijodiyotida mujassamlashgan yuksak ma’naviy barkamollik
an’analari bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish-
ning milliy negizi hisoblanadi. Shu bois, o‘zbek xalq ijodining bey
; • ,
Í
}
j j
' '
,
kO O fyO
www.ziyouz.com kutubxonasi
va serqirra an’analarini qayta tiklab, keng rivojlantirish, yoshlaming
bugungi kundagi ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda yetarli da-
rajada imkoniyatlar yaratish uchun folklor va etnografiya bo‘yicha
mutaxassislarini tayyorlash amaliy ahamiyatga egadir. “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” va “Taiim to ‘g ‘risidagi” Qonun ham
mamlakatimiz ma’naviy hayoti uchun g‘oyat zarur boigan shun-
day malakali, intellektual salohiyati yuqori, ma’naviy olami teran
mutaxassislami tayyorlash lozimligini taqozo etadi. Folklor va et
nografiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning milliy
negizi - xalqimizning ma’naviy qadriyatlarini yanada takomillashti-
rish, ommaning ijodiy iqtidorini o‘stirish, yosh avlod ongiga musta-
qillik mafkurasi g ‘oyalarini, milliy qadriyatlami singdirishdan ibo-
rat. Chunki bunday mutaxassislar ajdodlarimiz ijodiy salohiyatining
eng yaxshi an’analarini kelgusida ham davom ettirishni ta’minlashga
o ‘z hissalarini qo‘shmog‘i kerak.
Xalqimizning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-estetik
va falsafiy qarashlarini o ‘ziga xos tarzda badiiy talqin qiluvchi xalq
og‘zaki ijodi folklorshunoslikning nodir manbalaridan hisoblanadi.
Folklor asarlari ona diyorimizda yuksak madaniyatni bunyod etgan
ulug‘ ajdodlarimizning turmush tarzi, orzu-intilishlari, urf-odat va
marosimlari, an’analari-yu o‘zbekona samimiyatini mukammal aks
ettirganligi uchun ham qadrlidir.
An’anaviy xalq ijodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur
biladigan, mustaqillik davri o‘zbek folklorining taraqqiyot qonuni-
yatlarini teran anglaydigan xalqning ma’naviy ehtiyojlari va qiziqish
doirasini yaxshi tushunadigan, havaskorlik ijodiyotini tashkil qilish,
boshqarishning nazariy hamda amaliy jihatlarini to ia o‘zlashtirgan
malakali mutaxassislami tayyorlash bugungi kunning dolzarb ma-
salalaridan biridir. Shu sababli ham mazkur sohaning ilmiy salohi
yatini takomillashtirishda“Folklorshunoslikka kirish” fanini o‘qitish
muhirn ahamiyat kasb etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |